Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik


Download 0.7 Mb.
bet16/52
Sana31.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1312054
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
Ximiyaliq izertlew ozb

Datchik turlari


  1. Intensivlikni o’lchash datchiklari.

  2. Sezgir elementli yarim o’tkazgichli temperatura datchiklari; 3.Holat enkoderlari datchiklari.

4.Fabri-Peroning ko’p modalli datchiklari. 5.Fabri-Peroning bir modalli datchiklari. Ular ham o’z navbatida bir necha turga bo’linadi.

Ko’p modalli Fabri-Pero datchiklari.


Bu temperoturani, bosimni, suyuqlikning nurni sindirish ko’rsatkichini, yorug’likning yutilishi va chiqarilishni o’lchaydigan datchiklardir. Bu datchiklar keng to’lqin uzunligi sohasida ishlash imkoniyatiga ega. Masalan temperatura datchiklari tola oxiriga 0,7mkm qalinlikda kremniy qavati bilan changlatish orqali joylashtirilgan (biriktirilgan).
Fabri-Pero interferometrining 5 ishlash printsipi.
Fabri-Pero interferometrlari 2 ta nur qaytargichlardan iborat va har qaysi tomoni optik tiniq muhitli qilib joylashtirilgan. Nur qaytargichlar orasidagi tegishli masofada interferometrning o’tkazish koeffitsienti yuqori. Nur qaytargichlarning yuqori nur qaytarish imkoniyatida o’tkazish koeffitsienti to’lqin uzunligining o’zgarishiga yoki nur qaytargichlar orasidagi masofaga juda sezgir.
Umuman interferometrning effektivligini ko’pincha dobrotnostь bilan xarakterlanadi.
F=4R/(1-R)2
Bunda R- yo’qotish bo’lmagandagi ko’zguning nur qaytarish koeffitsienti.



5 D.A.Skoog Principles of Instrumental Analysis.Thomson Brooks/Cole.USA.2007. P.440-443.
Dobrostning turli qiymatlari uchun o’tkazish koeffitsientining nur qaytargichlar orasidagi masofaga bog’liqligi keltirilgan.

YUqori dobrotnostli interferometrlar spektrning o’ziga xosligini aniq ifoda etadi. Quyi dobrotnostli interferometrlar keng diapozonda o’lchanadigan parametrning murakkab sxemalarsiz teskari bog’lanish bilan chiziqli rejimda bo’ladi.


Fabri-Pero interferometrlari datchiklarga qo’llash uchun qulay, chunki fizikaviy yoki kimyoviy kattaliklar bilan bog’lanish o’rnatish juda qulay. Temperaturaning o’zgarishi bilan interferometrning optik rezonansi orasidagi bog’lanish bilan alohida optik parometrlarni aniqlash mumkin. Bular quyidagilar:

  1. Halqaning chiziqli kengayishi.

  2. Nur qaytargich orasidagi sindirish ko’rsatkichining o’zgarishi.

  3. Nur qaytargichlar orasidagi muhitning kengayishi.

  4. Nur qaytargichlar egriligining o’zgarishi.

  5. Nur yutilishining yoki nur qaytargichning nur qaytarish imkoniyatining o’zgarishi.

  6. Spektral yutilishning yoki nur qaytargichlar orasidagi muhitda nur sochilishining o’zgarishidir.

Interferometrning konstruktsiyasini o’zgartirish bilan yuqoridagilardan bir yoki ikkita parametrni o’lchashni amalga oshirish mumkin, masalan 5- yoki 6- parametrlarni.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling