Mavzu: moliya organlarida, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning uslubiy asoslari


-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma


Download 208.71 Kb.
bet3/7
Sana13.04.2023
Hajmi208.71 Kb.
#1352606
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-MAVZU. MOLIYA ORGANLARIDA, G‘AZNACHILIK VA UNING XUDUDIY BO‘LIMLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY ASOSLARI

11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;


3-sonli shakldagi byudjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat byudjeti, jamg’armalar
byudjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma;

274-sonli shakldagi memorial order;


Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda ishlatiladigan boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar.
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika byudjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy byudjet ijrosi bo’yicha, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi.
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni o’zida ifodalaydi
Byudjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi: a) "Bosh jurnal" daftari;
b) byudjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi; Bunda, byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi registrlari bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi.






  1. Download 208.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling