Darsning borishi
O`tgan darsni so`rab baholash.
O`tilgan mavzu: Yurtimizning buyuk allomalari
IX-XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiyotga erishdi. Bu davrda yashab ijod qilgan buyuk bobolarimiz jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shdilar.
Ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo`shgan betakror hissalari bilan o`z nomlarini abadiylikka muhrladilar.
Al-Xorazmiy
Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmning Xiva shahrida tug‘ildi. Dastlab Xiva shahrida ilm olib yetuk olim bo‘lib yetishdi. So‘ng O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi yirik ilm-fan markazi bo`lgan Marv shahrida (hozirgi Turkmanistondagi shahar) ijod qildi. Keyinroq Bag‘dod shahridagi (hozirgi Iroq davlati poytaxti) ilm- fan markazi — «Bayt ul-hikmat»da faoliyatini davom ettirdi.
Uning eng yirik ishlaridan biri hindlar kashf etgan «0» dan «9» gacha bo‘lgan o'nta raqam bilan har qanday sonni yozish mumkinligini, uning murakkab rim ra- qamlaridan afzalliklarini isbotlab berdi. To‘rt amal — qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo'lish qoidalarini yaratdi.
Al-Xorazmiy Siz 7-sinfdan boshlab o‘rganadigan algebra fanining asoschisi hamdir.
Uning bu fanga bag‘ishlab yozgan asari «Al-jabr val muqobala» deb ataladi.
Ahmad al-Farg`oniy.
Jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yana bir buyuk bobomiz Ahmad al-Farg‘oniy 797-yilda Farg‘ona- Uning Quva shahrida tug‘ildi. U yoshligidan ilm-fan asoslarini chuqur o`rgandi. O‘z ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi eng yirik ilm-fan markazi Marv shahriga keldi. So'ng Bag‘dod shahridagi «Bayt ul-hikmat»da astronomiya, matematika va geografiya kabi fanlar sohasida ijod qildi.
Uning nomini mashhur qilib yuborgan «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari XII asrda Yevropada lotin tiliga tarjima qilindi.
Bu asar Ahmad al-Farg‘oniyni Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhur qilib yubordi. Ayni paytda, asarning o‘zi Yevropa mamlakatlari universitetlarida (oliy o‘quv yurtlari) bir necha asr davomida darslik sifatida o‘qitildi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobomiz 865-yilda Misrda vafot etdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1998-yilda buyuk bobomiz tavalludining 1200 yilligi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida ham keng nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |