Investisiyalarni kafolatlashbo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini 1988 yildaboshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlarto‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardansug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat vaaxborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolatiinvestorlarni mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiyva fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridanhimoya qiladi.
Investisiyaviy nizolarni halqilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlaro‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaroinvestisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.
Yevropa tiklanish vataraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziyva Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarinirivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilanhamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlatsiyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovasiyalarnirivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnikyordam ko‘rsatadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatishorqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida tashkiletilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapitalqo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTBtegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissaqo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga engkatta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.
Osiyo infratuzilma investisiyabanki (OIIB) Osiyodagimurakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarnibirlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy institutdir. U o‘zfaoliyatini 2014 yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57tamamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya,qishloq infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti vakanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikanirivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishnitaklif etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |