Mavzu: moliyaviy natijalar hisobi reja: Kirish. Asosiy qism
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy natijalar hiobi ed 22222
№4-misol.
Faraz qilaylik, 2019 yil hisobot davri uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2 shakl)da buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning soliqdan oldingi buxgalteriya foydasi 140 000 000 so‘m miqdorida aks ettirildi. Buxgalteriya hisobi uchun vakillik xarajatlari 20 000 000 so‘mni tashkil etdi va soliqqa tortish maqsadlari uchun ular 14 0000 000 so‘m (doimiy farq – 6 000 000 so‘m) miqdorida olinishi mumkin. Hisobot davri oxirida bank krediti bo‘yicha hisoblangan va to‘lanmagan foizlar summasi 8 000 000 so‘mni tashkil etdi (8 000 000 so‘mning chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqi bor). Buxgalteriya hisobi maqsadlarida asosiy vositalarga eskirish summasi 53 333 300 so‘mni tashkil etdi. Foydani soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajat qilib olinadigan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 26 666 700 so‘mni tashkil etadi (26 666 600 so‘m miqdorida soliq solinadigan vaqtinchalik farq mavjud). Misol ma’lumotlarini jadvalda aks ettiramiz: № pp Daromad va xarajatlar turlari Buxgalteriya foydasi (zarar) ni hisoblash uchun hisobga olingan summalar, so‘m Foyda (zarar)ni soliqqa tortish uchun hisobga olinadigan summalar, so‘m Yuzaga keladigan farqlar hisobot davri, so‘m 1 Vakillik xarajatlari 20 000 000 14 000 000 6 000 000 (DF) 2 Kredit bo‘yicha hisoblangan, ammo to‘lanmagan foizlar 8 000 000 - 8 000 000 (VF) 3 Amortizatsiya qilinadigan mol-mulkka hisoblangan amortizatsiya summasi 53 333 300 26 666 700 26 666 600 (VF) Yuqoridagima’lumotlarasosida, shartlifoydasolig‘ixarajatlarnivajoriyfoydasolig‘inihisoblaymiz. Shartlifoydasolig‘ihisobotdavridaolinganbuxgalteriyafoydasinifo ydasolig‘istavkasibilanko‘paytirishnatijasidaaniqlanadi: 140 000 000 so‘m*15 % / 100% = 28 000 000 so‘m. Doimiy soliq majburiyati900 000so‘m (6 000 000 so‘m*15 % / 100 %)ni tashkil etdi. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i 5 199 990 so‘m ((8 000 000 so‘m+ 26 666 600) *15 % / 100 %)ni tashkil etdi. Yuqoridagi formula asosida joriy foyda solig‘i bo‘ladi: (28 000 000 so‘m + 900 000 so‘m + 5 199 990 so‘m) = 34 099 990 so‘m. №4-misol. ma’lumotlaridan foydalanib, joriy daromad solig‘ini hisoblash sxemasi buxgalteriya hisobida quyidagi operatsiyalar bo‘yicha aks ettirilishi mumkin: № Xo‘jalik operatsiyalari mazmuni Summa, so‘m Hisobvaraqlar bog‘lamasi debet kredit 1 Hisobot davri uchun hisoblangan shartlifoyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar summasi aks ettiriladi 28 000 000 9810 6410 2 Vakillik xarajatlari bo‘yicha doimiy soliq majburiyati summasi aks ettiriladi 900 000 9810 6410 3 Kredit uchun foizlar bo‘yicha kechiktirilgan soliq aktivining summasi aks ettiriladi 1 200 000 0950 6410 4 Hisoblangan amortizatsiya uchun kechiktirilgan soliq aktivining summasi qayd etiladi 3 999 990 0950 6410 Buxgalteriya hisobi maqsadlarida shakllantirilgan joriy foyda solig‘i summasi 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (foyda solig‘i bo‘yicha)”hisobvarag‘idagi qoldiq sifatida aniqlanadi, bu hisobot davrida 34 099 990 so‘mni tashkil etadi. Olingan ma’lumotlar asosida, hisobot davri sof foydasini (SF) hisoblash mumkin bo‘ladi, buning uchun buxgalteriya ma’lumotlari asosida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (BF)summasidan shartli foyda solig‘i xarajatlari (ShSX), doimiy (vaqtinchalik) farqlar (DF) bo‘yicha tartibga solib (korrektirovka), o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi: SF = BF – ShSX - DF SF = 140 000 000 so‘m– 28 000 000 so‘m–900 000so‘m – 1 200 000 so‘m – 3 999 990 so‘m = 105 900 010so‘m. Joriy daromad solig‘i qiymatini aniqlash usuli korxonaning hisob siyosatida belgilanadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling