Mavzu: Mintaqalarda turizm sohasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
Mintaqaviy rivojlanish omillari va turizm funkstiyalarining o’zaro ta’siri
Download 54.56 Kb.
|
zamira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi va ichki omillar Mintaqaviy turizmga ta’sir etuvchi omillarni tashqi (ekzogen) va i
- Mintaqaviy turizm rivojlanishini belgilovchi endogen omillar.
2.Mintaqaviy rivojlanish omillari va turizm funkstiyalarining o’zaro ta’siri
Hozirgi kunda turizm nafaqat yuqori darajada rivojlanayotgan iqtisodiy kompleks bo’lgani uchun balki, qtisodiy o’sishning muhim katalizatori bo’lgani sababli jahon iqtisodiyotida, alohida mamlakatlar iqtisodiyoda muhim rolga ega bo’lib bormoqda. Turizmning yuqori sur’atlarda rivojlanib borishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining: savdo, transport, maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalarning rivojlanishiga olib keladi. Sayyohlarning taraqqiyotning zamonaviy shart-sharoitida doimiy o’sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlash uchun turistik bozorning maksimal darajada to’yinishiga ko’maklashuvchi tarmoqlar majmuini o’rganish zarur. Tashqi va ichki omillar Mintaqaviy turizmga ta’sir etuvchi omillarni tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillarga ajratish mumkin. Tashqi (ekzogen) omillar turizmga demografik va ijtimoiy o’zgarishlar vositasida ta’sir qiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlkatlarda turmush darajasi va sifatining oshishi insonlarda dam olish, sayohat qilish, ko’ngil ochish, insoniyatning umumiy madaniy qadriyatlarini o’rganish uchun ko’proq bo’sh vaqt va imkoniyatning paydo bo’lishiga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning turizm rivojlanishiga ta’siri doimiy ravishda o’sib bormoqda. Globallashuv jarayonlari va mamlakatlarning jahon hamjamiyatiga integrastiyalashuvi turizmning jahon ko’lamida ommaviy hodisaga aylanishiga olib keldi. Ichki (endogen) omillar – turizm sohasining ichida ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Masalan ularga moddiy-texnik omillarni kiritish mumkin. Mintaqaviy turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi endogen omillar quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Bu jadvalda ko’rsatilgan turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar alohida tadqiqot ob’ektini shakllantiradi. Mintaqaviy turizm rivojlanishini belgilovchi endogen omillar.
Turistik bozor omillarini ham ichki omillarga kiritish mumkin: 1)talab, taklif va tarqalish jarayonlari (zamonaviy bozor omillarining o’ziga xosligi sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin, masalan, turistik mahsulotlarga bo’lgan talabning doimiy so’rovga aylanishi, hamda individual turizmning o’sishi) 2) bozor segmentastiyasi rolining ortishi (yangi mintaqaichi turistik segmentlarning paydo bo’lishi, sayohatlar masofasining oshishi, ta’tillarni o’tkazish shakllarining turli-tumanligi, turistik rivojlanishningdiversifikastiyasi va h.z.); 3) turizmdagi faoliyat va monopolizastiya jarayonlarini muvofiqlashtirish rolining ortishi (gorizontal integrastiyalarning kuchayishi, ya’ni yirik firmalarning o’rta va kichik biznes bilan hamkorlik munosabatlarning o’sishi; strategik turistik ittifoqlarni yaratish orqali vertikal integrastiyalar; turistik biznesning globallashuvi va h.z.) 4) reklama va turstik mahsulotlar realizastiyasida ommaviy axborot vositalari va omma bilan aloqalar (pablik rileyshnz) rolining ortishi; 5) Turizmda kadrlar rolining ortishi (xodimlar sonining ko’payishi, professionalmalakali tuzilmaning rivojlanishi, kasbiy tayyorgarlik ahamiyatining Ko’tarilishi, mehnatni tashkil etishning yaxshilanishi va h.z.); 6) Xususiy turistik biznes rolining o’sishi (bozorda katta transmilliy Operatorlarning cheklangan soni va katta miqdordagi kichik korxonalar –Agentliklar faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratiladi, professional marketing asosida turistik mahsulotni samarali realizastiyasi amalga oshiriladi)20 turizmning mamlakat, mintaqa iqtisodiyotiga ulkan ta’siri tufayli uning ahamiyati hozirgi kunda oshib bormoqda. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar turlichadir. Ushbu omillarni tarkibi jihatidan ijtimoiy, iqtisodiy, Madaniy, siyosiy (institustional infratuzilma), atrof-muhit va boshqa shartsharoitlarga ajratish mumkin. Barcha omillarning mintaqaviy turizm rivojlanishiga ta’sirini baholab turistik hudud rivojlanishining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish lozim. Download 54.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling