Mavzu: Mintaqalarda turizm sohasini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar


Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy shart-sharoitlari (1-jadval)


Download 54.56 Kb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi54.56 Kb.
#1413569
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamira

Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy shart-sharoitlari (1-jadval)
Asosiy bloklar
Tarkibiy elementlari
Hududiy resurs
1. Mintaqa hududi (turistikoqimlar yo’nalishi sifatida)
2. Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosi bo’lgan hududning tabiiy-jo’g’rofiy,tarixiy madaniy xususiyatlari va resurslari

Ijtimoiy-iqtisodiy


2. mahalliy mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik
3. turizmning rivlojlangan turlari to’g’risida ma’lumotning
mavjudligi
Tashkiliy boshqaruv
1. Mintaqada turistik faoliyatni tashkil etish va moliyaviy ta’minlash
2.Turistik infratuzilmaning rivojlanishi
3. Mintaqadagi transport ta’minoti
4. Mintaqaviy rejalashtirish va turizm rivojlanishini boshqarish
5.Mintaqada sayyohlar xavfsizligini ta’minlash

Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy shart-sharoitlarini shunday yo’sinda guruhlarga ajratish turizm sohasining faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan yo’nalishlar va metodlar, dasturlar majmui bo’lgan samarali mintaqaviy siyosatni shakllantirishga imkon beradi. Masalan, hududiy-resurs blokining kompleks tahlili rekreastion salohiyatdan foydalanish samaradorligini, mintaqaviy turizm sohasida foydalanilmagan resurs salohiyatini aniqlash va turizmning mavjud va yangi istiqbolli turlarini belgilash imkonini beradi ijtimoiy-iqtisodiy blok o’z navbatida mintaqaning turizm sohasidagi mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini baholash, mahalliy aholi bandligining samaradorligini tahlil qilish imkonini beradi. Tashkiliy-boshqaruv blokidagi tarkibiy elementlarning tahlili mintaqada mavjud bo’lgan moddiy-texnik bazani baholash, mintaqaviy turizmni boshqarishning muvofiqlashtirilgan tizimini yaratishga yordam beradi.


Barqaror va o‘zgaruvchi omillar. Tabiiy-qlimiy, geografik, madaniy-tarixiy omillar
Turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar statik va dinamik omillarga ajratiladi.
1.Statik omillar – tabiiy-jo’g’rofiy va tarixiy-madaniy omillarning majmui. Bu omillar o’zgarmas mohiyatga ega. Inson ularni faqatgina turistik ehtiyojlarga moslashtiradi, foydalanish uchun yanada qulayroq qilishi mumkin. Tabiiy-iqlim va jo’g’rofiy omillar go’zal va boy tabiat, iqlim, hudud relefi, er osti boyliklarida (mineral suvlar, g’orlar va h.z) namoyon bo’ladi.
2. Dinamik omillar – demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-texnik, siyosiy omillar. Bu omillar zamon va makonda o’zgaradigan turli xil mohiyat va baholarga ega bo’lishi mumkin. Mintaqa turizmga quyidagi omillar vositasida ta’sir ko’rsatadi:tabiiy-jo’g’rofiy (tabiat, iqlim, hudud relefi va h.z.); madaniy-tarixiy (arxitektura yodgorliklari, tarixiy yodgorliklar va h.z); demografik (mintaqa aholisining yoshi, mehnatga layoqatli aholi sonining o’sishi); ijtimoiy-iqtisodiy (ta’lim, madaniyat, aholining estetik ehtiyojlari darajasining oshishi, bo’sh vaqt tuzilmasining o’zgarishi);moddiy-texnik (infratuzilmaning rivojlanishi – transport, joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, rekreastion soha, chakana savdo va h.z.); siyosiy (mintaqadagi barqarorlik, iqtisodiy va moliyaviy vaziyat, mintaqada sayohat qilishning xavfsizlik darajasi). Shunday qilib, turizm va u rivojlanayotgan hudud (mintaqa) o’zaro ta’sir ko’rsatadi, o’zaro bog’liq va o’zaro bir-birini to’ldiradi. O`z navbatida transport xizmatlariga turistlar tomonidan ketadigan xarajatlar turistik yo`llanmalarning asosiy qismini tashkil qiladi. Mamlakat va mintaqalardagi havo transporti, temir yo`llari va avtomobil yo`llarining sifatini xalqaro standartlar darajasiga etkazish turizm xizmatlari sifatini yanada yuqori darajaga erishishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari transport infratuzilmasi ob`ektlarining (aeroport, avtovokzal va temir yo`l vokzallari, transport markazlari) faoliyatlarini talab darajasida amalga oshirilishi ham muhim bo`lib, umuman mintaqada yagona transport tizimini shakllanishiga olib keladi. Turistlarni joylashtirish sohasi, mexmonxonalar, dam olish uylari, turistik markazlar va boshqa ob`ektlardagi xizmat sifati va turlari mintaqada turizm bozorini qay darajada rivojlanganligini belgilab beradi. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, urfodatlar, mexmondo`stlik kabi tarixdan saqlanib kelayotgan udumlarni turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatishda qo`llash maqsadga muvofiq. Asosan mintaqada turistik salohiyatni aniqlashda yashash joylarining ahvoli, ularning quvvati (joylar soni), foydalanish darajasi ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Dunyo va mamlakatimiz tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, hozirda turistlarni joylashtirish infratuzilmasi turizm tizimining eng asosiy rivojlanish nuqtasi (markazi) ga aylangan. Ushbu tizim turizm daromadlarining asosini tashkil qiladi. Bu o`rinda xususiy firmalar, tashkilotlar, uy-xo`jaligini ham turistlarni joylashtirishdagi ahamiyati oshib borayotganini ta`kidlash lozim. Mintaqaviy turizm bozorining muhim qismi bo`lib umumiy ovqatlanish va savdo tizimi xizmat qiladi. Ayniqsa, mahalliy taomlar, ekologik toza sabzavot va mevalar, xalq xunarmandchilig mahsulotlari turistlarni talab va takliflarini inobatga olishda, mintaqa turizmini raqobatbardoshligini ta`minlashda va xalqaro darajada obro`sini yanada ko`tarishning muhim omiliga aylanishi mumkin. O`z navbatida ushbu omil mintaqada iste`mol mahsulotlariga bo`lgan talabni oshishiga va ishlab chiqarishni yanada kengaytirish uchun turtki bo`ladi. Turistlarning ovqatlanish va suvinerlar, xalq xunarmandchiligi va boshqa mahsulotlarni sotib olishga ketgan xarajatlari mintaqa uchun to`g’ridan-to`g’ri tushadigan daromadlar qatoriga kiradi.Mintaqada turistik xizmatlarning keng rivojlanayotgan turlaridan biri ko`ngilochar ob`ektlarni faoliyatini tashkil etishdan iborat. Bular turli ekskursiyalarni tashkil etish, madaniyat va sport sohalaridagi tadbirlar, milliy marosimlarda ishtirok etish va boshqa xizmatlarni o`z ichiga oladi. Ko`ngilochar o`yinlar turi va sifatini oshishi o`z navbatida mintaqada pullik xizmatlar hajmini o`sishiga, investitsion faollikni kengayishiga, maxalliy aholini talab va ehtiyojlarini qondirishga olib keladi. Mintaqada turizm xizmatlari sifati ko`p jihatdan bu erda joylashgan bank, moliya, sug’urta kompaniyalari bilan bog’liq. Hozirda dunyo tajribasidan ma`lumki, turistlar yigirma xildan ortiq sug’urta xizmatlaridan foydalanadilar. Sug’urta xizmatlarini rivojlanganlik darajasi turistlarning xavfsizligini qay darajada ta`minlanganligini bildiradi. Xalqaro turizmni tashkillashtirishda deyarli barcha turistlar o`z sog’lig’ini himoyalash maqsadida sug’urta polislarini sotib oladilar.Turistlar o`z safarlari davomida qo`shimcha xizmatlar turidan foydalanish, kerakli mahsulotlarni sotib olish uchun o`z pullarini sarflaydilar. Shu sababli mintaqada turizmni rivojlanishi bevositabank faoliyatini kengaytirishga, ular ko`rsatayotgan xizmatlar turini ko`paytirishga ta`sir ko`rsatadi. Hozirgi zamonda mintaqani imedji (obro`si) turistik ob`ektlarning mavjudligi bilan bir qatorda bankmoliya xizmatlarining qulayligi va sifati bilan belgilanadi. Shu sababli turizmni rivojlanishi bevosita mintaqada bozor infratuzilmasi ob`ektlarining shakllanayotgan talablarni va ularni sifatli qondirilishi, hududlar doirasida optimal joylashuvi asosida tashkil etish uchun imkoniyat ochib beradi. Yana bir eng muhim turizm bilan bog’liq xizmatlar qatoriga informatsiontexnologiyalar salohiyatidan keng foydalanishni alohida ta`kidlash lozim. Ushbu xizmatlar turistlarga qulay sharoit yaratish bilan birga ularni xavfsizligini ta`minlsh bilan bog’liq. Mintaqani u erda joylashgan turistik ob`ektlar, aholisi va uning urfodatlari, mexmondo`stlik darajasi, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlanganligi va boshqa aniq ma`lumotlarni informatsion xizmatlar doirasida to`liq olish imkoni tug’iladi. Shuning uchun eng asosiy jarayon turistik yo`llanmaga buyurtma berish, mexmonxonalarga joyni bronlashtirish, samolyot va poezdga chiptani olishda informatsion texnologiyalardan foydlanish oddiy holga aylanib bormoqda. Informatsion texnologiyalar xizmat turlarini yanada kengaytirish ulardan olinayotgan daromadlarni oshishiga, mintaqada ushbu tarmog’ni taraqqiyotiga, barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashga o`z xissasini qo`shishiga olib keladi. Turizmni bevosita mintaqa rivojlanishiga ta`sirini asosan mahalliy byudjetlar tushumini oshishi, eksport salohiyatini kengayishi, ekologiyani muvofiqlashtirishga, bandlik muammosini hal qilishga, ijtimoiy sohalarni taraqqiyotiga qo`shgan hissalari orqali aniqlash mumkin. Mintaqa byudjeti ma`lum darajada turistlarga xizmat ko`rsatuvchi turistik kompaniyalar va firmalar, mexmonxonalar daromadlaridan tushadigan turli to`lovlar hisobiga to`ldiriladi. Jumladan, soliq to`lovi, bojxona to`lovi, ayrim yig’imlar. Xorij mamlakat turistlariga turizm xizmatlari bevosita mintaqalarda amalga oshirilishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar natijasida valyuta tushumlari eksportni shakllanishiga olib keladi. Xalqaro turizm mintaqa eksport salohiyatiga xissa qo`shgan holda, kelajakda eksport xizmatlarini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar ochib beradi.

Download 54.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling