2008 yildatashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadimoliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqalimoliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviyxizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat.Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviytashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiyrivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlargagrantlar va texnik yordam ko‘rsatadi.
Islomtaraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishgayo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. Ua'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarinimoliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zodavlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiyrivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Islom taraqqiyot bankiguruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xususiy sektornirivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdimqiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar,aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalgaoshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.
Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘zichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qismanqayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solinganXalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiyvazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmushtarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.
1977 yilda tashkil etilganXalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishniko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchunmoliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlanganqishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligidaishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish maqsadidamablag‘larni safarbar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |