Mavzu: Milliy qadriyatlar-millat iftixori


Ko‘p ma’noli(polisemantik) so‘zlar


Download 346.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.09.2023
Hajmi346.27 Kb.
#1687530
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Milliy qadriyatlar-millat iftixori

Ko‘p ma’noli(polisemantik) so‘zlar 
Nutqiy jarayonda bir necha ma’noda qo`llanuvchi so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi. Ko‘p 
ma’noli so‘zlar bitta so‘z hisoblanadi. Ularni omonimlardan farqlash kerak (omonimlar 
mavzusiga qarang). Ko‘pma’nolilik bir turkum doirasida bo‘ladi. Ko‘p ma’noli so‘zning o`z 
ma’nosi va ko‘chma ma’nolari bo‘ladi. So`zlarning nutq jarayoniga bog`liq bo`lmagan atash 
ma’nosi o`z ma’no sanaladi. So`zning nutq jarayonida boshqa so`zlarga bog`lanib hosil qiladigan 
yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi. Ko‘chma ma’nolar o`z ma’nodan kelib chiqadi. 


Matnda ko‘p ma’noli so‘zning faqat bitta ma’nosi reallashadi. O`z va ko‘chma ma’no birikib 
ko‘pma’noli so`zlar hosil bo`ladi. 
Ko‘pma’nolilik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi: 
I.Lug‘aviy ko‘p ma’nolilik (polisemiya) – so‘zlarning va iboralarning ko‘p ma’noli 
bo‘lishidir. U ikki turga bo‘linadi: 
1.Leksik polisemiya (so‘zlar)bosh, ko‘z, yoqa, qo‘l, yo‘l, achchiq, qanot. 
2.Frazeologik polisemiya (iboralar): yaxshi ko‘rmoq (yoqtirmoq, sevmoq), jar solmoq 
(baland ovozda aytmoq, hammaga aytmoq), joni chiqmoq (o`lmoq, qo`rqmoq).
II.Grammatik ko‘p ma’nolilik (polisemiya) - qo‘shimchalarning ko‘p ma’noli 
bo‘lishidir (qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang). Masalan: ot 
yasovchi: -chi(ishchi, tovlamachi), -lik(yaxshilik, tepalik), -ki(-gi) (tepki, kuzgi); sifat yasovchi: -
li(kuchli, unumli), -lar(kitoblar, dadamlar..) kabi. 
Mavzuni umumlashtiruvchi sharhlar 
Insoniy fazilatlarga oid xalq maqollarini mustaqil tahlil qilish 
(har bir o’quvchiga alohida bittadan beriladi) 
1. 
Ota oldidan o’tma,
Odob oldidan ketma 
2. 
O’g`il ko’rsang, terak ekkin 
3. 
Borsang – qarindosh 
Bormasang - begona 
4. 
Onasi maqtagan qizni olma
Yangasi maqtagan qizdan qolma. 
5. 
Qildan qiyiq qidirma. 
6. 
Bir qilgan – madad, 
Ikki qilgan - odat 
7. 
It irillashni onasidan o’rganar 
8. 
Choyning oxirini otangga ham berma 
9. 
Aravani ot oldiga chiqarib bo’lmas. 
10. 
Urgandan turtgan yomon 
So’zlagandan so’kkan yomon
Mavzu bo’yicha topshiriqlar 

Download 346.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling