Mavzu: Moddiy resurslar bilan taminlanganlik tahlili Reja


Material resurslardan foydalanish tahlili


Download 138 Kb.
bet5/8
Sana30.10.2023
Hajmi138 Kb.
#1735214
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moddiy resurslar bilan taminlanganlik tahlili

5. Material resurslardan foydalanish tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xom ashyo, yoqilg’i va boshqa mehnat vositalari bilan o’z vaqtida hamda to’liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o’rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg’or me’yorlarini qo’llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo’l qo’ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo’ljallanganligiga ko’ra foydalanish, chiqindilarni to’g’ri qo’llashni taqozo etadi.
Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo’qotish va hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo’qotishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari material resurslardan foydalanish tahlilida o’z aksini to’ishi lozim.
Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig’imi aniqlanadi, keyin esa ular o’rtasidagi farq to’iladi.
2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab chiqarishga ko’’aytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfining umumiy miqdori to’iladi. Hosil bo’lgan umumiy miqdor material sig’imi o’zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi.
3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig’imiga bo’lish yo’li bilan tejash hisobiga qancha qo’shimcha mahsulot olinganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamayganligi aniqlanadi.
Tovar mahsulot material sig’imi tahlili



Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling