Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet34/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Kalit so‘zlar: korxona moliyasi, tushum, foyda, asosiy vositalar, moliyaviy resurslar, jamoat uyushmalari moliyasi.
Mashg‘ulotning maqsadi: korxona, jamoat uyushmalari va tashkilotlari, tijorat va notijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar moliyasini tushuntirib berish.
O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar.
O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.


      1. Faoliyatning turli sohalarida moliyaning amal qilish xususiyatlari


Korxona moliyasi – bu iqtisodiy pul munosabatlarni pul harakati mobaynida vujudga kelib turli xil pul fondlarini hosil qilishni bildiradi.


Korxonalar sof foydasini pul fondlariga sarflaydi. Korxonaning fond bozorlari bilan bo‘ladigan munosabatlari turli xildagi fondlarni hosil qilish, ularni shakllantirish va foydalanishdan iborat. Ustav fondiga korxonaning asosiy vositalari va aylanish mablag‘lari
shakllanadi. Bu korxonaning o‘z mablag‘larining asosiy manbasi hisoblanadi.
Hissadorlik jamiyatida ustav fondi chiqariladigan barcha aksiyalar qiymati bilan teng bo‘lishi lozim. Ish natijasiga ko‘ra ustav fondi miqdorini ko‘payishi yoki kamayishi mumkin, ya’ni qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki ularning nominal qiymatini oshirish orqali ustav fondi ko‘payishi mumkin. Muomaladan aksiyalarni qaytarib olish tufayli esa ustav fondini kamaytirish mumkin.
Ustav fondi – korxonalarning o‘z mablag‘larining manbai hisoblanadi. Bundan tashqari korxonalarning ustav fondi asosiy vositalarni qayta baholash hisobiga, aksiyalarni nominal qiymatidan ko‘ra baland narxda sotish hisobiga, ishlab chiqarishga bepul asosiy vositalarni sotib olish hisobiga ko‘payishi mumkin.
Zahira fondi – bu fond foydadan ajratmalar hisobiga tashkil qilinadi. Fondning asosiy maqsadi bo‘lib, favqulodda zararlarni qoplash, aksiyalarni qayta sotib olish hisoblanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling