Mavzu: Mintaqalarda turizm sohasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
Download 54.56 Kb.
|
zamira
Turizm infratuzilmasi
Turistik resurslar orasida infrastuzilma omillarini alohida ajratib ko’rsatish lozim. Turistik infratuzilma bu hudud turistik sohasining rivojlanishi va faoliyatini ta’minlovchi xizmatlar sohasining korxona va tashkilotlari (joylashtirish, ovqatlanish, transport, sog’lomlashtirish va h.z) majmuidir. Turizm sohasining rivojlanishida turistik infratuzilma bilan bir qatorda tadbirkorlar yoki kadrlar ham ulkan rol o’ynaydi, chunki aynan turistik xizmatlarni yaratish va ta’minlashning ilg’or tajribasi turistik hudud va ob’ektlarning raqobatbardoshligi asosi hisoblanadi. Ularning ijodkorlik salohiyati hududning turistik salohiyatidagi bir qator tuzilmaviy bo’shliqlarni to’ldira oladi, yaratuvchanligi esa yangi va nodir turistik mahsulotni yaratishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Turizmning mintaqaviy infratuzilmasi bu – turli xil moddiy va nomoddiy xususiyatlarning tashuvchisi bo’lgan moddiy ob’yektlarning majmui bo’lib, ma’lum bir makon va zamon parametrlari doirasida (ma’lum bir joyda va ma’lum bir vaqt Ichida) turistlarning maqsadlarini maksimal miqdoriy va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi” nazariy va uslubiy tahlil natijalari hududiy turizm infratuzilmasi tarkibini quyidagicha aniqlashga imkon beradi: bu turizm ehtiyojlarni qondirish uchun sharoit yaratadigan korxonalar – ishlab chiqarish infratuzilmasi va turistlarning turli ehtiyojlarini to’g’ridan-to’g’ri qondiradigan korxonalar – xizmat ko’rsatish infratuzilmasi majmuidir. Shuning uchun turizm infratuzilmasining rivojlanishini ha tomonlama baholash uning tarkibiy elementlarini har tomonlama, izchil tahlil qilishga asoslanishi kerak. Turistik hudud rivojlanishining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish jarayonida resurslarning joriy holatini tahlil qilish, quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: turizm industriyasiga jalb qilinishi mumkin bo’lgan mehnat resurslarini aniqlash; moddiy-texnika bazasining, mahalliy tarixiy yodgorlik majmualarining, tabiiyiqlim resurslarining mavjudligi va etarliligi, foydalanish darajasini baholash; mavjud iqtisodiy iqlim va turizmning butun mintaqaga ta’siri oqibatlarini tahlil etish; mintaqa aholisi va mahalliy boshqaruv vakillarining ushbu hudud rivojlanishida turizmning roli to’g’risidagi tushunchalarini va ushbu masala bo’yicha jamoatchilik fikrini aniqlash. Shunday qilib, turistik salohiyat rivojlanishini rag’batlantirish investistiyalar hajmining oshishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, turistik xizmatlar bozori tarixiy merosni muhofaza qilish va atrof-muhitni qo’riqlash ishlarini moliyalashtirish manbai bo’lishi mumkin. Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolarni quyidagicha tasniflash mumkin:, moddiy-texnik bazaning holati bilan bog’liq infratuzilma muammolari, hamda ma'muriy va huquqiy muammolar. Infratuzilma muammolariga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarish infratuzilmasi ob'yektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, shu jumladan yaratilayotgan turistik va rekreatsion komplekslar (elektr ta'minoti, suv ta'minoti, transport tarmog'i, tozalash inshootlari) uchun muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish uchun katta xarajatlar tufayli; - xizmatlar sohasi infratuzilmasi ob’yektlarining moddiy-texnik bazasining ma'naviy va jismoniy eskirishi; - turizm infratuzilmasi asosiy vositalarining eskirishi; - tumanlar va yirik shaharlar sayyohlik infratuzilmalari rivojlanishidagi notekisliklar; - dam olish maskanlarida zarur xizmat ko'rsatish infratuzilmasining yo'qligi; - hududlarning axborot ta’minotining yomonligi (ko'pgina hududlarda baland ovozli aloqa yo'qligi, axborot stendlari va belgilari, shu jumladan chet tillarda). Ma'muriy va huquqiy muammolar quyidagi uch guruhga bo'linadi: 1) turizm va rekreatsion sohani (xususan, turizm infratuzilmasini) me’yoriyhuquqiy tartibga solish muammolari; 2) tarmoqdagi investitsion faollikning pastligi, uni rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni davlat tomonidan rag’batlantirishning samarali mexanizmlari yo’qligi; 3) yuqori malakali professional kadrlarning yetishmasligi. Shunday qilib, turizm infratuzilmasining rivojlanishiga xalaqit beradigan muammolarni ushbu tasnifi, hududlardagi turizm infratuzilmasini kompleks rivojlantirish va takomillashtirishning ikkita asosiy yo’nalishini ajratib olishga imkon beradi: 4) moddiy-texnik bazani yaxshilash; ma’muriy-huquqiy tartibga solish tizimini rivojlantirish. Ushbu yo’nalishlar doirasida aniqlangan muammolarni hal etish mintaqaviy turizmni muvaffaqiyatli rivojlantirgan holda, mintaqalarning turizm infratuzilmasini takomillashtirishga imkon beradi. Ushbu chora-tadbirlar hududlarga sayyohlar oqimini ko’paytiradi va natijada byudjet daromadlarining o‘sishini, iqtisodiyotning oraliq (smejnыx otrasley) tarmoqlarini rivojlantirishni va bandlikni oshirishni ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, mamlakatning jahon turistik bozoridagi raqobatbardoshligini va turistik jozibadorligini oshirishda mintaqaviy turizmning shakllanishi va rivojlanishi muhim hisoblanadi. Birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalardan biri bo’lib har bir mintaqada turizmni rivojlantirish hisoblanadi, chunki bu ko’p jihatdan milliy turizm imidjining shakllanishi va rivojlanishini, hamda xalqaro turizm rivojlanishining imkoniyatlari va tendenstiyalarini belgilab beradi. Mintaqa yuqori natijalarga erishishi uchun, hududiy mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi va uning asosida tashqi va ichki hamkorlari bilan samarali savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishi maqsadga muvofiq. Buning uchun xo`jalik sub`ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarni mintaqaviy bozorlar ishtirokida amalga oshirish lozim. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda mintaqaviy bozor atamasi turlicha bayon etilib, olimlar o`rtasida yagona fikr yo`qligini aytib o`tish kerak. Bizning fikrimizcha mintaqaviy bozor hududlarda ayirboshlash tizimini ishlab chiqaruvchi va iste`molchi manfaatlarini muvofiqlashtirish asosida tashkil etishdan iborat. Mintaqaviy bozor ochiq ko`rinishga ega bo`lib, mamlakatning boshqa hududlari va xorij davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan. Mintaqada turli shakldagi bozor tizimi shakllanishini kuzatish mumkin. Bozor mintaqa iqtisodiyoti sub`ektlari o`rtasidagi iqtisodiy manfaatlarning oqilona uyg’unligini, moddiy, moliyaviy, mehnat va informatson resurslarni hududlar ichida va hududlararo ayirboshlash orqali hal qiladi. Umuman, mintaqaviy bozorlar tizimi bu o`zaro bir-biri bilan bog’liq turli shakldagi bozorlar yig’indisidan iborat. Ularning asosiy maqsadi mintaqa iqtisodiyotini samarali rivojlanishini ta`minlashdan iborat. Mintaqaviy bozorlar tizimini tadqiq qilishda turli qarashlar va ularni guruhlarga ajratish usullari mavjud. Masalan, D. Bleyr mintaqaviy bozorlar tizimini To`rtta guruhga ajratgan: zahiralar bozori, oraliq mahsulotlar bozori, oxirgi mahsulotlar bozori, moliyaviy bozor M. Templ mintaqaviy bozorlarni uch xil ko`rinishda taklif etgan. Birinchi ishlab chiqarish omillari (mehnat. Kapital, er), ikkinchi – iste`mol tovarlari va Xizmatlari bozori, uchinchi – uy-joy bozori 27 . K. Betn va P. Xouell quyidagi guruhlarni taklif etishgan: mehnat bozori, moliya bozori, tovar (xizmat)lar bozori Shuningdek mintaqaviy bozorlar tizimi, moddiy ta`minot, hududiy joylashuv, savdo-sotiq ob`ektlari, xo`jalik sub`ektlari, iqtisodiy-huquqiy, qayta ishlab chiqarish kabi omillar asosida turli guruhlarga bo`linib tadqiqotlar o`tkazilgan . Ushbu guruhlash usullarining har birining o`ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Eng asosiy masala guruhlash usuli, mintaqaviy bozor oldiga qo`yilgan aniq maqsad va vazifalarni bajarishga qaratilishi lozim. Umuman mintaqaviy turizm bozori ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ma`lum bir qismi bo`lib, turizm xizmatlariga bo`lgan talab va taklif mexanizmidir. Mintaqaviy turizmni shakllanishining o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: Ma`lum mintaqa doirasida joylashganligi va uning kompleks xarakterga egaligi; -Asosiy jarayon xizmatlarni sotib olishdan iborat bo`lib, sotuvchi va oluvchidan tashqari turizm bozoridagi iqtisodiy munosabatlarda talab va taklif o`rtasidagi aloqalarni amalga oshiruvchi ko`pgina vositachi firmalar va tashkilotlarning mavjudligi; -Turizm xizmatlariga bo`lgan talabda ishtirok etuvchilarning turlicha va ko`p ekanligi (to`lov qobiliyati, maqsad va istaklari, o`rta sinf, jinsi, yoshi va boshqa omillar);Turistik taklifni ma`lum hududda bo`lishi, ma`lum masofa va vaqtni sarflashga olib kelishi; -Taklifni shakllanishida turistik salohiyatning mavjudligi (tabiiy va mavjud Salohiyat) va tarmog’ning yuqori asosiy fondlar sig’imiga egaligi (ishlab chiqarish infratuzilmasi ob`ektlari); -Mintaqalardagi raqobatbardoshlik afzalliklaridan, jumladan, tabiiy-iqlim Resurslari. Etnografik resurslar (madaniyat, qadriyatlar, milliy an`analar va boshqalar), antropogen resurslar (madaniy-tarixiy obidalar, arxitektura va shahar qurilishi ob`ektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar). Download 54.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling