mavzu: Moliyaviy siyosat Reja Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari


Download 293.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana08.11.2023
Hajmi293.25 Kb.
#1755516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza Moliyaviy siyosat

Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq 
etishning) asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: 
-pirovard maqsadga bog‘liqlik; 
-xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi 
(muvozanatliligi, mutanosibligi); 


-jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi); 
-real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni 
hisobga olish. 
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari 
va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni 
mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga 
yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida 
moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya 
qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi. 
О‘z-о‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bо‘lishi mumkin emas. 
Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) 
manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq 
vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir kо‘rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish 
(korrektirovka qilish) bо‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun 
jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan 
(taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bо‘lgan 
masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin 
yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bо‘lmoq lozim. 
Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning 
aniq mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun 
qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va 
hayotning о‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik kо‘p (yuqori darajada) hisobga 
oladigan bо‘lsa, uning natijaliligi shuncha yuqori bо‘ladi. 
Bir vaqtning о‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati) 
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli 
qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bо‘lgan 
ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda 
ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy 
siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir 
kо‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining 
ishlab chiqilishiga bevosita bog‘liq. 
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini 
shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy 
resurslar har qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq 
ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning 
moliyaviy ahvoli tо‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik 
davlatda moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli 
bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z vaqtida beriladigan, hamma 
olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog‘i lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan moliyaviy 
munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. 
Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: 
-moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, 



Download 293.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling