Mavzu: Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish kurs ishi ilmiy rahbar: bajardi
-rasm. Mehnat resurslari tarkibi va aholi bandligini
Download 157.38 Kb.
|
Mintaqada bandlikni tahlil qilish va prognoz qilish
1.1-rasm. Mehnat resurslari tarkibi va aholi bandligini aniqlash ko‘rsatkichlari
Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo‘lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: MM = MRA - В - IFA, bunda, (2.3) MM - ishga joylashtirishga muhtoj band bo‘lmagan aholi (ishsizlar); MR - mehnat resurslari; В - bandlar; IFA - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi. Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MR - mehnat resurslari; MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi aholi; IO‘P-ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar. MLA soni mehnatga layoqatli yoshidagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi: MLA = E(16-60) + X( 16-55) - Nog - Pi, bunda: (2.5) E(16-60) - 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar; X(16-55) - 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar; Nog - mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari; Pi - imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari asosida: a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlaming umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: SChSi = SSi : SS x 100, bunda: (2.6) SChSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar salmog‘i; SSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar soni; SS - mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi; b) olingan salmoq ko‘rsatkichi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: ITNRi = MLA x SC hSi: 100, bunda, (2.7) ITNRi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchilar soni; MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni. Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar soni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich aniqlanadi: 1) Birinchidan, ishga joylashtirishga muhtojlarni aniqlash maqsadi uchun mehnat organlari tomonidan mehnat emigratsiyasi bo‘yicha savolnomaga muvofiq, mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlami o‘tkazish paytida migrant mehnatchilar sifatida chet elda turganlar soni aniqlanadi. Buning uchun: a) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha (mehnat emigratsiyasi moduliga binoan) har chorakdagi o‘rganish ma’lumotlari asosida mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslarning so‘ralganlar umumiy sonidagi salmog‘I quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: MMS = KMMS : SS x 1006, bunda, (2.8) MMS - migrant mehnatchilarning so‘ralgan umumiy sonidagi salmog‘i; KMMS - mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslarning (migrant mehnatchilarning) mehnat bilan bandlik masalasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganish davomida aniqlangan soni; SS - mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi. b) migrant mehnatchilari so‘ralgan umumiy sonidagi salmog‘i bo‘yicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: MM = MMS x MLA : 100, bunda, (2.9) MM - migrant mehnatchilar soni, hammasi; MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni. d) zarurat bo’lganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlaming soni jo‘nab ketgan yo‘nalishi (mamlakati) bo‘yicha aniqlanadi. 2) Ikkinchidan, umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ulaming soni 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida» 2007-yil 15- maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan sxema bo‘yicha, quyidagilami o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi: a) chet elga ketganlaming soni va maqsadi to‘g‘risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti m a’lumotlari; b) mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha har yilgi sotsiologik o‘rganishlar ma’lumotlari; d) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnoma ma’lumotlari; e) Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar; f) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha har choraklik o'rganish ma’lumotlari. Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi sonini aniqlash quyidagi formula asosida aniqlanadi:
IFA - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi; 0 ‘— ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega boMmagan o‘quvchilar va talabalar; A - uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar; IN - ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari; IBB - ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar. «Iqtisodiyotni modemizatsiyalash bosqichida O‘zbekistonda aktiv bandlik siyosatiga o‘tish hayotiy zaruratdir. Aktiv bandlik siyosati -bu davlat tomonidan ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida olib boriladigan huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlar yig‘indisidir. Bu siyosat ish o'rinlarini saqlab qolish maqsadida ishchilarni kutilayotgan bo‘shatishlardan ogohlantirish, ish izlayotganlami o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni moliyalashtirish, ish o‘rinlarini izlash va tanlash, jam oat ishlarini tashkil etish tizimi orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va boshqalarni qamrab oladi». Bandlik sohasida faol davlat sivosatini olib borish aholini ish bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshiriladi. Bu dastur mehnat bozoridagi holat va uning rivojlanish istiqbollariga mos ravishda shakllanadi. Bandlikni hududiy tartibga solish hududlar rivojlanishining ko‘plab o‘ziga xos jihatlarini hisobga olishni va ular asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi. Ammo ko‘pchilik hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida passiv siyosat olib borilayotir. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatlarida ishsizlik darajasi yuqori darajada saqlanib turibdi. Bu hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik resurslaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Ulardan foydalanish darajasi o‘rtacha respublika darajasidan past. Shunday qilib, mehnat bozorini tartibga solish siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi bo‘lib, u quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: - iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami rag‘batlantirish va bo‘shagan ishchi kuchini qayta taqsimlash jarayonini tezlashtirish; - ishsizlami iloji boricha tezroq ishga jalb etish; - ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlash. Shuning uchun aholini ish bilan ta’minlash sohasida olib borilayotgan siyosatni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - inson resurslarini yanada faolroq rivojlantirish; - fuqarolarni yangi ish joylari va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash; - aholini ish bilan ta’minlash sohasida olib borilayotgan faoliyatni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning boshqa yo‘nalishlaridagi faoliyat bilan muvofiqlashtirish; - ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning ham tarkibiy ham kasbiy jihatdan balanslashuviga ko‘maklashish; - qishloq joylarida ishchi kuchi harakatlanishini va malakasini oshirishni rag‘batlantirish, shuningdek, uy-joy bozorining shakllanishini tezlashtirish; - yangi ish o‘rinlarini yaratish sur’atlarini aholi o‘sish sur’atlariga yaqinlashtirish; - aholini ish bilan ta’minlash va ishchi kuchi migratsiyasi muammolarini yechishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Download 157.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling