Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet68/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Viloyatlar byudjeti – o‘zida viloyat byudjeti va viloyatga kiruvchi shaharlar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi.
Shahar byudjeti – agar u tumanlarga bo‘lingan bo‘lsa, uning tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjeti va shahar byudjetidan tashkil topadi.
Tumanlar byudjeti – tuman byudjeti va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Respublika byudjeti umumdavlat xarakteriga ega tadbirlarni moliyalashtirish uchun daromadlar hajmi, manbaini va ulardan tushadigan tushumni ko‘zda tutuvchi, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida aniq xarajatlar yo‘nalishi va hajmini ko‘zda tutuvchi pul fondlaridir (shakllantirish va xarajat qilish rejasi Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi).
Mahalliy byudjet – daromadlar hajmi, manbaini va ulardan tushadigan tushumni ko‘zda tutuvchi, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida aniq xarajatlar yo‘nalishi va hajmini ko‘zda tutuvchi respublika hududlarida tuziladigan pul fondlaridir.
Davlatning maqsadli fondlari – davlat byudjeti tarkibiga konsolidatsiya tushuvchi har biri uchun qonunchilik yo‘li bilan daromad manbasi va bu daromaddan kelib tushish sharti, normasi, shuningdek, bu mablaglarni qaysi maqsadlarga ishlatish belgilangan fondlardir.
Byudjet tizimini boshqarish Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Moliya Vazirligi yagona moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, davlat byudjeti resurslarini davlat byudjeti asosida rejalashtiradi va boshqa moliya muassasalarni uslubiy jihatdan boshqaradi.
Byudjet tizimini boshqarish moliya organlari va bank institutlari orqali O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi prinsiplaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini tashkil etishning asosiy prinsiplari quyidagilardan tashkil topgan:

    • normativ-qonuniy asosni unifikatsiyalash;

    • pul tizimini qurilishni, byudjet tasnifi tizimini, byudjet hisoblash hujjatlarini, byudjet jarayonining birligi;

    • byudjet qurilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy- hududiy bo‘linishi bilan mosligi;

    • davlat byudjetini tashkil etuvchi byudjetlarning o‘zaro aloqadorligi;

    • davlat byudjeti taqchilligini mumkin bo‘lgan darajasini hisobga olgan holdagi davlat daromad va xarajatlarining tengligi;

    • davlat daromad va xarajatlarining aniq manbalar va yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtirilishi;

    • davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun bilan belgilangan assignovaniya chegarasida davlat byudjeti xarajatlarini amalga oshirilishi;

    • kapital va joriy xarajatlarni chegaralanishi;

    • byudjetlarning mustaqilligi;

    • hisobotlarni to‘g‘riligi;

    • byudjet bajarilishini sifatini nazorati.

O‘zbekiston Respublikasida barcha darajadagi byudjetlarni shakllanishi, ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishining hisobi milliy valyutada amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli fondlari respublika byudjeti va mahalliy byudjeti bilan birgalikda konsolidatsiyalashgan byudjet tushuncha- sini beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:

    • Mahalliy soliqlar, majburiy to‘lovlar va boshqa soliqsiz to‘lovlarni qonunlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga ajratish orqali;

    • Davlat byudjeti qonuni asosida umumdavlat soliqlari va boshqa tushimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga yo‘naltirish orqali;

    • Davlat aktivlarini foydalanishga berishdan keladigan daromadlarning bir qismi;

    • Tasdiqlangan normalar asosida vorislik, sovg‘a asosida davlat ixtiyoriga o‘tgan pul mablag‘larining bir qismi;

    • Yuqori byudjetdan byudjet dotatsiya va subvensiyalari hisobiga;

    • Boshqa manbalardan qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan pul tushumlari;

    • Harakatdagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa daro- madlardan.

Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga yuqori turuvchi byudjetdan byudjet ssudasi shaklida mablaglar kelib tushishi mumkin.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling