Mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularning turlari


Bozor indekslari va Indekslash strategiyasi


Download 424.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana09.04.2023
Hajmi424.33 Kb.
#1346427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
favorite

Bozor indekslari va Indekslash strategiyasi
Qimmatli qog‘ozlar kursini umumlashtirib ko‘rsatishga imkon beruvchi
mezonning mavjudligi qo‘l keladigan ko‘plab holatlar mavjud. Misol uchun,
aksiyadorlarga investitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan indikator
yoki o‘z investitsiyalari rentabelligini baholash imkoniyatini beradigan
qandaydir etaloniy kriteriy kerak bo‘ladi. Quyidagi jadvalda eng muhim
milliy fond birjalarida muomalada bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar uchun
foydalaniladigan, odatda moliyaviy nashrlarda birinchi navbatda e’lon
qilinadigan asosiy fond indekslari ro‘yxati keltirilgan.


Mamlakatlar
Indekslar
AQSh
Dow Jones Index, Standard & Poor's 500
Yaponiya
Nikkei, Topix
Buyuk Britaniya
FT-30, FT-100
Germaniya
DAX
Fransiya
CAC 40
Shveysariya
Yevropa, Avstraliya, Uzoq Sharq
CreditSuisse
MSCI, EAFE
Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja (fond)
indeksiga
bog‘lash
maqsadiga
asoslangan
investitsiya
strate-giyasiga
indeksatsiyalash deyiladi. Uning asosida quyidagi oddiy haqiqat yotadi:
birgalashib o‘z kapitalini qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan barcha inve-storlar butun
fond
birjasi
daromadliligidan
ko‘proq
rentabellikka
erisha
olmaydilar.
Indeksatsiyalash strategiyasini qo‘llagan holda, menejer o‘z investitsiya
fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etishga urinadi. Bu tarkibiy
tuzilma asosida mo‘ljal sifatida tanlangan indeks olinadi. U o‘z fondining
aksiyalari paket
54
iga barcha qimmatli qog‘ozlarni mazkur indeks hisoblanadigan
narxlar asosida, mazkur indekslar bazasi juda yuqori bo‘lganda esa, faqat
reprezentativ tanlab olinganlarinigina qo‘shadi. Bunday hollarda, pul mablag‘larini
“aktiv” boshqarish usulini ishlatishga yoxud indeks-mo‘ljaldan “o‘zib ketish”ga
intilib, alohida qimmatli qog‘ozlarga yoki iqtisodiyot sohalariga umid qilishga
urinishlar qilinmaydi.Shunga ko‘ra, indeksatsiyalash - bu keng diversifikatsiyaga
va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligiga tayangan passiv
55
investitsiya
strategiyasidir. Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqariladigan fondlar-
nikiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega aktiv boshqariladigan fondlar har
doim mavjud bo‘ladi. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham
mumkin. Ayrim investitsiya portfelini boshqa-ruvchilar shunchaki tasodif tufayli
qo‘ygan kapitalidan faqat yuqori foydani va hattoki, davomli “omad kelishi”
davrida investitsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. Bundan
tashqari, shunday menejerlar borki, ular mislsiz qobiliyat va ko‘nikmalarga ega
bo‘lib, shu tufayli investitsiya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida
yuqori foyda keltiradi. Shunga ko‘ra, indeksatsiyalash - bu keng diversifikatsiyaga
va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligiga tayangan passiv
55
investitsiya
strategiyasidir. Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqariladigan fondlar-


nikiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega aktiv boshqariladigan fondlar har
doim mavjud bo‘ladi. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham
mumkin. Ayrim investitsiya portfelini boshqa-ruvchilar shunchaki tasodif tufayli
qo‘ygan kapitalidan faqat yuqori foydani va hattoki, davomli “omad kelishi”
davrida investitsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. Bundan
tashqari, shunday menejerlar borki, ular mislsiz qobiliyat va ko‘nikmalarga ega
bo‘lib, shu tufayli investitsiya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida
yuqori foyda keltiradi qimmatli qog‘ozlar portfeli bilan operatsiyalar bo‘yicha
xarajatlar (amalga oshirilgan bitim uchun broker xizmatlari to‘lovi va boshqa
tijoriy xarajatlar).
Keng tarqalgan aksiyalarga mablag‘larni qo‘ygan fondda fond xarajat-
liligining o‘rtacha yillik koeffitsenti (fond xarajatlarining investi-tsiyalar umumiy
summasiga nisbati ko‘rsatkichi) 1,4%ga teng. Shuningdek, mazkur an’anaviy
birgalikdagi fondlarning menejerlari, odatda port-felni boshqarishda yuqori
darajadagi aktivliklari bilan tavsifla-nadilar. Upper Analytical Services, Inc.
ma’lumotlariga ko‘ra, aktivlarning o‘rtacha aylanuvchanlik (aylanib turish)
koeffitsiyenti yillik 76%ni tashkil etadi. Bunday aylanuvchanlik (aylanib turish)da
savdo xarajatlari fond xarajatlariga yillik 0,5%dan 1%gacha qo‘shishi mumkin.
Umumlashtirgan holda fond xarajatlari va savdo xarajatlari oddiy fondda investor
daromadining sezilarli qismini oladi. Savdo operatsiyalaridan komission
to‘lovlarni oladigan fondlar ham foydani yanada kamaytiradi. Aynan kam
xarajatlar
indekslashtirish
strategiyasiga
asoslangan
fondlarning
asosiy
afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bunday fondlarda boshqaruv uchun minimal
komission to‘lovlar olinadi. Joriy xarajatlar unchalik katta bo‘lmay, portfel
operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar minimal bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, aktiv
boshqaruvli fondlardagiga qara-ganda indekslashtirish strategiyali fond portfelida
aksiyalar aylanishi ancha-muncha sustroq bo‘lganligi bois, shunday kuchli
tendensiya (ammo aslo kafolat emas) mavjudki, bunday fondlar kapital o‘sishidan
juda kam daromadni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlab o‘tkazadilar (agar umuman
shunday qilsalar). Bu o‘tkazmalar soliqqa tortilishi sababli, shu kabi to‘lovlarni
o‘tkazishning uzoq muddatga kechiktirilishi berilgan vaziyatda indekslashtirilgan
fondlarning aniq ustunligi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan ma’lum bir birja
indekslari asosan keng tarqalgan aksiyalar bilan ishlaydigan fond ko‘rsatkichlarini
quvib o‘tdilar. Quyida keltirilgan Wilshire 5000 indeksi yordamida o‘lchangan
umumiy daromadlilik va asosan keng tarqalgan aksiyalar bilan ishlaydigan
va
aktiv
investitsiya strategiyasiga asoslangan fondlarning ko‘rsatkichlari
solishtirilgan.


Dunyo bo‘yicha har xil daraja (toifa)dagi aktivlar bo‘yicha daromadlilik stavkalari
keltirilgan. Bu yerda ko‘rsatkichlarning har biri tegishli davlatning valyutasida
hisoblangan.
Misol uchun, 7.4-jadvalda 2015 yildan 2016 yilgacha AQSh aksiyalari kursi
o‘rtacha 19,6%ga ko‘tarilgan, Yaponiyada esa 2,1%ga tushgan. Ushbu davlatlar
ko‘rsatkichlarining samaradorligini solishtirish uchun ular bir pul birligiga
o‘tkazilishi kerak.
Iyenda dollar kursi shu davr mobaynida 9,2%ga pasaygan. Shunga ko‘ra, aksiyaga
hisoblanadigan pul ko‘rinishidagi dividendlarni hisobga olmas-dan, 2015 yil
martda 1 mln. dollar bo‘lgan amerika aksiyalarining bahosi 2016 yil martda 1,196
mln. dollarga ko‘tarilgan. Qimmatli qog‘ozlar portfeli 2015 yil martda — 141,128
mln. iyen bo‘lgan (1,196 mln. dollar x 118 iyen/dollar). Shunga ko‘ra, AQSh fond
bozorining iyendagi kapital-lashtirilishi atigi 8,56%o‘sgan. Shunday qilib, iyenga
nisbatan dollar kursining pasayishi Yaponiya va Amerika fond bozorlarining turli
samaradorligini qisman qoplaydi. Jadvalning oxirgi qatorida turli mamlakatlar
aksiyalarining umumiy dollardagi bahosi (qiymati)ni aks ettiruvchi jahon fond
indeksi o‘zgarishining foizi ko‘rsatilgan
.

Download 424.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling