Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik


Konduktometrik titrlashni qo’llanishi


Download 0.7 Mb.
bet12/52
Sana31.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1312054
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
Ximiyaliq izertlew ozb

Konduktometrik titrlashni qo’llanishi. Konduktometrik titrlash usuli quyidagi qator afzalliklarga ega. Titrlashni, rangli, loyqa, tiniq bo’lmagan muhitlarda ham bajarish mumkin. Mazkur usulning sezgirligi
~10-4 molь/dm3 etarli darajada yuqori xatoligi 0,1dan 2% gacha. Taxlilni avtomatlashtirishi mumkin. Ammo selektivligi kichik bu esa usulni kamchiligi hisoblanadi.
YUqori chastotali (radiochastotali) konduktometrik titrlash xaqida tushuncha. Titrlash jarayoni, o’zgaruvchan tok chastotasi sekundiga million tebranishni tashkil etadigan, takomillashgan o’zgaruvchi tokli konduktometrik uskuna vositasida bajariladi. Odatda elektrodlar elektrolit quyilgan idish konduktometrik yacheykani tashqi tomoniga o’rnatiladi va elektrodlar titrlanuvchi eritmaga tutashmaydi.
O’lchangan natijalar asosida konduktometrik titrlash eg’risi chiziladi. Titrlashni sunggi nuqtasi yuqoridagi kabi titrlash egrisini bukilgan, joyidagi chiziklarni (ekstrapolyatsiya) davom ettirib ular kesishgan nuqtasining abtsissa o’kidagi qiymatidan topiladi.

Polyarografik tahlil (polyarografiya, vositasiz volьtamperometriya )




Usulning moxiyati
Polyarografik tahlil (Polyarografiya) Tashki potentsial taъsirdagi elektrkimyoviy (polyarografik) yacheykaning quyida bayon etilgan elektrik o’lchamarini tahlil etiluvchi eritmadagi modda xossasiga bog’lanishiga asoslangan.
a). Tahlil etiluvchi moddani mikroelektrodda oksidlanishi (yoki qaytarilishi) sodir bo’ladigan potentsial qiymatini uning (tahlil etiluvchi eritmadagi moddaning) tabiatiga bog’liqligi asosida polyarografik sifat tahlil bajariladi.
b). Polyarografik miqdoriy tahlilda polyarografik yacheyka elektrodlariga berilgan potentsialni muayyan qiymatida xosil bulgan diffuziya elektr tokini tahlil etiluvchi eritmadagi aniqlanayotgan (qaytaruvchi yoki oksidlovchi) modda kontsentratsiyasiga bog’liqligiga asoslangan.
YAcheykaga berilgan elektrod potentsiali va diffuzion tok qiymatlari, polyarografik yacheykadan o’tayotgan tok kuchi qiymatini mikroelektrodga berilgan kuchlanishga bog’liqligini ifodalovchi polyarizatsion yoki volьt- amper egrisidan olinadi shuning uchun polyarografiya baъzan vositasiz voltamperometriya deb atashadi.
Tomchi simob elektrodi qo’llangan mumtoz polyarografik usulni 1922- yil chexoslovak olimi YAroslav Geyrovskiy (1890-1967) kashf etgan. 1925- yilda YA.Geyrovskiy va M.SHikata, polyarizatsion egrilarni avtomatik tarzda yozadigan polyarograf tuzulishini ishlab chiqishgan. Keyinchalik polyarografik usulni turlicha uskunalari ishlab chiqildi.
Tomchi simob elektrodi qo’llangan mumtoz polyarografiya mohiyatini qisqa xolda ko’rib chiqamiz.

Nazorat savollari



  1. Analitik kimyo fani va uning usullari to’g’risida tushuncha

  2. bering.

  3. Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati nimadan iborat?

  4. Analitik kimyoning rivojlanish davrlari to’g’risida fikrlaringizni bildiring.

  5. Sifat analizi usullari.

  6. Analitik reaktsiyalarning o’tkazish usullari.

  7. Kimyoviy usullarning mohiyati nimalardan iborat?

  8. Fizikaviy usullarga qanday usul kiradi?

  9. Fizik-kimyoviy usullar to’g’risida fikrlaringiz?

  10. Analitik kimyo faniga hissa qo’shgan olimlar haqida nimalarni bilasiz?

  11. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asoslari nimalardan iborat?

  12. Elektrolitik dissotsilanish darajasi nima?

  13. Elektrolitik dissotsilanish konstantasi nima?

  14. Bufer eritmalar.

  15. Bufer sigimi deganda nimani tushunasiz?

  16. Bufer eritmalarni tirik organizmlardagi muxim ahamiyati nimalardan iborat?

  17. Kationlarni birinchi guruhiga umumiy xarakteristik bering.

  18. Sifat analizida ishtirok etuvchi eng muxim qaytaruvchi va oksidlovchilar to’g’risida fikrlaringizni bildiring.

  19. Kislotalarning dissotsilanish tenglamasini yozing?

  20. Birinchi guruh kationlariga qaysi kationlar kiradi?

  21. Eritmadan NH+4 qanday yo’qotiladi?

  22. Mg2+ ga xos reaktsiyalarni bajaring?


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling