Mavzu: Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi xaqida ma’lumotlar topish
MAVZU: . Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi xaqida ma’lumotlar topish
REJA:
1. Etalon nima?.
2. Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi
3. Saqlanishi xaqida ma’lumotlar topish
Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Miqdorlarning qadimiy va turli xalqlarga oid nostandart o‘lchov birliklari haqida ma’lumot yig‘ish
Do'stlaringiz bilan baham: |