Mavzu: moliyaviy inqirozlarning kredit


Xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanish tarixi, guruhlanishi va


Download 100.23 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi100.23 Kb.
#1389071
1   2   3   4   5
Bog'liq
2023 kurs ishi

4 Xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanish tarixi, guruhlanishi va
hozirgi zamon muammolari

Xalqaro kredit XIV-XV asrlarda xalqaro savdo munosabatlari asosida paydo bo’lgan. Xalqaro kredit quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: Xarakteriga ko’ra: davlatlararo, xususiy, firma kreditlari. Shakliga ko’ra: davlat, bank, tijorat. Ko’rinishiga ko’ra: tovar shaklida (eksporterdan importerga), valyuta (bankdan) shaklida Valyuta turiga ko’ra: qarzdor mamlakat valyutasida, kreditor mamlakat valyutasida, uchinchi mamlakat valyutasida va ma’lum hisob birliklarida


Muddatiga ko’ra: qisqa – 1 yilgacha, o’rta – 1-5 yilgacha va o’zoq muddatli – 5 yildan ortiq. ko’ra: ta’minlangan (tovar – moddiy qiymatlar bilan – kuchmas mulk va boshqalar), xujjatlar bilan (tovar xujjatlari, veksellar, qimmatli qoђozlar va boshqalar). Tashqi savdodagi o’rni bo’yicha: eksportni kreditlash, importni kreditlash.
Eksportni kreditlash quyidagi shakllarda olib boriladi:
1. Xaridor bunaklari shaklida yuzaga keluvchi kredit munosabatlari bo’lib, bunda xaridor bunaklari biror bir mamlakatga yoki eksporterga beriladi. Xaridor bunaklarining mohiyati: birinchidan, ular xorijiy buyurtmachining buyurtmasini ta’minlashning asosi sifatida xizmat qiladi, ikkinchidan, bunak so’mmasi eksporter kapitalining salmoђini oshiradi.
2. Bank tomonidan kreditlash shakllariga ko’ra: eksortyor mamlakat garovi ostida kredit berish, importer mamlakatdan tovar xujjatlari yoki tovarlarini garovga olgan xolda kredit berish.
Bank bilan ancha vaqtdan beri birga ishlab kelayotgan ishonchli yirik eksportyor firmalar bankdan tovarlarni garovga quymasdan bank kreditini olishlari mumkin.Importni kreditlash ham tijorat va bank krediti shaklida beriladi. Tijorat yoki firma kreditlari ikkiga bo’linadi.
1.Ochiq xisob bo’yicha kredit (eksporter yuklangan tovarlarni importer qarzi sifatida uning xisobiga yozib quyadi, importer esa kreditni ma’lum bir muddatda to’lash javobgarligini oladi). Bunda qarzdorlik davri tugatilib boriladi. Tovar ham o’z navbatida muntazam junatilib turiladi. Bunda banklar savdo kontr-agentlari xisob-kitoblarida vositachi funksiyasini o’taydi.
2 Xaridorning tulovga layoqatlik xatarini kamaytirish bo’yicha tashqi savdoga beriladigan kreditlarni suђurtalash. Import bo’yicha bank kreditlari veksel bo’yicha quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Akseptli kredit – aksept yoki importer bankning eksporter trattasini to’lash roziligi bilan beriladi. Bunda importer tulov vaqti kelganda bankka qarz so’mmasini ma’lum qiladi, bank uning eksporter oldidagi javobgarligini yopadi.
2. Akseptli-rambursli kredit – importerga xizmat kiluvchi xorijiy bank tomonidan kafolatlash sharti bilan bank tomonidan vekselni akseptlash orqali amalga oshiriladi.
Tovarlarni kreditga sotishda faktoring (faktoring kompaniyalari), forfeyting operasiyasi (eksporter tomonidan importerga talab xuquqi bank forfeytoriga beriladi, u esa o’z navbatida bu xuquqni saqlashi yoki xalqaro bozorda sotishi mumkin) usullaridan ham foydalaniladi. Xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlari valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarni nazorat qilish maqsadida davlatlararo kelishuvga binoan tuzilgan. Bunday tashkilotlarga Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki, jahon banki, Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Yevropa investisiya banki, Xalqaro xisob – kitob banki, Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi va boshqalar kiradi.
XVF – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsuslashtirilgan muassasasi statusiga ega bo’lgan valyuta-kredit tashkiloti bo’lib valyuta kurslarini tartibga solish va ularga rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, shuningdek tulov balanslarining beqarorligi munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari vujudga kelganda o’z a’zolariga valyuta resurslaridan berish yo’li bilan xalqaro savdo va savdo hamkorligini rivojlantirishga yordam beradi. XVF – AKShning Brutton Vuds Xalqaro valyuta-moliya konferensiyasida 1944 yilda tuzilgan bo’lib, 1947 yildan faoliyat ko’rsata boshlagan. XVF boshqaruvi beshta deportamentdan (Afrika, Yevropa, Osiyo, Œrta Sharq va Ђarbdagi) tuzilgan. XVF kapitali uning mijozlari kvotasiga mos to’lanadigan badallar hisobiga shakllanadi. Kvota lotincha Quota – qism, xissani bildirib u davlatlararo shartnomalarga ko’ra ayrim yoki bir gurux tovarlar yuzasidan kvota o’rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin. Kvotalar o’rnatishdan maqsad bozordagi narxni ma’lum maqsad yo’lida o’zgartirib turish, chunki kvota tovar taklifini chegaralaydi, bu bilan narxga binobarin foyda ko’rishga ta’sir etadi. Kvota mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga, jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdodagi o’rniga qarab belgilanadi. 1947 yilda XVF ga 49 mamlakat a’zo bo’lib ular kvotalarning umumiy so’mmasi 7,7 mlrd AŠSh dollarini tashkil etgan. 1991 yilning o’rtalariga kelib XVF a’zolari 155 taga va uning kapitali 90 mlrd. dollarga yetdi. Shundan uchdan ikki qismi sanoati rivojlangan mamlakatlarga, shu jumladan AŠSh 1/5 kismi, 1/3 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’ђri keladi. Xozirgi XVF a’zolarining soni 181 tadan ortiq. XVF boshqaruv organlariga kvotalar ulchamiga qarab mamlakatlar orasida ovoz taqsimlanadi. Barcha ovozning 46%i AŠSh va YeF davlatlariga tegishli, qolgan ovozlar rivojlanayotgan davlatlarga tegishli. XVF boshqaruv organi bo’lib boshqaruv kengashi hisoblanadi. U har yili bir marotaba qatnashuvchi mamlakat vakillari bilan birga to’planadi. XVFning ijro etuvchi organi bo’lib Direktorat hisoblanib u 6 a’zodan, ya’ni ko’proq kvotaga ega bo’lgan mamlakat a’zolaridan tashkil topgan. Shuningdek unga geografik belgiga ko’ra tanlab olingan olti a’zo ham hisobga olingan. XVFning majlis utkazuvchi organi bo’lib boshkaruv qo’mitasi – shu’ba qo’mitasi hisoblanadi va uning tarkibiga 22 ta mamlakat moliya vazirlari kiradi. XVF kreditlari bo’linadi: XVFning zaxira pozisiyasi chegarasida turuvchi mamlakatlarga beriladigan kredit. Tulov balansi defisitini qoplash uchun mamlakatlar valyuta fondidan qarz olishlari mumkin. Bu qarz milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish yo’li bilan 3-5 yil muddatga olinadi. Ssudaning to’lanishi esa aksincha bo’ladi. Milliy valyuta erkin konverterlanadigan valyutada sotib olinadi. 25% kvota atrofida mamlakat kreditni cheklashlarsiz olishi mumkin. Shuningdek oltin fond me’yorida belgilangan kredit hajmida xorijiy valyutada kredit olishi mumkin. Bu kredit salmogi 200 % kvotadan oshmasligi kera
Yuqori zahira ulushiga beriladigan kredit. Bunday ssudalar mamlakat valyutasining iqtisodiy holatini o’rganib chiqib XVFning barqarorlashtirish chora-tadbirlari talabini bajargandan so’ng beriladi. XVFning barqarorlashtirish dasturi ichki kreditlarni chegaralash, byudjet xarajatlarini kamaytirish kabi masalalarni hal qiladi. Biroq XVFdan kredit olish mamlakatlarga xususiy banklardagi kreditlarni xisob-kitob qilish imkonini beradi. XVF davlatlararo valyuta-kredit munosabatlarini boshqarishda asosiy o’rin egallaydi. Brutton Vudsdagi kelishuvga binoan fond oldiga a’zo mamlakatlar valyuta paritetlarini boshqarish va qullab – quvvatlash, valyuta kurslarini boshqarish vazifasi qo’yilgan.
Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki (YeKTTB) 1990 yilning 25 mayida Fransiya Prezidentining tashabbusi bilan dastlab Parijda tashkil topdi. F.Mitteran yevroparlamentning 1989 yil 25 oktyabridagi yiђilishida-«Men boshkalarni ham roziligiga ishonib shuni aytamanki, Yevropa uchun, balki butun jahon uchun ham ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropada nimalar bo’layotganini. Yevropada nimalarga erishish mumkin? Bundan ko’proqga? Nima uchun Yevropa bankini to’zish mumkin emas» - degan edi. Bank 1991 yilni 28 martidan o’z faoliyatini boshladi. Bank boshkaruvchilarining birinchi yiђilishi 41 ishtirokchi mamlakatlar vakillari ishtirokida 15-17 aprel (1991 y) kunlari Londonda utkazilib unda dastlabki Prezident va direktorat saylandi. Aynan 1991 yil 15 apreldan boshlab bank operasiyalarni amalga oshirishni rasman boshlagan, iyun oyida esa birinchi loyiha ma’qullandi.Bankning 1991 yil aprelidan 1993 yilning iyunigacha dastlabki Prezidenti bo’lib Jak Attali, 1993 yil sentyabridan – 1998 yilning yanvarigacha Jak de Larozyer, 1998 yilning sentyabridan 2000 yilning apreligacha Xorst Keller va 2000 yilning iyulidan Jan Lemyer unga raxbarlik qilmoqda. O’zbekiston YoKTTB ga 1992 yilning 30 aprelidan a’zo hisoblanadi. 1994 yilda Toshkentda bankning vakolatxonasi ochilgan Kenji Nakazova raxbarligida. Xozirgi vaqtda bankning 60 mamlakatdan 62 aksioneri mavjud. Bankning jami kapitali 19448,8 mln. yevroni tashkil etadi, shundan O’zbekistonning xissasi 42 mln. yevroni (0,21%) tashkil etadi. Unda AŠShning xissasi 10,32%. Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniyalarni har birining xissasi 8,76% dan, Rossiyaniki 4,13 fozni tashkil etadi.
Bankning asosiy maqsadi sobiq sosialistik mamlakatlarga rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishga xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tarkibiy va tarmoq islohatlarini amalga oshirish, ularni jahon hamjamiyati integrasiyasiga ko’maklashish Xarakat miqyosi Markaziy Yevropadan Markaziy Osiyogacha bo’lgan o’tish iqtisodiyotdagi mamlakatlar. Bank bilan O’zbekistoning birinchi 60 mln. $ lik krediti respublikamiz Prezidentining 1993 yilda Buyuk Britaniyaga qilgan rasmiy safari vaktida YeKTTB shtab-kvartirasida bulishida kichik va urta biznesni rivojlantirish bo’yicha imzolangan, bank bilan O’zbekiston imzolagan ikkinchi kredit liniya 1996 yilda ochiq iqtisodiyotni rivojlantirishga 120 mln $ xajmida bo’lib uni 60 mln $, O’zbekiston milliy banki, 30 mln $ Asaka bank, 15 mln $ Sanoat qurilish banki va yana 15 mln $ Paxta bank orqali foydalanilgan. Uchinchi kredit liniya keyingi yillarda tijorat banklari orqali 100 mln $ hajmda bo’lgan va xozir ham bank bilan respublikamizni aloqalari (keyingi 10 yilda 1,4 mlrd. dollar, 10 loyixa) yanada rivojlanmoqda. Bankdan olingan kreditlar orqali «O’zbeklizing interneyshnl AV» kompaniyasi to’zildi. Uning ishtiroki bilan O’z DEU bank faoliyat ko’rsata boshladi, Zarafshon-Nyumen qo’shma korxonasiga, «O’zbekneftgaz» ga, Xitoydan 12 elektrovoz olishga, Toshkent aeroportini qayta qqrishga,Toshkent lokomotiv deposini qayta kurishga va boshqalarga foydalanilgan. 2002 yilda bank umumiy xolda eng ko’p 102 loyiha 3,9 mlrd. Yevro miqdorida kredit ajratib, o’zini tarixida rekord natijaga erishdi. Uning 1,29 mlrdi (33%) Rossiyaga, 1,27 mlrdi utish davridagi mamlakatlarga (Markaziy Yevropa va Boltiqbuyi respublikalari – 32%), 1,35 mlrdi (35%) Markaziy Osiyo (6%), janubiy va sharqiy yevropa (22%) va kavkaz mamlakatlariga (7%) to’ђri keladi.
Bank boshqaruvchilarning 2003 yil 3 – 5 may kunlari Toshkentda utkazilgan un ikkinchi yillik yig'ilishida (yig'ilishlarning 6 tasi Londonda, 1 tadan Budapesht, SankPeterburg, Sofiya, Kiyev, Riga, Buxaristda o’tkazilgan) quyidagi 3 ta shartnoma imzolangan.
1. YoSHTTB va Shvesariya o’rtasida. Unga asosan Shvesariya Andijonni istish tizimini qayta qurishga 4,3 million dollar ajratadi. Shu maqsadga Yaponiya ham 1,5 million dollar ajratadi. Bundan tashkari Shvesariya 3 million yevro hajmda O’zbekiston va Šozoђistonga konsalting xizmati uchun kredit ajratdi.
2. Asaka bank orqali kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishga 15 million dollar hajmda kredit liniyasi kelishilgan.
3. YoSHTTB – Aziya invest banki, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari o’rtasida savdo operasiyalari uchun bir million dollar hajmda kredit ajratish kelishilgan.
Xozirgi vaktda YoSHTTB orqali mikrokreditlar olish Paxta bank, Ipoteka bank, Ipak yo’li va Hamkor bank orqali yo’lga qo’yilgan bo’lib bank bo’linmalari mijozning biznesini baholab, uni faoliyatini o’rganib kredit ajratadilar. Bunda uning xususiyatlari
1. Ming dollargacha naqd xolida berilishi mumkin.
2. Garov shaklida xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar bo’lishi mumkin va uni rasmiylashtirish juda oddiy.
3. Kredit berishda mijozni moliyaviy holati birinchi o’rinda turadi, garov esa undan keyingi o’rinda.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966 yilda Osiyo va Tinch okean mintaqasi mamlakatlarida kambaђallikni qisqartirish maqsadida Filippinning Manila shaxrida tashkil etilgan. Bank xukumat va xususiy korxonalarga kredit beradi. Kredit loyiha qiymatining 25% idan yoki 75 mln. AQSh dollaridan oshmagan holda beriladi. Ќar bir loyiha uchun garov talab etadi.
O’zbekiston OTB ga 1995 yilda Markaziy Osiyoda 15-chi, a’zo mamlakatlar ichida 22-chi bo’lib a’zo bo’lgan. OTB xalqaro moliya instituti bo’lib xozir 63 a’zoga ega.
Bugungi kunda respublikamizda kredit shaklida amal qilayotgan chet el va xalqaro molyaviy tashkilotlar investisiyalarining 33,6 %i OTB ga to’g'ri kelmoqda. Bankning mablag'lari asosan ikki yo’nalishda - maxsus fond orqali va oddiy fond orqali beriladi. Maxsus fond mablaђlari kam rivojlangan a’zo mamlakatlarga imtiyozli kredit berish va texnik yordam ko’rsatishga yo’naltirilsa, oddiy fond mablag'lari tijorat yo’nalishidagi kreditlar yuqori foiz stavkasi bilan 10-15 yilga beriladi. OTBning O’zbekistonga ajratgan qarzlari muddati asosan 25 yilga muljallangan bo’lib ularni 5 yili imtiyozli davrni tashkil etadi. OTB mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga, jumladan, Amu-zang kanallarini irrigasiya tizimini qayta qurishga 73,2 mln. AQSh dollari hajmida, don ekinlari unumdorligini oshirish maqsadida 26 mln. AQSh dollaridagi loyihalarga kredit bergan. OTB bilan O’zbekiston o’rtasida 2001 yil 11-yanvardagi «O’zaro hamkorlik to’ђrisidagi memarandum»ga muvofiq qishloq joylarda kredit uyushmalarini takomillashtirish va qisqa muddatli yordam ko’rsatish maqsadida 150 mln. AKSh dollarida grant loyihalarni amalga oshirmoqda Bu tajriba asosida Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida kredit uyushmalariga kredit yordami kursatish muljallangan. 2003 yilda kichik biznesni rivojlantirishga 15 mln. AQSh dollarida kredit berilgan. OTB ning 2004-2006 yillardagi dasturiga ko’ra respublikamizga har yili 100-150 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratish muljallangan.
Xulosa
Dunyo sanoat jamiyatining shakllanishi va rivojlanishining qariyb ikki asrlik davrida ko'plab davlatlar iqtisodiyotni inqirozlarini boshdan kechirdilar, bu davrda ishlab chiqarishning o'sishi, bozorda sotilmagan tovarlarning to'planishi, narxlarning pasayishi, o'zaro hisob-kitoblar tizimining qulashi, bank tizimlarining qulashi, sanoat va savdo kompaniyalarining vayron bo'lishi, ishsizlikning keskin sakrashi. Ixtisoslashgan adabiyotlarda iqtisodiy inqiroz tovarlar va xizmatlarga talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblik sifatida tavsiflanadi. Inqirozlar insoniyat jamiyatining butun tarixi bilan birga keladi. Dastlab ular XIX asrning o'rtalaridan boshlab qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishda krizis sifatida namoyon bo'ldilar - sanoat ishlab chiqarishi va to'lov qobiliyatiga ega talab o'rtasidagi muvozanatni buzish.
XX asrgacha bo'lgan iqtisodiy inqirozlar bitta, ikki yoki uch mamlakat bilan cheklanib, keyin xalqaro xarakterga ega bo'la boshladi. So'nggi o'n yilliklarda jahon hamjamiyati global inqirozlarning oldini olish mexanizmlarini (iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirish, xalqaro moliyaviy tashkilotlarni yaratish, monitoring va boshqalar) yaratganiga qaramay, jahon iqtisodiy kataklizmlari tarixi shuni ko'rsatadiki, ularni aniq bashorat qilolmaydi va hatto undan qochadi. mumkin emas Deyarli ikki asr davomida Evroosiyo va Amerikada iqtisodiy inqirozlar taxminan 20 marta ro'y bergan. Jahon ilk bor deyarli barcha mamlakatlarga ta’sir ko’rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga duch keldi. 2008 yilning noyabrida Vashingtonda va 2009 yilning aprelida Londonda dunyoning yetakchi 20 davlati ishtirokida bo’lib o’tgan sammitida moliyaviy-iqtisodiy inqirozning global ko’lamini tasdiqlash bilan birga, undan chiqish uchun dunyoning barcha davlatlari birgalikda izlanish va ularning sa’y harakatlarini movofiqlashtirish zarurligini ko’rsatadi.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini ­o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. 2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi ­-­ minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotimiz tarmoqlariga epidemyaning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi ayni muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq moliyalashtirish manbasini belgilab berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Т., «0‘zbekiston», 1992.
2. O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «0‘zbekiston», 1997.
3. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «O‘zbekiston», 1997.
4. O‘zbekiston Respublikasining «Bank siri to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «O‘zbekiston», 2003.
5. O'zbekiston Respublikasining «Kredit uyushmalar to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «O‘zbekiston», 2003.
6. O‘zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrir). Т., «O‘zbekiston», 2003.
7. O‘zbekiston Respublikasining «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «O‘zbekiston», 2006.
8. O‘zbekiston Respublikasining «Mikrokredit tashkilotlari to'g'- risida»gi Qonuni. Т., «O‘zbekiston», 2007.
9. 0‘zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «0‘zbekiston», 2007.
10. 0‘zbekiston Respublikasining «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi Qonuni. Т., «O‘zbekiston», 2007.
11. I.A. Karimov. O‘zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o‘ziga xos yo‘li. Т., «O‘zbekiston», 1993.
12. I.A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. Т., «O‘zbekiston», 1995.
13.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi” . 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli farmoni
14.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 28.
15. O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” gi (yangi tahriri) Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. I – 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – B. 23–47.
16. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. 1995 yil 21 dekabr. O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – B. 7–29.
17 . O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 1996 yil 25 aprel. O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – B. 30–46.
18. Bobaqulov T.I., Abdullayev U.A. Isakov J.Ya. “Monetar siyosat” Darslik. –“Iqtisod-Moliya”, 2019. 274 b.
19. T.I.Bobakulov, U.A.Abdullayev, R.T.Shomurodov. Monetar siyosat. O’quv qo’llanma. –Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2018 йил. – 224 bet.
20. Bobaqulov T.I., Abdullayev U.A. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” Darslik. – “Iqtisod-Moliya”, 2019. 241 b.
21. Абдуллаева Ш., Азизов У., Давирова Ш. Международные валютно-кредитные отношения: Учебное пособие. – Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2020 г. – 736 .
22. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. “Pul va banklar”. Darslik. – T.: “IQTISODMOLIYA”, 2018 y. – 351 b.
23. Rashidov O.Y., Alimov I.I., Toymuhamedov I.R., Tojiev R.R. Pul, kredit va banklar. Darslik. – T.: TDIU. 2018 y. – 428 b. 7. Аbdullаyevа SH.Z. va boshqalar. “Pul vа bаnklаr” Dаrslik. T.: - “IQTISODMOLIYA”, 2019 y.
Download 100.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling