Mavzu: Moliyaviy boshqaruv. Bajardi
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Download 49.02 Kb.
|
Mavzu Moliyaviy boshqaruv. Bajardi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
3. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari.
Korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak. Menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi. Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini bajarish firma qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiyalari, bozor foiz stavkalari, bozor riski uchun mukofot va qimmatli qog‘ozlar kotirovkasiga bog‘liq. Ushbu barcha omillarni inobatga olgan holda menejerlar aksiyadorlar firmani o‘zlari boshqarganlarida qanday investitsion qaror qabul qilsalar, xuddi shunday qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Shu bilan birga qaror riskni tan olmaslik darajasiga yoki mulkdorlarning boyligi darajasiga bog‘liq emas. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi firma bahosini aksiyadorlar manfaatiga mos tarzda maksimallashtiradigan qaror qabul qilishdan iborat. Mazkur mezonni amalga oshirishda yuzaga keladigan asosiy muammo qabul qilingan qarorning firma bo‘lajak qiymati (bahosi)ga eng yuqori ta’siri ehtimoli qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olishdan iborat. Agar menejer o‘z firmasi va boshqa kompaniyalar aksiyalarining bozor bahosi o‘zgarishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lsa, uning vazifasi ancha yengillashadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Боди З., Мертон Р.С. Учебник. Финансы. М.: “Вильямс ”, 2007. – 347 с. Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -267 b. Malikov T., Olimjonov O. Moliya. Darslik. – T.: “Iqtisodmoliya”, 2019. - 920 b. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” 2847-sonli Qarori. Download 49.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling