Mavzu: moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdagi hozirgi zamon analitik


Download 0.7 Mb.
bet9/52
Sana31.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1312054
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
Ximiyaliq izertlew ozb

Potentsiometrik titrlash


Eritmani titrlash uchun sarflangan titrant hajmini titrlash jarayonida indikator va solishtirma elektrodlardan iborat galvanik element EYUK – ni o’lchab borish potentsiometrik titrlash deb ataladi. Potentsiometrik titrlashda elektrokimyoviy yacheykadagi tahlil etiluvchi eritma tegishli titrant bilan titrlanib, TSN galvanik zanjirni EYUK qiymati keskin o’zgarishi yaъni tegishli ion kontsentratsiyasiga sezgir, indikator elektrodining potentsialini ekvivalent nuqtada keskin o’zgarishi asosida aniqlanadi. Qo’shilgan titrant hajmiga ko’ra indikator elektrod potentsialini o’zgarishi o’lchab boriladi. Olingan natijalar asosida potentsiometrik titrlash eg’risi chiziladi va shu grafikdan EN da sarflangan titrant hajmi topildi.
Potentsiometrik titrlashda kimyoviy indikator qo’llash extiyoji qolmaydi.
Potentsiali, titrlash reaktsiyasi qatnashayotgan (yoki xosil bo’layotgan) ionlar kontsentratsiyasiga sezgir bo’lgan indikator elektrodi tanlanadi. Solishtirma elektrodning potentsiali titrlash davomida o’zgarmasdan saqlanishi shart. Ikkala elektrod elektrokimyoviy yacheykada bevosita yoki tok o’tkazuvchi indifferent elektrolit eritmasi (elektrolitik kalit) bilan tutashtirilgan ikkita idishga o’rnatiladi. Tahlil etiluvchi eritma
quyilgan idishga indikator elektrodi, tok o’tkazuvchi indiferent elektrolit eritmasiga solishtirma elektrod o’rnatiladi.
Magnit aralashtirgich yordamida aralashtirib turilgan, tahlil etiluvchi eritmaga titrantning teng ulushlari qo’shib xar gal potentsiallar farqi o’lchab boriladi. ENga yaqinlashgach, titrlash oxirida, titrant tomchilab, sekin asta qo’shiladi va qo’shilgan xar tomchidan so’ng elektrodlar orasidagi potentsial farqi o’lchab (yozib) boriladi.
Elektrodlar orasidagi potentsiallar farqi katta qarshilikdagi potentsiometrda o’lchanadi.
Potentsiometrik titrlash egrisi. Elektrkimyoviy yacheykaning EYUK qiymatini ~ aniqlanuvchi eritmaga qo’shilgan titrant hajmidan bog’lanish chizmasi potentsiometrik titrlash egrisi deb ataladi.
Potentsiometrik titrlash egrisi turli koordinatlarda chiziladi:
E-V(T) koordinatlarida chizilgan titrlash eg’risi (baъzan titrlashni integraleg’risi) deyiladi.
dE/dV-V(T) va d2E/dV2-V(T) koordinatlardagi egrilik titrlashni differentsial egrisi deb ataladi.
Gran usulidagi titrlash egrisi ∆V/ ∆E-V(T) koordinatlarda chiziladi bu erda E-potentsiometrik yacheykani E.YU.K. qiymati va V(T) qo’shilgan titrantning hajmi, ∆E-titrantni ∆V hajmi qo’shilganda potentsialni o’zgarishi 1 rasmda potentsiometrik titrlashni xar hil turlari tasvirlangan.




10.1-rasm. Potentsiometrik titrlash turlari E o’lchangan EYUKning qiymatlari, V(T)-qo’shilgan titrantning hajmi, E.N(V)- ekvivalent nuqtada sarflangan titrantning hajmi.
a-E – V(T)koordinatlaridagi titrlash egrisi. b,v – titrlashni differentsial egriliklari. g – Gran usulida chizilgan titrlash egrisi.

Titrlashni ENsida sarflangan titrant hajmi (EN)V-ni faqat chizma usulda emas balki (18) formula asosida hisoblash ham mumkin.



(E.N) V=V1 + (V2-V1)
A1 A1 A2
(18)

bu erda V1 - ENgacha qo’shilgan titrantni so’nggi hajmi, V2 - ENsidan keyin dastlabki o’lchashga tegishli sarflangan titrant hajmi.


A1=∆( ∆𝐸 ), A2=∆( ∆𝐸 ),


∆𝑉1 ∆𝑉2

10.1. jadvalda, farmakopeya misoli tariqasida, potentsiometrik titrlash natijalari va hisoblari keltirilgan.


10.1 jadvaldagi maъlumotlardan (10.18) formula asosida (EN)V qiymatini hisoblaymiz. Jadvaldagi maъlumotga ko’ra ∆E/∆V maksimal qiymati 1000ga teng. Bo’lgan xolatlar yaqinida V1=5,20 va V2=5,30: A1=720, A2=450. SHu qiymatlarni 10.18 formulaga qo’ysak

EN(v) = 5,20 + (5,30- 5,20) 720
720−450
= 5,26 cm3



Jadval 1.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling