Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati


Download 0.5 Mb.
bet57/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati


Davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham mavjud bo‘lib, ular byudjet munosabatlari deb ataladi. Ushbu munosabatlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, davlatning milliy daromadning bir qismiga egalik qilishi zarurligini, ushbu mablag‘larning kelgusida ijtimoiy tadbirlar, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, davlatni boshqarish va davlat hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiradi. Byudjetning hajmi har bir mamlakatning


milliy daromadiga, uning oldiga qo‘yilgan ijtimoiy maqsad va vazifalarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjetibu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo‘ljallangan xarajatlari va ularni qoplash manbalari ko‘rsatilgan daromadlar smetasidir.
Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o‘zida soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o‘zida mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv apparati, qurolli kuchlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan hukumatning markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armasi tashkil qiladi. Mamlakat hududida amalda bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to‘plamiga byudjet tizimi deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va tuzilishi tamoyillariga (yaxlitligi, to‘laliligi, haqqoniyligi, oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.
Davlat mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish bo‘yicha davlat, mahalliy hokimiyat organlarining qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan faoliyatiga byudjet jarayoni deb aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Davlat byudjeti o‘z ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi”.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling