Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik
Vositasiz potentsiometryani qo’llanishi
Download 0.7 Mb.
|
Ximiyaliq izertlew ozb
Vositasiz potentsiometryani qo’llanishi. Vositasiz potentsiometriya vodorod ionlari (eritmani rN qiymati), anionlar va metall ionlari (ionometriya) kontsentra-tsiyalarini aniqlashda qo’llanadi.
Vositasiz potentsiometriyani qo’llashda indikator elektrodini tanlash va muvozanat potentsialini aniq o’lchash muhim axamiyatga ega. Eritmalarni rN qiymatini o’lchash uchun indikator elektrodi sifatida, potentsiali vodorod ionlarini kontsentatsiyasiga bog’liq bo’lgan, shisha, vodorodli xingidron va boshqa elektrodlar ishlatiladi. Ko’pincha vodorod ionlari bo’yicha qaytar bo’lgan shisha membrana elektrodi ishlatiladi. SHisha elektrodning potentsiali vodorod ionlarining kontsentratsiyasiga bog’liq bo’lgani sababli, tarkibida shisha elektrod bo’lgan elektr zanjirning EYUK qiymati xona haroratida, quyidagi tenglik bilan tavsiflanadi. E=K+0,059pH bu erda K- doimiy son, membrana materiali va solishtirma elektrod tabiatiga bog’liq. SHisha elektrod rN qiymatlarini rN=010 (ko’pincha rN=210) oraligida yuqori qaytuvchanlik va barqarorlik bilan aniqlash imkoniga ega. Ilgari ko’p qo’llangan xingidron elektrod- elektrodlarni oksidlanish-qaytarilish turiga mansub bo’lib, uning potentsiali ham vodorod ionlari kontsentratsiyasiga bog’liq. Bu elektrod, xinon va gidroxinon ekvimolyar nisbatidagi C6H4O2 · C6H4(OH)2 (suvda kam eriy- digan to’q yashil kukun) xingidron bilan to’yintirilgan, kislota (odatda NSl) eritmasiga tushirilgan platina simidan iborat. Xingidron elektrodi sxematik ravishda quyidagidek tasvirlanadi Pt (xingidron) NSl. Xingidron elektrodida quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasi sodir bo’ladi. S6N4O2+2N+ 2e S6N4(ON)2 Xingidron elektrodning xona xaroratidagi potentsiali quyidagi formula bilan tavsiflanadi. E=E0-0,059 rN Xingidron elektrodida eritmani rN=08,5 qiymatlari oralig’ida o’lchash mumkin rN < 0 sharoitda xingidron gidrolizlanib, (gidrolitik parchalanib) ketadi rN > 8,5 bo’lgan sharoitda xingidron kuchsiz kislota sifatida neytrallanish reaktsiyaga kirishadi. Kuchli oksidlovchi va qaytaruvchilar bo’lgan muhitda xingidron elektrodidan foydalanish mumkin emas. Membrana ion – selektiv elektrodlar, yuqorida bayon etilgandek turli kationlar (Li+, Na+, K+, Mg2+, Ca2+, Cd2+, Fe2+, Ni2+ va boshqalar) va anionlar (F-, Cl-, Br-, J-, S2- va boshqalar) ni aniqlashni ionometrik usulida ishlatiladi. Vositasiz potentsiometriya sodda va tezkor bo’lib, amaliyot uchun eritmani kichik hajmi kifoya etadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling