Mavzu: Moliya faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi. Reja


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1398009
  1   2
Bog'liq
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi




Mavzu: Moliya faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi.


Reja:
1.Moliyaviy faoliyat to’g’risida tushuncha.
2.Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi va uning tahlili.

Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini


rivojlantirishini ta’minlash ularning moliyaviy barqarorligiga uzviy bog‘liq
xо‘jalikning moliyaviy barqaror bо‘lishi ularning faoliyati moliyaviy natijasining
tо‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki korxonalarda foyda ishlovchilarning
moddiy ta’minlanishining, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish kabi
tadbirlarning asosiy moddiy manbasi hisoblanadi.
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng, iqtisodiyot
subyektlari faoliyati sohasida ham sezilarli darajada о‘zgarishlar yuzaga keladi.
Respublikamizda iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari
sharoitidagi obyektiv zaruriyat bо‘lib, bu о‘z navbatida korxonalar faoliyatini
uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zaruriyat malumotlar
bazasini vujudga keltiruvchi buxgalteriya hisobini va ularning uslubiy asoslarini
takomillashtirishni talab etadi.
Jahonning kо‘plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz kо‘lami
kengayotganida qaramay, О‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotganligi va
tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
1.Moliyaviy faoliyat to’g’risida tushuncha.
Moliya resurslari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun pul manbai bo’lib xizmat qiladi. Amortizatsiya fondi va foydadan ajratilgan pul mablag’lari investitsiya uchun xizmat qiladi, ularni orttirish ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish demakdir. Masalan, investitsiyaning 1% orttirishi iqtisodiy o’sish sur’atlarini 0,4% oshiradi deb faraz kilsak, investitsiya resursini 5% ortishi, 2% o’sish beradi, 7% ortishi 2,8% o’sish beradi va h.k., agar investitsiya 3% kamaysa, shunga ko’ra ishlab chiqarish xajmi 1,2% qisqaradi. Moliya mablag’larini yetishmasligi o’sishni pasaytiradi, chunki texnika-texnologiyani kiritishga pul yetmaydi.
Moliyaviy resurslar 2 turda bo’ladi: birinchisi - mikroresurslar yoki markazlashgan resurslar. Ular korxona, firma, kompaniya, kontsern, tashkilot, jamoat uyushmalari doirasida bo’lib, xo’jalik sub’ektlarining o’ziga tegishli yoki ular qarzga olgan pul mablag’laridan iborat. Ikkinchisi - makroresurslar - ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular byudjet hisobidan yoki byudjetdan tashqari fondlar hisobidan paydo bo’ladi, davlat ixtiyorida turadi.
Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish, moliyaviy resurslarning turli darajada tashkil topishi va ishlatilishi uch usul bilan amalga oshadi. Birinchidan, iqtisodiy sub’ektlar o’zini-o’zi moliyalashtiradi. Ular o’z sarf xarajatlarini o’zlarining puli bilan qoplaydi. Ikkinchidan, iqtisodiy sub’ektlar o’z mablag’i yetishmasa, qilingan sarflarni bank krediti hisobidan qoplaydi. Uchinchidan, sub’ektlar faoliyati uchun pul mablag’lari zarur bo’lgan chog’larda davlat hisobidan ham ajratiladi. Davlat byudjetidagi yoki byudjetdan tashqari hosil etilgan pul fondlarini qaytarib olmaslik sharti bilan korxona, tashkilot va muassasalarga ajratib berib, ularni moliyalashtiradi. Ammo, bu bozor iqtisodiyotida ikkilamchi usul hisoblanadi. Moliyaviy resurslar totalitar tizimda davlat monopoliyasida bo’lib, uning qattiq nazorati ostida ishlatiladi. Ular davlat korxonalari va tashkilotlari qo’lida va asosan davlat byudjetida to’planadi va taqsimlanadi. Bunday xolat moliyaviy aloqalarni cheklab, uni davlat qolipiga solib qo’yadi. Barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun moliya mablag’larining erkin harakati talab qilinadi. Bunga moliya bozori orqali erishiladi. Moliya bozori milliy va xalqaro xo’jalik doirasida pul mablag’lari erkin harakatining maxsus shaklidir.

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling