Mavzu: Milliy qadriyatlar-millat iftixori


Download 346.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.09.2023
Hajmi346.27 Kb.
#1687530
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Milliy qadriyatlar-millat iftixori

Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek 
odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam 
hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat 
qilinadi. 
Nikoh to’yi- ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il 
voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin 
qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki 
ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan 
tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan 
qizning oilasi haqida surishtiradi. 
Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan 
keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va 


vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda 
belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. 
O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga 
an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat 
bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni 
yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta 
ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning 
mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida 
kelish qabul qilingan. 
O‘zbek xalqining paydo bоlish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy 
ananalari, urf-odatlari, marosimlari h’am shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning 
manaviy eh’tiyojlari zamirida paydo bоlib, shakllanib, sayqallanib оz mazmunida оsha xalqning 
orzu-armonlari, оylari, istaklari, turmush tarzi, axloq qoidalarini mujassam etadi. Shuning uchun 
h’am h’ar bir xalq, millat, elat ularni kоz qorachigidek asrab-avaylab, taraqqiy ettirmog’i kelgusi 
avlodlarga manaviy qadriyat sifatida yetkazmog’i lozim. 
Darhaqiqat an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning manaviyati, 
qadriyatlarining ajralmas qismi. Prezidentimizning say-h’arakatlari tufayli jamiatni manaviy 
yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning umrboqiyligini taminlash borasida juda 
katta g’amxоrliklar qilinmoqda. Bu esa mamlakatimiz kelajagi bоlgan yoshlarni milliy 
qadriyatlarimiz ruhida manan barkamol qilib tarbiyalashga imkon beradi. 
Yurtboshimizning 1998-yil 28-oktyabrdagi tоy-h’ashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va 
marosimlarni, marh’umlar xotirasiga bag’ishlangan Farmonlari oilaviy qadriyatlarni tiklashda, 
ularning mazmun va moh’iyatini yuksaklikka kоtarishda muh’im ah’amiyatga ega. 
Xalqimiz mustaqillik sharofati bilan оzligimizini namoyon qiladigan ananalarimiz, urf-
odatlarimizni qaytadan tiklab, ularni mazmunan boyitish imkoniyatiga ega bоldi. 
Sharq xalqlarining muh’im qadriyati h’isoblanadigan «Navrо’z», «Mehrjon» bayrami, 
«Rо’za hayiti», «Qurbon hayiti» xalqqa qaytarildi. Bu istiqlol sharofati, mustaqillik tufaylidir. 
Urf-odat, an’ana, udum – bu hammasi millatimiz merosidir. Ularni asrab-avaylamog`imiz, 
kelgusi avlodlarimizga ham yetkazmog`imiz zarur. Chunki mana shu an’analar asosida xalq 
o’zligini, o’tmishini, ajdodlar merosini anglaydi, shu millat farzandi sifatida his qiladi. Demak, 
shunday ekan, ularning yo’qolishiga yo’l qo’ymaylik... 

Mavzu yuzasidan savollar: 


1. An’ana, udum deganimizda nimani tushunasiz? 
2. Dunyo xalqlarining an’ana va urf-odatlari bir xil deb o’ylaysizmi? Nima uchun? 


 3. Millatimizga xos qanday urf-odat va an’analarimizni bilasiz? 
4. Milliy an’analarimiz orqali o’zlikni anglash mumkinmi? 
5. Qaysi milliy an’analarimiz sizga ko’proq yoqadi? Nima uchun? 
6. O’zbek xalqi va qoraqalpoq xalqi milliy udumlari orasida o’xshashliklar bormi? 

Download 346.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling