Mavzu: moliya organlarida, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning uslubiy asoslari


–Chizma. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifi


Download 208.71 Kb.
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi208.71 Kb.
#1352606
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-MAVZU. MOLIYA ORGANLARIDA, G‘AZNACHILIK VA UNING XUDUDIY BO‘LIMLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY ASOSLARI

–Chizma. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifi.


    1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi.

Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida kassa metodi asosida yuritiladi.
Moliya organlarining Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi quyidagi bo’limlardan iboratdir (2-jadval).
  1. - jadval Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi








AKTIV







PASSIV

Bo’lim







Bo’lim




I

Pul mablag’lari




I

Daromadlar

II

Xarajatlar




II

Olingan ssudalar

III

Berilgan ssudalar




III

Hisoblashuvlar

IV

Hisoblashuvlar




IV

Olingan mablag’lar

V

Berilgan mablag’lar




V

Natijalar




BALANS







BALANS




    1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi

Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va ularga ilova qilingan hujjatlarga, ma’lumotlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida byudjet ijrosiga oid dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga o’tkaziladi joriy oydagi jami muomalalar summasining yig’indisi.
Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar “Bosh jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan qoldiq summalari olinadi.
Joriy yil bo’yicha byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:

  1. mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;

  2. buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.

Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi. Buxgalteriya balansi Davlat byudjeti ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari holatini aks ettirib beradi.

    1. Download 208.71 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling