Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Moliyani boshqarishning maqsadi


Download 0.5 Mb.
bet21/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Moliyani boshqarishning maqsadi – makroiqtisodiy balanslashuvda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning mustahkamligida, natijada esa aholining farovonligini o‘sishida namoyon bo‘luvchi barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdan iborat.
Moliya tizimining barcha soha va bo‘g‘inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subyektlari moliyaga ta’sir etishning turli maxsus usullaridan foydalanadi. Shu bilan birga ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda ham rejalashtirish, tezkor (operativ) boshqarish va nazorat kabi funksional elementlar mavjud.
Moliyani boshqarish tizimida rejalashtirish asosiy o‘rin tutadi, chunki rejalashtirish jarayonida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining moliyaviy holatini baholaydi, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo‘na- lishlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonida boshqarish qarorlari moliyaviy ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilinadi. Shuning uchun bunday ma’lumotlar yetarlicha to‘la va haqqoniy bo‘lmog‘i lozim. Ma’lumotlarni haqqoniy va o‘z vaqtida olinishi asoslangan qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya, statistik va tezkor (operativ) hisobotlarga asoslanadi.
Tezkor (operativ) boshqarish – mavjud moliyaviy holatni tezkor (operativ) tahlil qilish asosida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida minimal xarajat qilib maksimal samaraga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Tezkor (operativ) boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir.
Nazorat – boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o‘zida moliyani rejalashtirishda hamda tezkor (operativ) boshqarishda qo‘llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o‘sish rezervlarini aniqlaydi va samarali xo‘jalik yuritish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Moliyani boshqarish strategik yoki umumiy boshqaruv va tezkor (operativ) boshqaruvlarga bo‘linadi.
Strategik boshqaruv istiqbolni belgilash, maqsadli dasturlar va boshqalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy resurslar
hajmini o‘rnatish orqali namoyon bo‘ladi. U davlat va iqtisodiy (xo‘jalik) boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyani strategik (umumiy) boshqaruv subyektlarini: Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi.
Strategik moliyaviy menejment – maqsadli dasturlar uchun moliyaviy resurslar miqdorini aniqlaydigan kelajak uchun moliyaviy prognozlash. Bunday boshqaruvni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Moliya vazirligi, Prezident devoni va O‘zbekiston Respub- likasi Davlat soliq qo'mitasi amalga oshiradilar. Moliyaviy menej- ment sohasida Moliya vazirligining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • moliyaviy siyosatning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • byudjet loyihasini tayyorlash, uni ijro etish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;

  • moliya bozorini rivojlantirish;

  • milliy ehtiyojlarni maqsadli moliyalashtirish;

  • moliyaviy va byudjetni rejalashtirish uslublarini takomillash- tirish;

  • byudjet mablag‘lari ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling