1. IX—XII asrlar yurtimiz ilm-fani taraqqiyotida qanday o'rin tutadi?
2. Al-Xorazmiyning matematika fani taraqqiyotida tutgan o ‘mi nimalc bilan belgilanadi?
3. Ahmad al-Farg‘oniyning jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissa haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Amerika olimi J.Sarton «XI asr Beruniy asridir», deb yozganida nimalarga asoslanganligi haqida mulohaza yuritib ko`ring.
5. Ibn Sinoning jahon tibbiyot ilmi taraqqiyotiga qo`shgan hissasi haqida so'zlab bering.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi testlardan foydalanish mumkin.
Dars yakunida “kema” usulida o`quvhcilarning olgan baholari jamlanib, guruhlarga rag`bat kartochkalari taqdim etiladi.
Yangi mavzuni tushuntirish
Mavzu: Mirzo Ulug`bek
Dars rejasi
1. Mirzo Ulug`bek hayoti va ijodi
2. Ulug`bek akademiyasi haqida
3. Mirzo Ulug`bekning astranomiya faniga qo`shgan ulkan hissasi haqida.
XIV—XV asrlar Vatanimiz ilm-fani va madaniyati taraqqiyotida oltin asr sanaladi. Bu davrda yashab, ijod etgan buyuk alloma bobolarimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotini yanada yuksaklikka ko‘tardilar.
Bu yuksaklik, o‘z navbatida, Yevropada ham ilm-fan va madaniyatning yuksalishiga katta ta’sir ko'rsatdi.
Bu hodisa buyuk bobolarimiz Amir Temur va uning nabirasi Mirzo Ulug‘- bekning ilm-fan hamda madaniyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan beqiyos e’tiborlari va homiyliklari natijasi edi.
Mirzo Ulug`bekning yoshlik yillari
Mirzo Ulug‘bekning otasi Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzodir, Ulug‘bek 1394-yilda tug`ildi. Amir Temur bu xushxabarni eshitgach, nabirasiga Muhammad Tarag‘ay deb o‘z otasinining ismini qo`ydi. Munajjimlar uning kelgusida katta olim va buyuk hukmdor bo`lishini bashorat qildilar.
Shu tufayli Amir Temur toleyi ulug‘ nabirasini Ulug‘bek deb ham atay boshladi.
Ulug‘bek Movarounnahrda 40 yil hukmronlik qildi. O‘z davrining ilm-fani sirlarini o‘rga- nishida mashhur matematik va astronom allo- malar Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy unga ustozlik qildilar.
Bu esa Ulug‘bekning kelgusida buyuk astronom va matematik bo‘lib yetishishini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |