Mavzu: moliyaviy natijalar hisobi reja: Kirish. Asosiy qism
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy natijalar hiobi ed 22222
Nazorat savollari 1. Asosiy faoliyat foydasi qanday aniqlanadi? 2. Buxgalteriya foydasi bilan soliq foydasining farqi nimada? 3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish sarflari nimalardan iborat? 4. M a’muriy-boshqaruv sarflarini hisobga olish qanday amalga oshiriladi? 5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflami hisobga olish qanday amalga oshiriladi? 6. Daromadlami tan olish va ulaming tarkibi nimalardan iborat? 7. Moliyaviy natija deganda nimani tushunasiz? 8. Moliyaviy natijalaming shakllanishi va taqsimlanishi tartibi haqida nimalami bilasiz? 9. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi qanday tashkil qilinadi? 10. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobining xususiyatlari nimalarda o ‘z ifodasini topadi? 11. Davr xarajatlari hisobini tashkil qilishning dolzarbligi nimada? 12. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar tarkibiga nimalar kiradi? 13. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobining xususiyatlari nimalarda aks etadi? 14. Favqulodda foyda va zararlar tarkibi nimalardan tashkil topgan? 15. Yakuniy moliyaviy natija hisobini yuritish qanday tashkil qilinadi? Misollar: №1-misol. Aksiyadorlik jamiyati (AJ) 2019 yil 1 iyulda ta’sis hujjatlaridasummasi 4 000 000 000 so‘m bo‘lgan ustav kapitali qiymati ro‘yxatga olingan.Aksiyadorlikjamiyatiningta’sischilarisifatidato‘rttaaksiyadore’tirof e tildi. Kompaniya ta’sischilari o‘zaro yozma bitim tuzdilar, unda jamiyatni tashkil etish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi,ta’sischilar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar toifalari va turlari, ularni hajmi va to‘lash tartibi, ta’sischilarning jamiyatni tuzish bo‘yicha huquq va majburiyatlari belgilandi. Har bir aksiyadorulushi jamiyatning ustav kapitalida to‘rtdan bir qismini tashkil etdi. Jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan ustav kapitali uchun 40 000 dona nominal qiymati 5 000 so‘m bo‘lgan imtiyozli aksiya va 760 000 dona qiymati 5 000 so‘mlik oddiy aksiyalar chiqardi. 2019 yil 15 iyulda ta’sischilarning aksiyadorlik jamiyatiga bo‘lgan qarzining bir qismi to‘landi. Aksiyadorlar tomonidan quyidagi aktivlar kiritildi: - 1 200 000 000 so‘m summada asosiy vositalar; - 1 000 000 000 so‘m summada tovar moddiy zahiralar; - kassaga 6 000 000 so‘m miqdorida naqd pul; - hisob-kitob hisobvarag‘iga 1 194 000 000 so‘m miqdorida pul mablag‘lari qabul qilindi. Shunday qilib, ta’sischilar tomonidan mavjud qarzlarini qoplash uchun aktivlarni shakllantirish bo‘yicha umumiy qiymati 3 400 000 000 so‘mlik moddiyboyliklar qabul qilindi. Buxgalteriya hisobida bu operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi: № Xo‘jalik operatsiyalari mazmuni Summa, so‘m Hisobvaraqlar bog‘lamasi Debet Kredit 1 Jamiyatning ustav kapitali (UK) e’lon qilindi 4 000 000 000 4610 8310 2 Ta’sischilar tomonidan ulush sifatida berilgan asosiy vositalar muassislar tomonidan kelishilgan qiymat bo‘yicha boshlang‘ich qiymat bilan hisobga qabul qilindii 1 200 000 000 0100 4610 3 Ta’sischilar tomonidan berilgan moddiy zahiralarning haqiqiy tannarx bo‘yicha hisobga qabul qilindi 1 000 000 000 1000 4610 4 Ta’sischilar tomonidan ulush hisobiga berilgan naqd pullar kassaga qabul qilindi 6 000000 5010 4610 5 Ta’sischilar tomonidan ulush hisobiga o‘tkazilgan pul mablag‘larihisob-kitob hisobvarag‘iga qabul qilindi 1 194 000 000 5110 4610 2019 yilning III choragi bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari asosida aksiyadorlik jamiyati 440 000 000 so‘mlik sof foyda qayd etdi. Dividendlarni to‘lash uchun sof foydaning 50% ini, ya’ni 220 000 000 so‘mni, ajratishga qaror qilindi. Birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Har bir imtiyozli aksiyaga belgilangan 1 000 so‘mlik dividend to‘lash ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, aksiyadorlik jamiyat imtiyozli aksiyalariga 40 000 000 so‘m (40 000 dona imtiyozli aksiyalar * 1 000 so‘m) ajratadi va 180 000 000 so‘m (220 000 000 so‘m – 40 000 000 so‘m) oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ajratadi. Lekin shu bilan birga dividendlar barcha oddiy aksiyalargaemas, balki faqat uning to‘langan qismi bo‘yicha to‘lanadi. Bizning misolimizda ta’sischilar o‘z qarzini to‘la to‘lamaganini ko‘ramiz: ustav kapitali 4 000 000 000 so‘m miqdorida e’lon qilingan edi va faqat 3 400 000 000 so‘m miqdorida to‘langan. Shunday qilib, shakllangan ustav kapitali miqdori 3 400 000 000 so‘m, 600 000 000 so‘m to‘lanmagan kapital miqdoriga teng va shuning uchun ularning miqdori bo‘yicha dividendlar to‘lanmaydi. To‘lanmagan ustav kapitali summasini bilib, to‘lanmagan aksiyalar sonini aniqlaymiz: 120 000 ta oddiy aksiyalar (600 000 000 so‘m /5 000 so‘m). Binobarin, to‘langanaksiyalar soni 640 000 ta oddiy (to‘langan) aksiya (760 000 ta oddiy aksiya – 120 000 ta oddiy (to‘lanmagan) aksiya) teng bo‘ladi. Bitta oddiy aksiyaga dividendlar summasi281,25so‘mga (180 000 000 so‘m /640 000 oddiy (to‘langan) aksiyalar) to‘g‘ri keladi. Buxgalteriya hisobida bu operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi: № Xo‘jalik operatsiyalari mazmuni Summa, so‘m Hisobvaraqlar bog‘lamasi Debet Kredit 1 Jamiyat ta’sischilariga ularni imtiyozli va oddiy aksiyalariga mos ravishda 40 000 000 so‘m va 180 000 000 so‘m dividendlar hisoblandi 220 000 000 8710 6610 2 Dividendlar bo‘yicha daromad solig‘i hisoblandi, 5% (2020 yil) 11 000 000 6610 6410 3 Ta’sischilarga aksiyadorlik jamiyati kassasidan dividendlar to‘landi 209 000 000 6610 5010 Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling