Elektrokimyoviy analiz usullari.
Elektranalitik kimyo, elektrod reaktsiyalari va eritmadan elektr toki yaъni elektronlar oqimi o’tishi bilan bog’liq, tahlilni elektrokimyoviy usullaridan iborat.
Elektrkimyoviy usullarni miqdoriy tahlilda qo’llanishi- elektrkimyoviy jarayon o’lchamlari (elektrik potentsiallar farqi, tok kuchi, elektr miqdori) ni tahlil etiluvchi eritmadagi, muayyan elektrkimyoviy jarayonda qatnashayotgan, modda miqdoriga bog’liqligiga asoslangan.
Kimyoviy reaktsiyada eritmani elektrik xossalarini o’zgarishi elektrokimyoviy jarayon bo’lib, bu uyg’unlashgan jarayonni elektrkimyoviy tizim deb atash mumkin. Tahlil amaliyoti elektrkimyoviy tizim, elektr tokini o’tkazuvchi eritma quyilgan idish (stakan) va unga tushirilgan elektrodlardan iborat, elektrkimyoviy yacheykada bajariladi.
Elektrokimyoviy usullarning turli tasniflari mavjud:
Tizimdagi elektr energiyasi manbaining tabiatiga ko’ra. 2 xil turi mavjud.
a ) tashqaridan potetsial taъsir etmasdan bajariladigan usullar.
Galvanik element (galvanik zanjir) dan iborat elektrkimyoviy tizimning o’zi elektr energiyasining manbai bo’lgan potetsiometrik usullar.
Bunday tizimda elektr yurituvchi kuch va elektrod potentsiallar eritmadagi aniqlanuvchi moddaning miqdoriga bog’liq.
b) tashqaridan berilgan potentsial taъsirida bajariladigan elektrkimyoviy usullar:
Konduktometrik tahlil – elektrolit eritmasining kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan elektr o’tkazuvchanlikni o’zgarishiga asoslangan..
Volъtamperometrik tahlil - elektrodlarga berilgan potentsiallar farqi va eritmaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan tok kuchini o’zgarishiga asoslangan.
Kulonometrik tahlil - eritmadan o’tgan tok miqdorini kontsentratsiyaga bog’liqligini o’lchashga asoslangan.
Elektrogrovimetrik tahlil - elektrokimyoviy reaktsiya mahsuloti massasini o’lchashga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |