Mavzu: Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish kurs ishi ilmiy rahbar: bajardi
AHOLI BANDLIGI SIYOSATI, USULLARI VA YO’NALISHLARI
Download 157.38 Kb.
|
Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish
AHOLI BANDLIGI SIYOSATI, USULLARI VA YO’NALISHLARI
Aholi bandligini muayyan darajada barqaror ushlab turish har qanday mamlakat oldida turgan murakkab vazifalardan sanaladi. Bandlik sohasida bozoming o‘zini-o‘zi avtomatik suratda tartibga solish jarayoniga ta’siri har doim ham sezilmaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan barcha mamlakatlarda doimiy bandlik sohasiga ta’sir ko‘rsatish shakllari va vositalari jihatidan egiluvchan choralarni qo‘llash asosida bandlikni tartibga solish siyosati amalga oshirilmoqda. Aholining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash har qanday demokratik jamiyatning muhim vazifalaridan biridir. Bandlik siyosati - bu jam iyat va uning har bir a ’zosining ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi choratadbirlar yig‘indisidir. Bandlik sohasidagi davlat siyosati ikkita asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan: birinchidan, amalda investitsiyalanadigan kapitalning ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Jadal va foydali amal qiladigan kapital ishchi kuchidan samarali foydalanishning eng muhim dalilidir; ikkinchidan, mehnatga layoqatli aholini kishilarning me’yordagi hayot kechirishlarining muhim sharti sifatida ish joylari bilan ta’minlash. Aholi farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatning an’anaviy vazifasi hisoblanadi. Davlat mehnat bozorida ikki turdagi siyosatni, ya’ni passiv va aktiv siyosatni amalga oshirishi mumkin. Passiv siyosat ish izlayotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish, ishsizlik nafaqasini tayinlash, uni taqdim qilish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oilalarini qo‘llabquvvatlashning pulsiz shakllarini amalga oshirish bilan cheklanadi. To‘liq bandlikni ta’minlashga qaratilgan aktiv siyosat olib borish rivojlangan mamlakatlar mehnat bozoridagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Bu siyosat asosiy tadbirlariga quyidagilar kiradi: - davlat tomonidan iqtisodiyotga investitsiyalarni rag‘batlantirish, bu yangi ish o‘rinlarini yaratishning asosiy sharti hisoblanadi; - tarkibiy ishsizliklarni qayta o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish; - mehnat bozorida vositachilik qilayotgan mehnat birjalari va bandlikka ko‘maklashish markazlarini rivojlantirish; - kichik va oilaviy tadbirkorlikka ko‘maklashish, bu ko‘plab mamlakatlarda aholi bandligini ta’minlashning muhim uslubi sifatida o‘rganilmoqda; - zarurat tug‘ilganda, ish topish uchun yashash joy ini o‘zgartirishda ko‘maklashish; - davlat sektorida - ta’lim, tibbiy xizmatlar, kommunal xo‘jaligi, jam oatchilik binolari va inshootlari qurish sohalarida ishchi o ‘rinlarini yaratish va boshqalar. Shu o‘rinda ish bilan bandlikni ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida quyidagicha ta ’riflash mumkin: ish bilan bandlik - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir. Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli (konsepsiyasi) mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi. Aholining ish bilan bandlik konsepsiyasi - jam iyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan ta ’minlashning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo’lgan obyektiv jarayonlarini hisobga oluvchi ish bilan ta’minlashning shakllanishi qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida muayyan davr mobaynida qo‘yilgan maqsadlarga erishishning real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichiga xos bo’lgan turli ko'rinishlar va shakllarda namoyon bo’ladigan o‘ziga xoshodisadir. Ish bilan bandlik siyosatiga uni qattiq tartibga solishdan voz kechish, ijtimoiy sohada mehnat qilishning majburiy emasligi, ijtimoiy foydali mehnat qilishning har qanday sohasini tanlash erkinligi va ixtiyoriyligi orqali inson manfaatlari va ehtiyojlarining namoyon bo’lishiga yordam berish asos qilib olingan.Davlatning ish bilan bandlikka ko‘maklashish tamoyili asosida mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan erkin ishtirokchilari iqtisodiy xulq-atvoriga bevosita usullar bilan tuzatish kiritishdan iboratdir. Bunda davlatning ish bilan bandlikka bevosita ta’sir ko'rsatish choralari rag‘batlantiruvchi tadbirlarining ustuvorligiga asoslanadi. Bu o‘rinda mehnatkashlarning tadbirkorlar va hududlaming ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini hamda erkinliklarini buzadigan vositalar bo’lmasligi kerak. Ish bilan bandlikda ko‘maklashish tamoyili bir qancha jihatlarga egadir. Ish bilan bandlikka ta’sir ko‘rsatishning o‘zini ochib berish asosida uni (bandlikni) istalgan yo‘nalishda shakllantirish jarayonini bevosita to‘g‘ri yo’lga solish yotadi. Buning uchun aholi bandligini aniqlash yuzasidan quyidagi 1- rasmga murojaat etamiz. Ushbu rasmdagi ko‘rsatkichlar yordamidan foydalangan holda quyidagi formulalarni ishlab chiqish mumkin. 1. Band bo’lgan aholining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qayta taqsimlanishi: (2.1 ) 2. Iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha band bo’lmagan aholini taqsimlash sharti: (2.2) Download 157.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling