Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik


Download 0.7 Mb.
bet6/52
Sana31.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1312054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Ximiyaliq izertlew ozb

b) Ikkinchi tur gazli elektrodlar masalan xlorli elektrod Pt, Cl2
|KCl. Ikkinchi tur gazli elektrodlar miqdoriy tahlilda nisbatan kam qo’llanadi.
Oksidlanish-qaytarilish elektrodlari – tarkibida oksidlovchi (Ox) yoki qaytaruvchi (Red) bo’lgan eritmaga tushirilgan inert material (platina, oltin, volfram, titan, grafit va boshqalar) dan iborat. Oksidlanish- kaytarilish elektrodlarni ikki turi mavjud.
a) Potentsiali vodorod ionlarini faolligiga bog’liq bo’lmagan elektrodlar. Masalan Rt/FeCl3, FeCl2; Pt/K3[ Fe(CN)6], K4 [Fe(CN)6] va x.z.o.
b) Potentsiali vodorod ionlari faъolligiga bog’liq bo’lgan elektrodlar. Masalan, xingidron elektrodi.
Potentsiali vodorod ionlari faolligiga bog’liq bo’lmagan oksidlanish-qaytarilish elektrodida quyidagi qaytar reaktsiya sodir bo’ladi.

OX+ne=Red


Bunday oksidlanish-qaytarilish elektrodining real potentsiali muayyan moddaning oksidlangan va qaytarilgan shakillarining faolligiga bog’liq bo’lib, qaytar xolda ishlovchi elektrodlarni ishlash sharoitiga ko’ra yuqorida keltirilgan potentsiollar kabi Nernst tenglamasi (10.13)-(10.16) bilan quyidagicha ifodalanadi:





E=E0+ 𝑅𝑇 ln 𝑎 (𝑂𝑥)
(13)

𝑛𝐹 𝑎(𝑅𝑒𝑑)



E=E0+ 0,059 lg 𝑎 (𝑂𝑥)
(14)

𝑛 𝑎(𝑅𝑒𝑑)



E=E0+ 𝑅𝑇 ln 𝑐 (𝑂𝑥)
(15)

𝑛𝐹 𝑐(𝑅𝑒𝑑)



E=E0+ 0,059 lg 𝑐 (𝑂𝑥)
(16)

𝑛 𝑐(𝑅𝑒𝑑)

hamma belgilar ananaviy maъnoga ega.



Agar elektrod reaktsiyasida vodorod ionlari qatnashsa ularni faolligi (kontsentratsiyasi) xar qaysi konkret holda Nernst tenglamasida hisobga olinadi.
Membrana yoki ionselektiv elektrodlar – qattiq yoki suyuq membranaga sorbtsiyalanadigan biror ionga nisbatan qaytar elektrodlar. Bunday elektrodlarni real potentsiali sorbtsiyalanadigan ionlar faolligiga bog’liq.
Qattiq membranalik elektrodlar ikkala tomonida bir xil aniqlanuvchi ionlari bo’lgan turli kontsentratsiyali eritmalar orasidagi yupqa membranadan iborat. Bu eritmalardan biri standart (aniq kontsentratsiyali) eritma va ikkinchisi aniqlanuvchi ion kontsentratsiyasi nomaъlum bo’lgan, tahlil etiluvchi eritma. Membranani ikkala tomonidagi ionlar kontsentratsiyalari har xil bo’lgani sababli ionlar miqdori ham har xil, binobarin membranani ikkala tomonidagi zaryadlar soni ham har xil bo’ladi. Buning natijasida potentsialning membrana farqi vujudga keladi.
Ionselektiv membrana elektrodlarini nazaryasi mukammal ishlab chiqilgan.
Membrana ion-selektiv elektrodlar vositasida bajariladigan tahlil
ionometriya deb ataladi.
YUqorida bayon etilganidek potentsiometrik usulda ishlatiladigan elektrokimyoviy yacheyka tarkibida ikkita: - indikatorli va solishtirma elektrod bo’ladi. YAcheykada hosil bo’ladigan EYUK mazkur ikki elektrodlarning potentsiallar farqiga teng. Potentsiometrik o’lchov sharoitida solishtirma elektrodning potentsiali o’zgarmasligi sababli o’lchanadigan EYUK qiymati faqat indikator elektrodining potentsialiga bog’liq yaъni eritmadagi aniqlanayotgan ionlar faolligiga bog’liq. Tahlil etilayotgan eritmadagi modda kontsentratsiyasini aniqlash indikator elektrodi potentsialini solishtirma elektrodga nisbatan o’lchashga asoslangan.
Eritmadagi modda kontsentratsiyasini aniqlash vositasiz potentsiometriya yoki potentsiometrik titrlash usullarida bajarilsa-da ikkinchisi, tahlilda ko’proq qo’llanadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling