Mavzu: Moliya faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi. Reja


Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar va uning tahlili


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana25.04.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1398009
1   2
Bog'liq
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi

2.Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar va uning tahlili.
“Xarajatlar tarkibi tо‘g‘risida”gi nizomga binoan moliyaviy faoliyatdan
olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltelar va sarmoya transferti;
- О‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xо‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qо‘shgan holda qatnashishdan olingan
daromad, aksiyalar bо‘yicha dividentlar va obligatsiyalar hamda xо‘jalik
yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha daromadlar;
- mulkni uzoq muddat ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing tо‘lovini
olish);
valyuta schotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bо‘yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shuba korxonalarga va hakazolar)
mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar .
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi
daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bо‘yicha daromadlar hisobi “Asosiy xо‘jalik faoliyatidan
olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMA, “Lizing hisobi” nomli 6-son BHMA,
“Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12-son BHMA lar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bо‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi
hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510 – “Royaltidan olinadigan daromadlar”;
9520 – “Dividentlar kо‘rinishidagi daromadlar”;
9530 – “Foiz kо‘rinishidagi daromadlar”;
9540 – “kurs farqidan olingan daromadlar”;
9550 – “Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar”;
9560 – “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 – “Moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa daromadlar”.
Bu schyotlar tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning kredit aylanma tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishini, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydaning shakllanishi buxgalteriya hisobi milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyotida pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Royalti - sotuvchiga (litsenziyalarga) litsenziya shartnoma buyumdan foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Olishga tegishli bo’lgan royalti va gonorarlar summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 4850-«Olinadigan royalti», Kt 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyoti. Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4850- schyot kreditlanadi.
9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida O’zbekiston Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday daromadlar hisoblanganda 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari»- korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablag’laridan foydalanganligi uchun bank tomonidan o’tkazib berilgan summaga; 4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti - korxona tomonidan sotib olingan aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan dividendlar summasiga. Ushbu dividendlar hisob - kitob schyotiga o’tkazib berilsa, 5110-«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
4830-«Olinadigan foizlar» schyoti – uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo’yicha va berilgan kreditlar bo’yicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga. Foizlar summasi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4830- schyoti kreditlanadi.
9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyotida valuta schyotlari, shuningdek xorijiy valuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Valuta schyotlari va xorijiy valuta muomalalari bo’yicha kurs farqlaridan daromad olinganda 9540- «Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» - valuta schyotidagi mablag’ bo’yicha ijobiy kurs farqiga;
0610-«Qimmatli qog’ozlar», 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari - uzoq va qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bo’yicha xorijiy valutalarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4720- «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti – xodimlarga xorijiy valutada berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar» - filial va vakolatxonalar bilan olib boriladigan hisob–kitoblar bo’yicha valuta kursining ijobiy farqi summasiga;
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti - muddati uzaytirilgan qarz bo’yicha valuta kursi”ning ijobiy farqi summasiga.
9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirilib quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtiriladi:
- Uzoq muddatli ijara bo’yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga; D-t 6230-«Boshqa muddati o’zaytirilgan daromadlar» - joriy qismi, K-t 9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
- Uzoq muddatli ijara bo’yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga; D-t 7290- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar», K-t 9550 «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyotida qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga 0610- «Qimmatli qog’ozlar» va 5810 «Qimmatli qog’ozlar» schyotlari debetlanib 9560- «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
9590- «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan muomalalardan olingan foyda aks ettiriladi.
Masalan, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar auksionida auksion muvafaqqiyatli o’tkazilgandan so’ng garov summasi qoldirilsa 0610-«Qimmatli qog’ozlar» schyoti debetlanib, 9590-«Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning kredit oborotlari yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: Dt 9510, 9520, 9530, 9540, 9560, 9590 schyotlar, Kt-9910 -«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Moliyaviy hisobot -xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etirishdir.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi to’g’risida nazariy hamda amaliy ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berilgan. Biz mamlakatimiz ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi
chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har
tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturini ushbu jarayonlar
ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz ni
taqqozo etadi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Birinchi navbatda, dunyo bozorida
xomashyo va tayyor mahsulotda ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga
oladigan bо‘lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valyuta
tushumiga salbiy ta’sir kо‘rsatmasdan qolmaydi”
Foydalanilgan adabiyotlar
http://fayllar.org
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling