Mavzu: mol-mulk sug‘urtasi turlari reja


Download 25.37 Kb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi25.37 Kb.
#1066324
  1   2   3
Bog'liq
Mol-mulk sug\'urtasi turlari




MAVZU: MOL-MULK SUG‘URTASI TURLARI

REJA:





  1. Mulkiy sug’urta to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar.

  2. Ko‘chmas mulkni sug’urtalash.

  3. Turar-joy sug‘urtasi



  1. Mulkiy sug’urta to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar.

Mulkiy sug‘urta har qanday turdagi mulkdorlarning (fuqarolar, korxonalar, davlat) mulkning yo‘qotilishi yoki unga ziyon etkazilishi xatarlariga doir manfaatlari himoyasini ta’minlaydi. O‘ZR ning FK ga muvofiq mulkiy sug‘urtaga boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, shuningdek tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi kiradi. Sug‘urtaning mazkur ikkita quyi tarmog‘ini keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz.


Mol-mulk – mulkdor yoki uning ishonchli vakili egalik qilayotgan, foydalanayotgan, tasarruf etayotgan moddiy ob’ektlar yoki ashyolardir. SHaxsning yoki tashkilotning mol-mulki o‘z ichiga erni, binolarni, jihozlarni, bank hisobvaraqlarini, kiyim-kechaklarni, sanoat aksiyalarini, muzlatgich ichidagi narsalarni, yozilga asarga nisbatan mualliflik huquqlarini, avtomobillarni, ixtiro patentlarini va boshqa minglab boshqa narsalarni olishi mumkin. Mulkdor o‘z egaligidagi ana shu mol-mulkdar olishi mumkin bo‘lgan daromadni yo‘qotish xavfi sug‘urta qilinishi mumkin. O‘ZR FK ning 128-moddasida sanab o‘tilgan mulkiy huquqlar va fuqarolik huquqlarining boshqa ob’ektlari ham sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanishi mumkin.
Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo‘lgan shaxs (sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan manfaatdorlik bo‘lmagan holda tuzilgan mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi haqiqiy emas.
Mol-mulk sug‘urtasi – sug‘urta shartnomalarini tuzish va ijro etish jarayoni bo‘lib, unga muvofiq sug‘urtalovchi shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga sug‘urtalangan mulkka etkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni to‘lash majburiyatini oladi.
Sug‘urta to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunda mulkiy sug‘urtalash quyidagi turlarga ajratilgan:

  • Er ustki transporti vositalarini sug‘urtalash (temir yo‘l transportidan tashqari);

  • temir yo‘l transporti vositalarini sug‘urtalash;

  • havo transporti vositlarini sug‘urtalash;

  • suv tarnsporti vositlarini sug‘urtalash;

  • yuklarni sug‘urtalash;

  • qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi (hosilni sug‘urtalash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini, ko‘p yillik o‘simliklarni, hayvonlarni sug‘urtalash);

  • yuridik shaxslarni sug‘urtalash (transport vositalarini sug‘urtalashdan va qishloq xo‘jaligi sug‘urtasdan tashqari);

  • fuqarolar mol-mulkini sug‘urtalash (transport vositalaridan tashqari).

Mulkiy sug‘urta maqsadi – etkazilgan zarar uchun tovon to‘lashdan iborat. Zarar uchun tovon to‘lash taomili shundaki, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodsasi sodir bo‘lganidan, keyin ana shu hodisa vujudga kelmasdan avval qanday moliyaviy holatga ega bo‘lsa, o‘shanday holatga qaytarilishi zarur. SHu sababli sug‘urtalanayotgan mulkda ifodalangan sug‘urta qildiruvchining manfaati summasi, mulkning haqiqiy qiymati summasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. SHu munosabat bilan sug‘urtalanyotgan mulkni baholash va uning sug‘urta qiymatini aniqlash muammosi yuzaga keladi.
Eslatib o‘tamiz, sug‘urta summasi – bu sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta javobgarligi bo‘lib, unga ko‘ra mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha muayyan sug‘urta tovonini to‘lab berish majburiyati bo‘yicha javobgarlikka ega bo‘ladi. Mulkiy sug‘urtada sug‘urta summasining eng yuqori qiymati sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan vaqtdagi mol-mulkka nisbatan sug‘urtalash manfaatining qiymati bilan aniqlanadi. Mol-mulkning sug‘urta qiymati uning sug‘urta shartnomasi tuzilgan kundagi o‘zi turgan joydagi haqiqiy bahosidir. Sug‘urta qiymati, odatda, mol-mulkning eskirish bahosi chiqarib tashlangan holda hisoblangan tiklanish qiymatini bilidradi. Bunday qiymatni ko‘p hollarda mol-mulkning haqiqiy bahosi deb olinishi ham muikn. Tarixiy jihatdan mol-mulkning quyidagi qiymat ko‘rinishlar mavjud:

  1. tiklanish qiymati – baholanishi zarur bo‘lgan ob’ektning qiymatiga mos keladigan yangi ob’ektning smeta bahosidir;

  2. haqiqiy qiymati – eskirish darajasiga mos summa chiqarib tashlab hisoblangan tiklanish (dastlabki) qiymati;

  3. qoldik (umumiy) qiymati (agar bino buzilishi kerak buo‘lsa yoki uzoq muddatga har qanday qimatini yo‘qotgan bo‘lsa) binoning sotish narxi bo‘lib, sug‘urta qiluvchi olishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi;

  4. buxgalteriya hisobi va hisobotda aks ettirilgan balans qiymati.

O‘ZR SK da bozor qiymati yokt bozor bahosi tushunchalari kiritilgan. O‘ZR SK ning 40-moddasiga muvofiq bozor qiymati deb anynan bir xil (bunday tovarlar bo‘lmasa – o‘xshashg) tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) qiyoslanadaigan iqtisodiy sharoitlarda talab va ehtiyojning o‘zaro ta’siri ostida vujudga kelgan baho e’tirof etiladi. Bozor qiymati mulkning haqiqiy bahosiga mos kelmasligi ham mumikin, chunki ko‘pincha unda mulkning sotilishidan mulk egasi oladigan daromad ham nazarda tutiladi. SHu bilan bir qatorda, jismoniy shaxslarga sug‘urta tovoni to‘lanayotganda, ularning daromadlaridan soliqqa tortiladigan bazani hisoblab topish uchun aynan bozor qiymatidan foydalaniladi.
Sug‘urta to‘lovini to‘lash chog‘ida agregat sug‘urta summasi (sug‘artalovchi javobgarligining limiti) to‘lov summasiga teng miqdorda kamayadi va sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi javobgarligining kamaygan miqdori bilan amal qilishda davom etaveradi. Noagregat sug‘urta summasidan foydalanilganda esa sug‘urtalovchining javobgarligi to‘lovlar amalga oshirilshi bilan kamaymaydi, ammo bunda har bir to‘lov sug‘urta summasidan oshmasligi shart. Noagregat sug‘urta summasi bilan sug‘urta qilinganda, tarif agregatli sug‘urtaga nisbatan 20-30 foizga yuqoriroq bo‘ladi.
Jahon amaliyotida sug‘urta javobgarligining yoki sug‘urta summasiga bog‘liq ravishda zararni aniqlashning ikki tizimidan foydalaniladi, bulardan birinchisi – mutanosib (proporsional) sug‘urtalash bo‘lsa, ikkinchisi – birinchi xatar tizimidir. Agar shartnomada sug‘urta summasi mulkning sug‘urta qiymatidan pastroq qilib belgilangan bo‘lsa, mutanosib sug‘urtalash tizimida mulkning qisman zarar ko‘rishi holatida tovon to‘lovi miqdorining haqiqiy keltirilgan zarar summasi bilan mutanosibligi orqali aniqlanadi va bunda sug‘urta summasining sug‘urta qiymatiga mutanosibligi nisbatidan kelib chiqiladi. Zararning sug‘urtalanmay qolgan qismiga proporsional bo‘lgan qismi bo‘yicha javobgarlik sug‘urta qildiruvchining o‘z zimmasida qoladi.
O‘zbekistonda birinchi xatar tizimi kamroq qo‘llaniladi. Mutanosib sug‘urtalashdan farqli o‘laroq, birinchi xatar tizimida sug‘urta bo‘yicha to‘lovning faqat yuqori qiymati sug‘urta summasining miqdori bilan cheklanadi. Agar birinchi xatar (zarar)ning miqdori sug‘urta summasidan kam bo‘lsa, to‘liq ravishda to‘lanadi, ikkinchisi esa – sug‘urta sukmmasidan qolgan qismida ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi va h.k., toki sug‘urta summasi batamom to‘lab bo‘linguncha shu tarzda davom etadi. Birinchi xatar tizimidan foydalangilganda tarif mutanosib sug‘urta tarifiga nisbatan odatda 10-20 foiz yuqoriroq bo‘ladi
Xorijiy tajribada daromadni ololmay qolish xataridan sug‘urtalashda cheklangan javobgarlik tizimidan foydalaniladi, bu sug‘urta ta’minotining tashkiliy tizimi bo‘lib, unda zararning qoplash summasi sug‘urtalovchining avvaldan kelshilgan limit bo‘yicha javobgarligi (sug‘urta summasi) bilan erishilgan daromad darajasi o‘rtasidagi farq asosida aniqlanadi. Agar sug‘urta hodisasi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining daromadi sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilganidan past bo‘lib chiqsa, bunda limit bilan haqatda olingan daromad o‘rtasidagi farqni to‘lab berish lozim bo‘ladi.
Sug‘urtalash tajribasida bir necha karra sug‘urtalash hodisasi ham uchraydi. Bir necha karra sug‘urtalashni yagona bir manfaat (btitta ob’ekt) yagona bitta xatardan bitta davr mobaynining o‘zida bir necha sug‘urta kompaniyalarida sug‘urtalangan yuz beradi. Mulkni bir necha karra sug‘urtalash qonun tomonidan o‘z-o‘zidan ma’n etilmaydi, ammo bu holda barcha sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lab beriladigan sug‘urta tovonining jami miqdori sug‘urta qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda har bir sug‘urtalovchi o‘zi bilan tuzilgan shartnoma asosida, ana shu sug‘urta qildiruvchi tomonidan mazkur mulk bo‘yicha tuzilgan barcha shartnomalarning umumiy sug‘urta summasiga mutanosib bo‘lgan miqdordagi tovonni to‘lab beradi. Qo‘shma sug‘urtalash holatida har bir sug‘urtalovchi kontributsiya huquqiga, ya’ni xuddi o‘zi kabi sug‘urta qildiruvchi oldida javobgar hisoblangan boshqa sug‘urtalovchilarga zararni qoplash bo‘yicha xarajatlarni o‘zaro taqsimlash taklifi bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘ladi.
Kontributsiya sug‘urta summasi asosida har bitta polis bo‘yicha mutanosib taqsimlash taomilida hisoblab chiqiladi.




  1. Download 25.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling