Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida byudjet siyosatining asosiy vazifalari
Davlat byudjetining asosiy funksiyalari quyidagilar:
YaIM va MD ni qayta taqsimlash; iqtisodni davlat tomonidan (boshqarish) tartibga solish va rag‘batlantirish; ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish; markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va uni ishlatilishini nazorat qilish. O‘zbekiston Respublikasida byudjet siyosatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiyotni inqirozlardan holi etish; moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; investitsion jarayonlarni rag‘batlantirish va iqtisodiyotda jamg‘arish ulushini oshirish; byudjetning moddiy soha tarmoqlari korxonalariga ajratilayotgan dotatsiya shaklidagi unumsiz xarajatlarini kamaytirish; soliq to‘lash va soliq tizimini takomillashtirish va nazorat qilish orqali byudjetning daromad bazasini mustahkamlash; davlat xarajatlarining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan faol moliyaviy nazorat o‘rnatuvchi tizimni yaratish; davlat qarzi hajmi ustidan nazoratni kuchaytirish. Iqtisodiy o‘sishni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash davlat byudjeti siyosati oldida turgan va iqtisodiy islohotlar jarayonida o‘ziga xos bo‘lgan vazifalardandir. Bugungi kunda davlat byudjeti YaIMni qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlarda davlat odatda, YaIMning 20 dan 50 foizigacha qismini soliqlar va boshqa davlat daromadlari va to‘lovlari shaklida davlat byudjetiga safarbar etib davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni va investisiyalarni tartibga soladi va rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yo‘naltiradi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet qurilmasi ham byudjet tizimining yagonaligi, to‘laligi, haqqoniyligi, oshkoraliligi va unga kiruvchi ma’muriy-hududiy byudjetlarning mustaqilligi tamoyillariga asoslanadi. Mamlakat byudjet tizimiga uning mustaqil bo‘laklari sifatida Respublika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi jamlangan byudjetiga Davlat maqsadli jamg‘armalari ham kiritiladi. Mamlakatimizda 5 ta davlat jamg‘armalari mavjud bo‘lib ularga: Moliya vazirligi hududidagi Respublika yo‘l jamg‘armasi; Pensiya jarg‘armasi; Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jarg‘armasi; Davlat mulk qo‘mitasining maxsus hisob varaqasi; Maktab ta’limi jamg‘armalari kiradi. Maqsadli davlat jamg‘armalarini tuzish orqali hukumat byudjetga kiritilmagan xarajatlarni moliyalashtirish mablag‘larini mazkur nobyudjet jarg‘armalarida shakllantiradi. Byudjet xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning tegishli ma’muriy-hududiy birliklarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan belgilanib navbatdagi moliya (byudjet) yilida qonunchilikda belgilangan yo‘nalish va hajmlarda amalga oshiriladi. Barcha ma’muriy-hududiy birliklar byudjetlarining muvozanatlashganligi mamlakat byudjet-moliya siyosatining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat byudjeti taqchililigining chegaraviy miqdorlari navbatdagi moliya (byudjet) yilida qonun tomonidan belgilanadi. Respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan tasdiqlansa, mahalliy bdyujetlarni mahalliy hokimiyat Kengashlari tasdiqlaydilar. Tasdiqlangan va qonun kuchiga kirgan Davlat byudjeti hukumat tomonidan belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga oshirilishi shart hisoblanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling