Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik


Download 0.7 Mb.
bet7/52
Sana31.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1312054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
Ximiyaliq izertlew ozb

Vositasiz potentsiometriya


Vositasiz potentsiometriya odatda darajalash grafigi yoki standart qo’shish usulida bajariladi.
a) Darajalash chizmasi usuli. Aniqlanuvchi moddani muayyan kontsentratsiyali 5-7 ta etalon eritmalari tayyorlanadi. Tayyorlangan etalon eritmalardagi aniqlanuvchi modda kontsentratsiyasi va ion kuchi tahlil etiladigan eritma kontsentratsiyasi va ion kuchiga qanchalik yaqin bo’lsa xatolik shuncha kam bo’ladi. Barcha eritmalar ion kuchini o’zgarmasligi uchun indifferent elektrolit qo’shiladi. Tayyorlangan etalon eritmalarni xar biri elektrokimyoviy (potentsiometrik) yacheykaga quyib, unga tushirilgan indikator va standart elektrodlar orasidagi potentsiallar farqi o’lchanadi.
Etalon eritma quyilishidan avval stakan va elektrodlar distillangan suv bilan yaxshilab yuvilgach, etalon eritmaning EYUK qiymati o’lchanadi. Olingan natijalar asosida EYUK lg c (bu erda s-etalon eritmadagi aniqlanuvchi modda kontsentratsiyasi) koordi-natlarida darajalash chizmasi chiziladi, odatda bunday chizma chiziqli ko’rinishda bo’ladi.
SHundan keyin yacheyka va elektrodlar distillangan suv bilan yuvilgach, unga tekshiriluvchi eritma quyiladi va EYUK o’lchanadi. Darajalash chizmasidan lg c(x) qiymati yaъni tahlil etilgan eritmadagi aniqlanuvchi modda s(x) kontsentratsiyasi topiladi.
b) Standartlarni qo’llash usuli. Elektrkimyoviy yacheykaga tahlil etilayotgan eritmaning V(x) hajmi qo’yiladi va yacheykaning EYUK qiymati o’lchanadi. So’ngra o’sha eritmaga, standart eritmani kichik ammo aniq o’lchangan V(st) hajmini qo’shib yana EYUK o’lchanadi.
Tahlil etiluvchi eritmadagi aniqlanuvchi modda s(x) kontsentratsiyasi quyidagi formulada hisoblanadi (10.17)



s(x)=s(ct) 𝑉(𝑐𝑡)
𝑉(𝑥)+𝑉(ct)
[10𝑛∆E/0,059 𝑉 (x)
𝑉(𝑥)+𝑉(𝑐t)
]-1 (17)

bu erda ∆E-EYUK o’lchangan ikki qiymat orasidagi farq, n-elektrod reaktsiyasida qatnashayotgan elektronlar soni.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling