Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet20/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Boshqarish subyekti – moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar, institutlar, korxonalarning moliya
xizmati, davlatning moliya organlari va davlat soliq xizmati hisoblanadi.
Moliyaviy boshqaruv faoliyatining muhim sohasi moliyani boshqarish hisoblanadi. Uni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda turli rag‘batlantirish va jazo (sanksiya)larga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Boshqaruv faoliyati – oldinga qo‘yilgan masalalarni tezroq hal qilish maqsadida mavjud usullar orasidan eng samaraligini tanlash yoki qo‘llanilayotgan usullardan oqilona foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo‘lgani kabi, moliyani boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo‘ladi. Moliyani boshqarishning obyekti bo‘lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi; subyektlari esa, boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzulmalar hisoblanadi.
Moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy tuzulmalar yig‘indisi moliyaviy apparat deyiladi.
Davlat moliyasini boshqarishning maqsadi moliya siyosati shartlarini amalga oshirish hisoblanadi. Aynan samarali moliya siyosati bevosita moliyaning o‘ziga (boshqaruv obyektiga) yuklatil- gan ishning aniq bir usullari bilan, moliya tizimi organlarini (bosh- qaruv subyektlarini) tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa- rishning potensial imkoniyatlarini yaxlit birlashtirish imkonini beradi.
Aksariyat mamlakatlarda moliya siyosati institutsional moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ularning faoliyati moliyaning bo‘g‘inlarini, xususiyatlarini, barcha moliya muassasalari funksiya- larini uslubiy umumiyligini hisobga olgan holda boshqarishning barcha quyi organlarini markazlashgan boshqaruvda faol ishtirok etishini hisobga olgan holda moliyani boshqarishga yo‘naltiriladi. Moliya siyosatini yuritish va mos ravishda moliyani boshqarishning yakuniy maqsadlarga bog‘liqligi, barcha xo‘jalik tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashuviga erishish, jamiyatning barcha a’zolari manfaatlariga mos kelishi, iqtisodiy qonunlardan foydalanish, real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlarni hisobga olish kabi asosiy uslubiy tamoyillarga asoslanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling