qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu holatda ham to‘lolmaslik
riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda) qanaqa bo‘lishi mumkin?
Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%.
Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon banki
jalb qilinayotgan mablag‘lar bo‘yicha 4%dan pastroq stavkani taklif qilmoqda.
Ma’lumotlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning qimmatli
qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSH G‘aznachiligining bir yillik veksellarini sotib
oladi. Agar Jahon banki o‘z obliga-siyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa,
kamida AQSH G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy
quyidagi to‘rtta omil mavjud:
- ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi - shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik,
zavod, mashinalar va tovar-moddiy zahiralarga qo‘yilgan mablag‘-lardan
kutilayotgan daromadlilik stavkasi;
- ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik
darajasi;
- odamlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishi – odamlar qanchalik darajada tovar va
xizmatlarni iste’mol qilishni ertaga emas bugun xohlaydilar;
riskni yoqtirmaslik – investitsiya bo‘yicha riskni qisqartirish maqsa-dida yuqori
daramadlilikdan voz kechishga rozi odamlar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: