Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Moliyani tezkor (operativ) boshqarish


Download 0.5 Mb.
bet22/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Moliyani tezkor (operativ) boshqarish – moliya tizimi apparatining bosh funksiyasi hisoblanadi. Moliyani tezkor (operativ) boshqaruv subyektlarini Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi va ularning joylardagi bo‘linmalari, byudjetdan tashqari fondlarning, sug‘urta tashkilotlarining boshqaruv apparatlari, xo‘jalik subyektlarining moliya bo‘lim (xizmat) lari tashkil etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy asoslangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rgangan holda hamda respublikaning ichki xususiyatlarini hisobga olib tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning jadallashuvi va jahon xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishining keskin o‘sishi barcha sohalarda bo‘lganidek boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarida ham taraqqiyotlar bo‘lishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menejment konsepsiyasi mustaqil shakllana boshladiki, uning asosiy muammosi sifatida korxonalar moliyaviy munosabatlari, pul mablag‘larini aylanishining
ichki va tashqi omillarini ta’siriga asoslangan holda samarali tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida bozordagi talab va taklif, aniq istyemolchilar talablari, ishlab chiqaruvchi uchun maksimal foyda olish imkoniyatini tug‘diruvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.


      1. Moliyaviy rejalashtirish




Moliyaviy rejalashtirish – moliyani boshqarish tizimi elementlaridan biridir. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy rejalashtirish mavjud bo‘lib, yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi.
Moliyaviy rejalashtirish qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy rejalashtirirsh bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi sharoitda korxonalar moliyaviy rejalashtirish orqali soliqlar to‘langandan keyin uz ixtiyorida qoladigan foydani ishlatish yunalishlarini belgilab oladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling