mavzu: Moliyaviy siyosat Reja Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari


Download 293.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana08.11.2023
Hajmi293.25 Kb.
#1755516
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza Moliyaviy siyosat



2-Mavzu:Moliyaviy siyosat 
Reja 
1 Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari. 
2 Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy 
siyosatiga asoslanishi.
3 Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy 
element hisoblanishi.
4 Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi 
mustaqil faoliyati ekanligi. Uning davlatning u yoki bu iqtisodiy va 
sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlashga qaratilganligi. 
5 Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari. Byudjet siyosati, soliq 
siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, 
sotsial moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi 
omillar, uning faqat byudjet jarayoniga tegishli emasligi. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga 
asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng 
asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar 
sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar 
bilan ta’minlashga qaratilgan. 
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan 
jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy 
siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas. 
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir 
ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki 
ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat 
tо‘g‘risida gapiriladi. 
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, 
bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini 
amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy 
soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega 
emas. 
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch eementlardan tarkib 
topadi: 
-bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir 
davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bо‘lgan 
istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish; 
-qо‘yilgan vazifalarni echishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. 
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz 
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 
ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga 


yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat 
deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: 
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va 
metodologik prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi 
uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan davlat 
organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir 
necha xavfni mujassam etadi.
Buning boisi shundaki, illiy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g‘risidagi 
jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va 
funksiyalari 
ham 
о‘zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat 
iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarini tenglashtirish va shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va 
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha 
qolmoqda.
Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish 
vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-
о‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan 
mamlakatning aholisi va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari о‘rtasida 
qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi. 
Masalan, kо‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat 
organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali 
ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga 
olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansayu, moliyaviy siyosat 
uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari 
uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat 
hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq 
etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi. 

Download 293.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling