Mavzu: Miraziz A'zam she'rlarining obrazlar olami
Mavzu: Hamza Hakimzoda Niyoziy marifatparvar bolalar shoiri
Download 94.43 Kb.
|
Bolalar Adabiyoti 5 ta Mavzu
Mavzu: Hamza Hakimzoda Niyoziy marifatparvar bolalar shoiri
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yili Qo'qon shahrida tabib oilasida Tug’ildi. Hamza o'zining o'qishga bolgan ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq tola xat-savodli bolib etishadi. 1906-yili madrasaga kirib o'qiy boshlaydi. Biroq, madrasa ta’limi Hamzani qanoatlantirmaydi; mustaqil suratda Lutfiy, Alisher Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini o‘qib o’rganadi. Hamza turmushda ko'p qiyincliiliklarga duch keladi.. ilm-fanga havasi zo'r bo'lsa-da, ko'ngildagidek o'qiy olmaydi. Bu ahvolni keyinchalik eslab, unga sabab «ota-ona taassubi va hukumat istibdodi, faqirlik» ekanini ko'rsatib o'tadi.1909-1910-yillari Namangan, Toshkent shaharlarida yolg'iz, og'ir ahvolda yashaydi. Shunga qaramay «Ko'kaldosh» madrasasida o'qiydi, Biroq bu madrasadagi ta’lim uni qanoatlantirmaganligi, iqtisodiy qi}dnchiliklar sababli Hamza o’qishdan ketishga majbur boladi. Hamza 1911-yili Qo'qonning Hojibek guzarida maktab ochib, etimva kambag'al bolalami o'qitadi. o'quvchilar uchun «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi» o'quv qollanmalarini yaratadi. Maktabda o'qish-o'qitish ishlariga ba’zi-bir o'zgarishlar kiritib, quruq yod olish usulini yo'qotishga harakat qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg'ulotlarga ko'p e’tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg'ulotlarga ko‘proq vaqt ajratadi. Niyoziy 20 yillik o’qituvchilik faohyati davomida yoslilar tarbiyasi masalasida amaliy va nazariy jihatdan muhim g'oyalarni olg'a surdi. H am zaning ijodiyoti, o'qitu vch ilik faoliyati chor hukumati amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalami buzuvchi, din va ma’rifatdan ozdiruvchi maktab», deb qoralab yopib, o£zini ta’qib etadilar. Hamza 1913-yil fevralda chet ellarga ketadi: Afg‘oniston, Hindiston, Makka, Madina. Shom(Suriya), Bayrut, Istanbul, Odessa shaharlarida bolib, 1914-yil boshlarida Qo'qonga qaytadi. 1915-yili Marg'ilonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi. Hamza ina’rifa'tni keng xalq ommasiga tarqatish tarafdori edi. Kambag'al bolalarining o'qishini doimiy ta’ minlash niyatida ularga oddiy yordam berishni maqsad qilib «Yordam jamiyati» tuzadi. « Yordam jamiyati» o'qituvchilarning o'zaro yiqqan mablaglari asosida faoliyatini boshladi-yu, lekin ko'p o'tmay hukumatningta’qibidan so'ng tarqatib yuboriladi. Hamza 1918-yili Farg'ona shahriga borib o'qituvchilik ishini davom ettiradi yosh san’at havaskorlarini to'plab, «Sayyor dramtruppa» tashkil qiladi. Hamza 1919-yilning boshlarida Qo'qondagi 1-bolimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Turk frontida o'zi tuzgan truppasi bilan qatnashadi. 1921-yili o'qituvchilikka qaytadi. Xorazmga borib ta’lim- tarbiya ishlari bilan shug'ullanadi. 1922-1924-yillari Xo'jayli tumanida- gi l-bolalar uvining mudiri va o'qituvchisi bo'lib ishlaydi. Hamza 1925- yilning kuzida Farg'ona maorif ixtiyoriga yuboriladi. Bu yerda u xalq kuchi bilan yangi maktab binosi, klub, kutubxona, chovxona qurdiradi. 1926-yili Hamzaning badiiy ijodidagi muvaffaqiyatlarini taqdirlab, «O'zbekiston xalq yozuvchisi» degan faxriy unvon beriladi va umrbod shaxsiy nafaqa tayinlanadi. Hamza bir qancha asarlarida xalq maorifini demokratik asosda qayta qurish, xalq maorifini yaratish g'oyalarini olg'a suradi. Uning fikricha, «Insonni inson qatoriga qo'shish», kamolotga etkazish, ohjanob fazilatlarga ega qilib etishtirish tarbiyaga bog'liqdir. Yuksak kuchga ega bo'lgan tarbiya ilm. odob, hunar tarbiyasini o'z ichiga olgan bir butun jarayon bo'lishi kerak. Demak, maktab yoshlarni ilmli.. odobli qilib tarbivalashi va hunarga o'rgatishi kerak. Hamza hunar o'rgatishni keng ma’noda tushunadi. Hamza Hakimzoda har bir inson jamiyat, tabiat va hayvonot dunyosidan xabardor bo'lishi kerakhgi haqida so'zlar ekan, buning uchun ilm-fan ni egallash zarurligini ta’kidlaydi. U aqliy tarbiya haqida so'z yuritar ekan, aqliy tarbiya orqali tabiat va jamiyat qonunlarini, tabiat hodisalarini, ular o'rtasidagi bog'liqlikni bilish kerakligini aytadi. Hamzaning fikricha, bolalarni barkamol inson qilib etishtirish uchun о qituvchining o‘zi chuqur bilimga ega. qobihyatli va yuksak axloqiy fazilatli bo'lishi kerak. Hamza ta’lim-tarbiya haqida bildirgan fikrlarida bolalaming sog'lom Bo’lishiga ham e’tibor beradi. U. ayniqsa, ta’lim-tarbiyada ota-onalaming muhim o’rin tutishini ta’kidlaydi. Bolaning go'zal axloqli bolib kamol topishi uchun oila muhitidatarbiyaningtog'riyo‘lga qo'yilishi zarurligini aytadi Shoirning fikricha, bola odobningboshini ota-onadan oladi; oVganadi, bune ’ jiddiy c’tibor berilmasa tarbiya juda qiyin kechadi va yomon oqibatlarg olib borishi aniq ekanligini bayon etadi. Hamzaning axloqiy tarbiya xususidagi qarashlarida yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash aloliida o'rin egallaydi. Uning fikricha yoshlardagi insonparvarlik kishilarning qadr-qimmatini anglash, unj hurmat qilish, insoniy huquqlarini himoya etish, ularga hurmat bilan muomala qilishdan iborat bo‘Jishi kerak. Yoshlarni insonparvalik ruhida tarbiyalash ularda o'ziga yaqin bolgan kishilarga, avval ota-onasiga samimiy muhabbat tuyg‘usini rivojlantirishdan boshlanishi kerak Shu tufayli ham, shoir o‘z darsliklariga kiritgan she'r va hikoyalarida bolalarni o‘zota-onalariga mehribon bo'lishga, ulami qadrlashga chaqiradi. TIamza oV.ining«Baxib>, «Saxiy», «Zolim», «Kalim», «Xiyonat», «Xoin» «Sadoqat» hikoyalarida yoslilarni sadoqatli. kishilarga mehribon va g'amxoV qilib tarbiyalash. ularda baxillik. zolimlik, zo'ravonlik, xiyonat, xoinlikka nafrat tuyg'ularini tarbiyalash g'oyasini ilgari suradi. Hamza saxiylarni ta'riflab: «Saxiylar o‘zlari halol qilib topadi. 0 ‘zlari ham eydi, boshqalarga ham beradi. Birov iltimosini qaytarmaydi... ko'priklarni tuzatadi. bcva-bechoralarga osh-non, kiyim-bosh qilib beradi. Yetim bolalarni maktablarga berib o'qitadi, ular doim umum foydasi tegadigan ishlarni qiladi. Umum foydasi uchun jonidan ham kechurlar», deydi. Hamza fikricha, bolalarni sabr-toqatli, sabot va matonatli qilib tarbiyalash kerak. Uning fikricha: «Shitobning ziddi-dushmani- sabrdir. Sabr - chidamli, ya’ni har ishda... oshiqmaslik ...sabrli kishilarda pushaymonva armon bo'lmas... sabr kishilarning yuragi bo'lib, dunyodan balo kelsa-da, ko'kragiga yetmay yo‘q bo'lib ketar. Sabrli kishilar har yerda izzatlik, har kim qarshisida hurmat va obroli bo'lur. Sabrli kishilarni har kim sevar va chin ko'ngilidan do'st tutar... agar sabrga o'zini bilib o'rgatib olgan kishi so'ngra... og'irlik pisandiga ham kelmay qolur». Hamza Hakimzoda o'z pedagogik faolivatida va adabiy ijodida xotin- qizlarning ilm olishiga, jamiyat ishlarida faol ishtirok etishlariga jiddiy e’tibor berdi. Hamza o'zining xarakter xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan shaxs edi. U g'ayratli, jasoratli, tinib-tinchimaydigan ijodkor sifatida ko'z oldimizda gavdalanadi. Doimo nimalarnidir yaratish va tashkil qilish, nim alargadir bosh qo'shib, faollik ko'rsatish bilan band edi. Hamza 1929 -yil 18 martda fojiali halok bo'ladi. O‘zbek xalqining sodiq farzandi Hamza Hakimzoda Niyoziy ajoyib pedagog, shoir,dramaturg va kompozitor sifatida o'z xalqiga sidqidil bilan xizmat etdi. Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini oʻqitish va tarbiyalash maqsadida, ularni moddiy jihatdan taʼminlashni nazarda tutib “Yordam jamiyati” tashkil qildi. Shu jamiyat orqali u oʻquvchilarni oʻquv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlab turdi. 1914 yilda jahon urushining boshlanishi Turkiston boshiga tushgan balo boʻladi. Urush taʼsirida mehnatkash xalq yanada qashshoqlashadi, bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qoladilar. Bu hol Hamzaga taʼsir qiladi. Shoir ularning ogʻir ahvolini ifodalovchi sheʼr va maqolalari bilan matbuotda muntazam ravishda qatnashib turadi. Hamza 1914-yilda “Sadoyi Turkiston” roʻznomasida bosilgan sheʼrida xalq ahvolini shunday taʼriflaydi: …Kambagʻallar titrashib yurgay yalangʻoch izgʻushub, Oh, bu faqir-u asorat onlara sayyoddir, Dil shikasta, bagʻri xun, koʻzida yosh shashqator, Otasiz, baxtsiz yetimlar holiga faryoddir. Shunday sharoitda Hamza “bir iloj qilib kambagʻal bolalarni aqchasiz… tarbiya va oʻquvga boshlarini band qilmoq” choralarini izlaydi, sheʼr va maqolalarida bolalarni oʻqishga chaqiradi. Bu gʻoyani Hamza “Oʻqi” sheʼrida bayon etadi. Oʻsha yili u yetim va kambagʻal bolalar uchun “Doril yetim” (Yetimlar maktabi)ni ochadi va oʻzi oʻqituvchilik qiladi. Hamza birinchi sinf oʻquvchilari uchun “Yengil adabiyot”, 2sinf uchun “Axloq hikoyalari” oʻqish kitoblarini tuzadi. Hamza 1915 yilda Margʻilonga borib, kambagʻal bolalari uchun maktab ochadi. 1918 yilda Fargʻonaga borib oʻqituvchilikni davom ettiradi va u yerda yosh sanʼatkor-ixlosmandlarni toʻplab, “Sayyor dram truppa” tashkil qiladi. 1919 yilning boshlarida Hamza Qoʻqondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, oʻzi oʻqituvchilik qiladi. 1922–1924 yillarda shoir Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanidagi 1-bolalar uyi mudiri va oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. 1925 yilda esa Fargʻonaning Avval qishlogʻiga oʻqituvchi qilib tayinlanadi va gʻoyat ogʻir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi. Shoir 1928–1929 yillarda Shohimardonga borib oʻqituvchilik qiladi. Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari yanada toʻldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan “Ilm ista”, “Maktab”, “Kitob”, “Oʻqi”, “Qalam”, “Hikoya”, “Toʻgʻrisoʻz bola”, “Hikoyat”, “Toshbaqa va Chayon”, “Bolaning yomon boʻlmogʻiga sabab boʻlgan onaning jazosi” kabi sheʼrlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914 yilgacha boʻlgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir. Hamza xalqni oʻqitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi, maktablar uchun darslik va qoʻllanmalar yozishni oʻziga maqsad qilib oladi. Hamza yozgan darsliklar uning oʻsha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi haqida koʻpgina maʼlumot beradi. Bu gʻoya “Yengil adabiyot”da oʻz aksini topgan. Muallim-olimning bu kitobidan munosib oʻrin olgan “Maktab xususinda” asari alohida ajralib turadi. U bu sheʼrda maktabni millatning quyoshiga, guli va bogʻiga oʻxshatib taʼriflaydi: Maktab millat saroyi, Ilm-u adabning joyi. Dunyoda eng saodat Axtarganlarning joyi. Maktab millat quyoshi, Balki koʻz ila qoshi. Koʻzsiz, qoshsiz kishining Qanday xunukdir boshi. Maktab millatning guli, Millat aning bulbuli. Maktabsiz qolgan millat Boshqa chamanning quli… “Birinchi sinf bolasining soʻzi” sheʼrida shoir oʻsha quyoshga, nurga, gulga, baxtga intilgan oʻquvchining yozuv va chizuvini oʻrganib olib baxtga erishayotganligini uning nomidan quyidagi misralarda bayon qiladi: Mening oʻqub, yozganim, Oltin, kumush qazganim, Tilak sari uchuvga Goʻyo qanot yozganim. Hamza xuddi shu darslikdan oʻrin olgan “Toʻgʻri soʻzla” sheʼrida har qanday holatda ham, hatto boshingga qilich kelganda ham toʻgʻri soʻz boʻl, deb oʻz oʻquvchisini, yosh kitobxonni toʻgʻrisoʻz boʻlishga undaydi: Toʻgʻri soʻzla, ey oʻgʻul, Til burmagʻil yolgʻonga hech. Bir masal bor: toʻgʻrisoʻzlar Boshini kesmas qilich. Hamzaning “Yengil adabiyot”ga kiritgan sheʼrlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri – toʻgʻrisoʻzlik. Shoir bolalarni toʻgʻri va rostgoʻy boʻlishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib, ijobiy ishlar bilan shugʻullanishga, kishilarning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqirgan. “Toʻgʻrisoʻz bola” sheʼrida bu fikr yanada jonli chiqqanini koʻramiz. Hamza bu sheʼrida barcha narsa pul va boylik bilan oʻlchangan jamiyatda hamma narsadan koʻra haqiqatni ustun qoʻygan ijobiy qahramon bola obrazini yaratadi. Bir bola oʻqishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini toʻsib, biri dedi: “Tanga berurman senga, soʻzla birozgina yolgʻon menga”. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi: Soʻzlang, ako, qomatingizga qarab, Bu soʻzingiz aslida yolgʻon erur, Tangaga yolgʻonni kim olgan erur, Sizda koʻp ekan oʻzi yolgʻon, ako, Siz oni avval sotib aylang ado. Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam, Oʻrtogʻingizda koʻp erur bizdanam. Ofarin aytdilar oning soʻziga Tangani xolis berubon oʻziga. Hissa: kimki toʻgʻri soʻzi har qachon, Tekkizadir doimiy boʻyla hison. Hamza bu sheʼrida bolalami yoshligidanoq rostgoʻylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolgʻonchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Shu kitobda “Qimorning boshi” degan bir sheʼr bor. Unda shoir Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan toʻgʻri xulosa chiqarishga chaqiradi. Hoshimjonning “Toʻptosh”, “Juftmi-toq” degan oʻyinlarni oʻynashdan asta-sekin qimor oʻynashga oʻrganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxiri boryoʻgʻini qimorga boy berganini, nihoyat uning goʻloxlikka tushib, xorlikda oʻlib ketganini ifoda etadi. “Oʻqish kitobi” Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda toʻqqizta dars boʻlib, ularning har biri axloqiy masalaga bagʻishlangan. Barcha hikoyalarning qahramoni ijobiy fazilatlarni oʻzida mujassamlantirgan maktab oʻquvchisidir. “Bir aqlli maktab bolasining oʻz-oʻzicha domlasining qilgan tarbiyalari yodiga tushib, fikrlanib, degan soʻzlari” sarlavhali ikkinchi darsda bolaning nutq-taʼrifi vositasida ustoz obrazi chiziladi. Hamza oʻzi orzu qilgan oʻqituvchini bola tilidan bunday taʼriflaydi: Oʻylasak, bizni erurlar chin otamiz shul kishi, Chunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz… Ota birlan onamizdan yaxshiroq shafqat qilib, Bizdagi har kamchilikni koʻrsatur ustodimiz… Asta-asta bizda boʻlgan har yomon, shum feʼlni, Har kuni aylab nasihat, yoʻqotur ustodimiz. Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga Hamza alohida ahamiyat beradi. Odamlarga mehr-u muhabbat qoʻyish, kishilarning qadr-qimmatiga yetish, ularni hurmat qilib, izzatikrom bilan muomala qilish yoshlardagi insonparvarlikning asosidir. Yoshlarni bunday ruhda tarbiyalash, dastavval, bolalarning eng yaqin kishilariga, ayniqsa, ota-onasiga nisbatan muhabbat tuygʻularini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shoir ota-onani hurmat qilishni bolaning eng yuksak insoniy fazilatlaridan biri deb hisoblaydi. “Ul aqllik otasini ham qilgan tarbiya va shafqatlarini yod etib degan soʻzi” sarlavhali uchinchi va “Ul aqllik bolaning mushfiqa enasi uchinda qilgan tashakkurlari” nomli toʻrtinchi darslarida ota-onalar qiyofasi chiziladi. Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb taʼriflaydi. Onani esa “otamizdan ham muqaddas onamiz” tarzida ulugʻlaydi. Ayni chogʻda, otaonaning bola tarbiyasi uchun masʼul ekanligi taʼkidlanadi. “Oʻqish kitobi”dagi bir necha sheʼrlar oʻqish, ilm olish, maktab hamda kitobning taʼrifiga bagʻishlanadi. Jumladan, “Oʻqi” sheʼrida shoir oʻqish natijasida kambagʻal-bechoralarning asoratdan qutulib, madaniyat va sanʼatdan bahramand boʻlishi turgan gap deb uqtiradi. Oʻqishning qadrini muallif oʻqituvchi-ustozlar tilidan shunday taʼriflaydi: Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmagʻil behudaga bekor, oʻqi!.. Ey oʻgʻil! Dunyoda boʻlmoq istasang oliyjanob, Oʻqigʻil maktab kelib, zinhor oʻqi, mingbor oʻqi! U “Maktab” sheʼrida “Oʻqub ilm-u adab boʻlgay garang hushyor maktabdin” deb “Insonni inson qatoriga qoʻshish”, insonni kamolotga yetkazish va uni oliyjanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli katta ekanligini koʻrsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb koʻrsatadi. Hamza bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini “Kitob” sheʼrida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab berdi. U oʻz sheʼrida “Kitob bilim manbayi”, “Koʻzning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!…”, “Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarogʻ “kabi sifat va taʼriflar bilan kitobni yuksakka koʻtaradi. Shu bilan birga, har bir kishi koʻnglidagi orzusiga yetishi uchun “Ilm manbayi boʻlgan kitob”ni sevishi, savodli boʻlishi lozimligini uqtiradi: Har koʻngilning orzusi shul erur obihayot, Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob… Koʻzning nuri, dil huzuri, dillaming darmonidur, Har qorongʻu dilga goʻyo mohitobondur kitob… Har kishi yoshlikda qilsa ozgina gʻayrat agar, Tez zamonda oshno boʻlmogʻi osondir kitob. Mumtoz adabiyotimizda qalam haqida juda koʻp falsafiy sheʼrlar yozilgan. Hamzaning “Qalam” deb nomlangan sheʼri ham ana shunday asarlardan hisoblanadi. Shoir qalamni maʼrifat ramzi sifatida “Qoradir garchi izi nuri haqiqatdir oʻzi” deya qadrlaydi. Hamza “Ilm ista” sheʼrida yoshlarga murojaat qilib kishining koʻzlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini oʻrganishga daʼvat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini birbiriga solishtirib, ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorongʻi kechaga oʻxshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilmfanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm oʻrganishga undaydi: Har murod-u maqsadingga yetmoq istarsan murod, Koʻz ochib bedor boʻl: darkor ilm, darkor ilm! Ul haqiqat oynigʻa sayqal istarsan, Nihon, Ilm ista, ilm ista, istagʻil zinhor ilm! Shoir ilm-fanning kuch-qudratini, kishilar ongini oʻstirishdagi bagʻoyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi: …Olim boʻlsak qancha biz, Har bidʼatni yanchamiz. Jahl otligʻ dushmanni, Koʻksina tigʻ sanchamiz. Shoir “Hikoya” asarida bolalarni yolgʻon gapirmaslikka, rostgoʻy boʻlishga chaqiradi. Bu gʻoya xolasining pulini oʻgʻirlagan oiladagi katta oʻgʻilning siri fosh etilishi vositasida ifodalanadi. Shoir sharmanda boʻlgan bola haqida gapirib, qissadan hissa chiqaradi: Hissa, kimi boʻyla xiyonat qilur, Bir kun oʻzin shuyla xijolat qilur. “Oʻqish kitobi”dagi asarlarning koʻpchiligida oʻz zamonasi uchun gʻoyat ilgʻor fikrlar olgʻa suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, oʻqituvchi, bola tarbiyasida ota-onaning roli haqidagi sheʼrlar, “Toshbaqa bilan Chayon” kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur boʻlgan va maʼrifiyestetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu gʻoyaviy va badiiy yuksak, oʻquvchilarga manzur boʻlgan asarlar “Oʻqish kitobi”ni oʻzbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos boʻladi. Hamza 1925-yilda “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi” darsligini yozdi. Bu kitob gʻoyaviy mavzusi jihatidan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yoʻl bilan yozilgan. Undagi birinchi asar – “Ilm”da maʼrifatlilik, ilmli boʻlish shunday sharhlanadi: “Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim boʻlgan narsa ilmlik oʻlmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir… “ Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot bilan boshlanadi, soʻng bir bayt sheʼr keltiriladi: Ilmsiz har kishi uchsa havoga, Koʻngil berma aningdek xudnamoga. Hamza ilm haqidagi hikoyalaridan keyingilarini axloq, odob masalalariga bagʻishlaydi. Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi. Hamza bu asarida xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. Asarning badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining talablari toʻla koʻzda tutilgan, fikr sodda, ixcham. Ayni vaqtda jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan. Asarning boshidan oyoq beva-bechora, mehnatkash omma manfaatini himoya qilish va maʼrifatga daʼvat etish ruhi bilan sugʻorilganligi Hamzaning haqiqiy maʼrifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi. 1915 yilda Hamzaning “Milliy ashulalar” toʻplami bosilib chiqdi. Bu toʻplamdagi sheʼrlarning koʻpchiligida maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib etish davom etadi. Hamza avvalgi sheʼrlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni maʼrifatparvar deb koʻrsatgan boʻlsa, endi u oʻz xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni maʼrifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqelik taʼsir etganini, ijodkorning gʻoyaviy tomondan oʻsganini koʻrsatadi. Shoir “Milliy ashulalar”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Yashil gul” va boshqa toʻplamlarida qoʻshiqlar bilan xalq ommasini madaniyatli boʻlishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi. Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni oʻqitish, maʼrifatli qilish, tarbiyalash ishiga oʻzining butun iqtidorini, umrini bagʻishladi. Download 94.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling