Mavzu: moliyaviy natijalar hisobi reja: Kirish. Asosiy qism
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy natijalar hiobi ed 22222
- Bu sahifa navigatsiya:
- №3-misol.
№2-misol.
Faraz qilaylik, hisobot davrida korxona vakillik xarajatlari uchun 20 000 000 so‘m sarflagan. Biroq, foyda solig‘i maqsadlari uchun, normalarda vakillik xarajatlari faqat 14 000 000 so‘m miqdorida qabul qilinishi mumkin. Buxgalteriya hisobida vakillik xarajatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘liq, va soliq hisobidaesa faqat uning normativ qiymati doirasida, ya’ni 14 000 000 so‘mga tan olinadi. Buxgalteriya foydasini shakllantirish bo‘yicha, soliqqa tortish maqsadlarida qabul qilingan xarajatlarga nisbatan ortiqcha xarajat paydo bo‘lyapti, chunki soliq hisobida vakillik xarajatlariga cheklovlar mavjud.Buning natijasida buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o‘rtasida doimiy farq paydo bo‘ladi. Misolimiz shartlariga ko‘ra, vakillik xarajatlari me’yoridan ortiqligi hisobot davrida 6 000 000 so‘m miqdorida doimiy farq bo‘lishiga olib keldi. Bu doimiy farq doimiy soliq majburiyati paydo qiladi, uni doimiy farq summasini belgilangan foyda solig‘i stavkasi bilan ko‘paytirish natijasida aniqlanadi: 6 000 000 so‘m * 15 % / 100 % = 1 000 200 so‘m. Hisobot davri uchun byudjetga to‘lanadigan foyda solig‘i summasi ushbu summaga oshirilishi lozim. №3-misol. Faraz qilaylik, asosiy vositalar ob’ekti boshlang‘ich qiymati 160 100000 so‘m hisobga olindi. Korxonada boshqa asosiy vositalar ob’ekti mavjud emas. Ob’ektning foydali xizmat muddati 60 oy (5 yil) deb qabul qilingan. Ushbu asosiy vositalar ob’ektining amortizatsiyasi buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun kamayib boruvchi qoldiq usuli bilan, foydani soliqqa tortish uchun esa – chiziqli usul bilan hisoblanadi deb faraz qilaylik. Bundan tashqari asosiy vositalarning eskirishi natijasida quyidagi ma’lumotlar mavjud,deb taxmin qilaylik: Ko‘rsatkichlar Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun, so‘m Soliq hisobi maqsadlari uchun, so‘m Asosiy vositalarning ob’ekti 2019 yil 14 fevralda 60 oylik foydali xizmat muddati bilan buxgalteriya hisobiga qabul qilindi. 160 000 000 160 000 000 2019 yilga hisoblangan amortizatsiya summasi 53 333 300 26 666 700 2020 yil 1 yanvar holatiga asosiy vositalar ob’ektining balans qiymati 106 666 700 133 333 300 Jadval ma’lumotlariga ko‘rabuxgalteriya hisobi maqsadlari uchun hisoblangan eskirish summasi foyda solig‘i maqsadlari uchun eskirish summasidan oshib ketishi ko‘rsatilgan, shuning uchun 26 666 600 so‘m (53 333 300 – 26 666 700) miqdorida chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farq mavjud. Bu farq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i paydo bo‘lishiga olib keldi: 26 666 600 so‘m * 15% / 100% = 4 000 000 so‘m. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling