Mavzu: mol-mulk sug‘urtasi turlari reja
Ko‘chmas mulkni sug’urtalash
Download 25.37 Kb.
|
Mol-mulk sug\'urtasi turlari
Ko‘chmas mulkni sug’urtalash.
Mulkiy sug‘urta shartnomalarida, xuddi sug‘urtaning boshqa turlaridagi shartnomalarda ham bo‘lgani kabi, ko‘pincha zararning bir qismini qoplashda sug‘urta qildiruvchining o‘zi ham shaxsan ishtirok etishini ko‘zda tutilishi mumkin. Bunday shaxsiy ishtirokning oddiy shakllaridan biri everij deb ataladi. U mutanosib sug‘urtalash shartlariga o‘xshab ketadi, ammo farqi shundaki, sug‘urta qildiruvchining shaxsiy ishtirokining miqdori sug‘urta shartnomasida har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha zararni qoplashdagi alohida hissa (foizlar) tarzida aniq aks ettiriladi. Masalan, agar etkazilgan zarar 1500 rublna tashkil etsa, sug‘urta qildiruvchining shaxsiy ishtiroki 20 foiz etib belgilangan bo‘lsa, sug‘urtalovchi faqat 1200 rublni to‘lab beradi. Shaxsiy ishtirok etishning yana bir shakli - franshiza bo‘lib, unda sug‘urta qildiruvchi zararni qoplash bo‘yicha belgilangan muayyan summada ishtirok etadi. Franshiza - sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydigan sug‘urta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza qo‘llanilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta badallarini to‘lash chog‘ida chegirmalar taqdim etiladi. Shartli va shartsiz franshizalar bo‘lishi mumkin. Shartsiz franshiza o‘rnatilganda, sug‘urtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi. Franshizaning bu shakli yuklarni, tarnsport vositalarini va ombordagi tovqoarlarni sug‘urtalashda keng qo‘llanadi. Shartli franshiza holatida frashiza miqdori doirasidagi zarar qoplanmaydi, ammo zarar undan ortib ketgan holda, to‘liq sug‘urta summasi miqdorida qoplanishi shart. Shartli franshizadan ko‘roq tibbiy sug‘urtalashda foydalaniladi. Sug‘urta qildiruvchining zararning bir qismini qolash bo‘yicha shaxsan ishtirok etishi sug‘urtalovchini mayda zararlarni qoplash majburiyatidan ozod qiladi. Shuningdek u sug‘urta qildiruvchining o‘zi uchun ham manfaatli hisoblanadi, chunki u to‘laydigan sug‘urta mukofotlarining kamroq buo‘lishini ta’minlaydi. Zarar etkazilgan holatda to‘lab beriladigan summani cheklash uchun sug‘urtalanayotgan mulknig alohida turlari bo‘yicha hamda alohida xatarlar bo‘yicha sug‘urta summalari miqdorini cheklash (cheklangan summalar) usuli qo‘llaniladi. Masalan, uy-ro‘zg‘or mulknini sug‘uralashda sug‘urtalovchi qiymati yuqori yuradigan ashyolar (antikvariat, san’at asarlari) bo‘yicha sug‘urta summasi uchun, sug‘urtalanayotgan barcha mol-mulkning umumiy qiymatidan muayyan foizi miqdorida cheklov qo‘yadi. Cheklov, shuningdek, sug‘urta ashyolarining alohida turlariga nisbatan qayd etilgan summalarda qo‘llanishi ham mumkin. Savdo korxonasining naqd pul uchue qoplama miqdori ana shu tarzda cheklanadi. Jahon sug‘urta tajribasida zarar qoplamasining quyidagi usullaridan foydalaniladi: pullik, ta’mirlash va tiklash, almashtirish. Bular O‘zbekistonning sug‘urta to‘g‘risidagi qonunida ham belgilab qo‘yilgan. (10-md.) Sug‘urta qoplamasini olish uchun sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi bo‘yicha o‘z e’tirozini belgilangan muddatda va belgilangan tartibda bildirishi shart. Muddatga rioya etilishi ayniqsa mulk sug‘urtasida muhim ahamiyatga ega, chunki xabar kechiktirlgan taqdirda, etkazilgan zararning dastlabki miqdorini aniqlash ancha qiyinlashadi. Mulklarning ayrim turlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etilishi orqali, masalan avtomobilni boshqarish chog‘ida, uchinchi shaxslarga tasodifiy zarar etkazilishi mumkin. Shu sababli ko‘pincha mol-mulkni sug‘urtalash bilan bir vaqtning o‘zida mulk egasining fuqarolik javobgarligi ham sug‘urtalanadi. O‘tdan sug‘urtalash mol-mulk sug‘urtasining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi hisoblanadi. O‘t olish xatarini so‘rovda ishtirok etgan korxona egalaridan 60 foizi eng katta xatar sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, suv bosish xatarini 25 foiz ishtirokchi ko‘rsatgan. Binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari, uskunalar, jihozlar, mahsulot, xomashyo, materiallar, tovarlar, yoqilg‘i, uy jihozlari, eksponatlar va boshqa mulklar sug‘urta ob’ekti bo‘lishi mumkin. Sug‘urtashartnomasi barcha mol-mullka ham, uning bir qismiga ham tuzilishi mumkin. O‘tdan sug‘urtalashda asosiy xatar turi bo‘lib yong‘in, yashin urishi,portlash, boshqarib borilayotgan uchuvchi ob’ektning, uning bir qismining yoki unda tashilayotgan yukning qulashi hisoblanadi. O‘tdan sug‘urtalashda binolar sug‘urtasi hamda fuqarolarning uy jihozlari sug‘urtasi ko‘proq hissani tashkil etadi (shartnomalarning 80% dan ortig‘i va sug‘urta mukofotlari umumiy miqdorining qariyb 40%). O‘tdan sug‘urtalashda tariflar odatda sug‘urta summasining 0,01-2 foizi atrofida o‘zgarib turadi va mukning turiga, uning atrof muhitga nisbatan chidamliligiga, qo‘riqlash xizmatining mavjudligiga, saqlash shart-sharoitlarining rioya etilishiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Doimiy sug‘urta qildiruchilarga sug‘urta hodisasi qayd etilmagan holatlarda sug‘urta badallari summasining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda chegirma taqdim etiladi. Keyingi yillarda xususiy mulkning ham (shu jumladan, uy-ro‘zg‘or mulki), korporativ mulkning ham sug‘urtalari mulk egasining (jismoniy va yuridik shaxsning) ana shu mulkdan foydalanish natijasida atrof muhitga va uchinchi shaxslarga etkazilgan zazar bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bilan to‘ldirilmoqda. Ayrim hollarda esa, qonunga binoan, mol-mulkning o‘zi sug‘urta qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar, mulk egasining majburiy fuqarolik javobgarligi nazarda tutiladi (avtofuqarolik sug‘urtasi, yuqori darajada xatarli korxonalarning javobgarligi va b.). O‘g‘irlikdan sug‘urtalashda ham xuddi o‘tdan sug‘urtalashdagi kabi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulklari sug‘urta ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston sug‘urta tajribasida o‘g‘irlikdan sug‘urtalashni ham o‘tdan sug‘urtalash tarkibiga kiritishadi. O‘g‘irlikning ta’rifi O‘ZR JK da keltirilgan. Turli mamlakatlarda o‘g‘irlikka turlicha ta’rif beriladi va bu narsa milliy jinoy qonunchilikninng o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. CHunonchi, Italiya Jinoyat kodeksida «o‘g‘irlik» tushunchasi 24 xil jinoyatni mujassam etgan bo‘lib, ularning orasida buzib kirish orqali o‘g‘irlik, bostirib kirish orqali o‘g‘irlik, o‘g‘irlikka tushish, soxta kalitlar va ochqichlardan foydalanib bajarilgan o‘g‘irlik, yashirincha kirib olish bilan bajarilgan o‘g‘irlik, epchillik bilan bajarilgan o‘g‘irlik, ashyoni tortib olish bilan bog‘liq o‘g‘irlik (bunda kuch shaxsga nisbatan emas, balki molga nisbatan ishlatiladi) va h.k. G‘ariy Evropa mamlakatlarida o‘g‘irlikdan sug‘urtalash qoidalaida sug‘urta hodisasi deganda, odatda, jinoyatchining o‘g‘irlik qilish maqsadida zo‘rlik bilan va qonunga xilof ravishda xonaga kirishi tushuniladi. O‘ZR JK da (158-md.) o‘g‘irlikka o‘zganing mulkini bildirmay olib qo‘yish deb ta’rif berilgan. Mamlakatimizda an’anaga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki “barcha xatarlar bo‘yicha javobgarlik” sharti bilan sug‘urtalanadi. Sug‘urtaning bu sharti bitta polisning o‘zida yong‘in, o‘g‘irlik, tabiiy ofat, kabi mol-mulk haolkatiga yoki qisman yo‘qotilishiga olib keluvchi talofatlar va b. nazarda tutiladi. Mulkiy sug‘artaning o‘ziga xos va nisbatan yangi turlaridan biri ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sug‘urtasi hisoblanadi. Ko‘chmas mulkka ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, uylar, binolar, inshootlar, korxonalar, er maydonlari kiradi. Ko‘chmas mulkka mulk egaligini nafaqat tabiiy kuchlar ta’siri ostida, o‘g‘irlik yoki talofatlar tufayli, balki mulk egaligi huquqini tasdiqlovchi hujjatlardagi mavjud xatoliklar va noaniqliklar sababli ham boy berish mumkin. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ommaviy ravishda xususiylashtirish chog‘ida ko‘chmas mulk va korxonalar aksiyalarining paketlari borasida bajarilgan bitimlarning 30 foizga yaqini turli qonun buzlishilari bilan yoki mulkdorlik huquqining vujudga kelishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni sinchiklab tekshirmasdan rasmiylashtirilgan. Mulkka egalik huquqi O‘ZR FK bilan, oilaviy munosabatlar bo‘yicha esa, O‘ZR ning Oila kodeksi bilan tartibga solinadi. Oddiy mulkiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, mulkdorlik huquqi sug‘urtasi (unvonli sug‘urta) o‘tmishga aloqador retrospektiv sug‘urta bo‘lib hisoblanadi, chunki sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha unda ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisalari sodir bo‘lib ulgurgan, ammo hali o‘zini namoyon etmagan va shartnomaning amal qilish muddati ichida namoyon bo‘lishi mumkin. Mulkning yo‘qotilishi yoki mulkdorlik huquqlarining to‘xtatilishi yoki cheklanishi bilan bog‘liq ravishda zarar etkazilishi holatlaridagi ko‘chmas mulk egasining mulkiy manfaatlari unovonli sug‘urtaning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Unvonli sug‘uratalash chog‘ida mulkdorlik huquqining yo‘qotilishi bilan bog‘liq xatarni to‘g‘ri aniqlash va baholash muhim ahamiyatga ega. Bunday xatarlar hisobda bo‘lmagan mulkdorlarning aniqlagishi yoki qonun bo‘yicha mazkur mulkka haqdor bo‘lgan shaxslarning topilishi natijasida mulkdorning eagalik huquqining to‘xatiltishiga yoki cheklanishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi bitimlar yuzasidan ana shunday xatarlar vujudga kelishi mumkin: ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi amalga oshirganda; sotib olish huquqi yoki majburiyati bilan tuzilgan garov shartnomasi yoki ijara shartnomasi doirasida sotuvning qoldirilishida; ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha almashtirish shartnomasida; hadya qiliy yoki beg‘araz o‘tkazib berishda; meros qilib olganda; ajrashish chog‘ida oila mulkini taqsimlashda; • mol-mulkning yuridik shaxsning ustav kapitaliga kirtishda va h.k. holatlarda. Xatarlar shuningdek hukumat idoralari tomonidan mulkdan foydalanish huquqining bekor qilinishi yoki davlat ehtiyojlari uchun foydalanish uchun cheklab qo‘yilishi natijasida, shuningdek ko‘chmas mulkdan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda vujudga kelishi mumkin. Turar joy fondi bilan bog‘liq bitimlarning o‘ziga xos xusumiyati shundaki, u mulkdor bilan birga yashayotgan shaxslarning manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘ZR ning “Turar-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat, munitsipal va jamoat ixtiyoridagi uylardagi xonadonlarni unda yashovchi voyaga etgan fuqarolarning roziligsiz boshqa shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasdi. Voyaga etmagan oila a’zolari istiqomat qiladigan xonadonlarni sotishga faqat homiylik va vasiylik idoralarining roziligi bilan yo‘l qo‘yilardi. Birov O‘ZR ning yangi Turar joy kodeksi qabul qilinganidan keyin bu cheklovlar barham topdi. Ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompanyailarning ma’lumotlariga ko‘ra ko‘chmas mulk bilan amalga oshirilayotgan bitimlarning har qirqinchisi (ya’ni 0,025 miqdoridagi ehtimollik bilan, yoxud 2,5% miqdorida) sud tartibida hal etilishi mumkin. Unvonli sug‘urtalash bo‘yicha amaldagi tarif ko‘chmas mulk 5-10 yilga sug‘urta qilingan holda 1-2 foizni tashkil etishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti yuksala borgani, ishlab chiqarishning sarmoyadorligi osha borgani, texnologik uskunalar qimmatlasha borgani, ommaviy qurilish avj olgani sari, murakkab ishlab chiqarish uskunasini va texnologik komplekslarni olishdan bosh tortish natijasida ko‘riladigan zararning vujudga kelishi xataridan sug‘urtalash ehtiyoji vujudga keldi. Sug‘urtaning bu turini texnik xatarlar sug‘urtasi deb ham taladi. Texnik xatarlar sug‘urtasi sug‘urtalashning butun bir turkumidan iborat bo‘lib, uning qatiriga quyidagilar kiritiladi: qurilish-montaj ishlari sug‘urtasi; sanaot sohasidagi mashinalarni nosozlikdan sug‘urtalash; ko‘chma qurilmalar sug‘urtasi; elektron uskunalar sug‘urtasi. Qurilish-montaj ishlari xatari sug‘urtasi qurilish mashinalarining va uskunalarining buzilishi, zararlanishi va halokatga uchrashi xataridan, quruvchilar va xodimlarning salomatligi va hayotiga zara etkazishi xataridan himoyalashni, shuningdek ishlarni bajaruvchining fuqarolik javobgarligini ko‘zda tutadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtaning bu turi majburiy xususiyatga ega. O‘zbekistonda Davlat qurilish qo‘mitasining meyoriy hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun litsenziya olgan shaxs o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart. Sug‘urtalash qoidalari va shartlari, mashinalarni, ko‘chma qurilmalarni va elektron uskunalarni buzilishdan sug‘urtalash chog‘ida tariflarni hisoblash boshqa mulkiy sug‘urtalash turlaridagiga, jumladan avtomobil vositalarini sug‘urtalashdagiga nihoyatda o‘xshash. Uning asosiy farqi shundaki, mashinalar va uskunalarning buzilish xatari ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilayotgan bosqichda qoplanishida va xatarlarni baholash uchun hamda sug‘urtalanyotgan uskunalarning sug‘urtaoldi ekspertizasini o‘tkazish uchun mutaxassislarni taklif etish zururti bilan belgilanadi. Turar joy fondi sug‘urtasi fuqarolarni mulkiy sug‘urta qilish ravnaqining va davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Download 25.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling