mavzu: Moliyaviy siyosat Reja Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari
Download 293.25 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza Moliyaviy siyosat
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni,
shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash vositasida (yordamida), ya’ni, byudjet mablag‘lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol indeksiga mufoviq oshirish yо‘li bilan ta’minlanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir о‘tkazishning asosiy uslublari bо‘lib, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyot hozirgi bosqichining moliya siyosati moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Xо‘jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab- ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yо‘lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik kо‘rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yо‘naltiriladigan moliya resurslarining о‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat kо‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit о‘zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo о‘sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya resurslarining muntazam о‘sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni nazarda tutadi. Byudjetga tushayotgan tо‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi xо‘jalik bо‘g‘inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan moliya siyosatining hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan о‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan “vertikal” uslubga qarama-qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali “gorizantal” qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag‘larning о‘tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi. Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va jamg‘armalarini jalb etish zarur. SHu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining hajmini kо‘paytiradi. Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) moliya resurslarining kо‘payganidagina о‘sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga о‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. Moliyaviy siyosatning tubdan о‘zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog‘i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xо‘jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida moliyaviy uslublardan foydalanish zarurati yо‘qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xо‘jalik moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g‘amxо‘rlik qilishga majbur qiladi. SHu bilan bir vaqtning о‘zida davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qо‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig‘ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Xо‘jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha talablarning sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni о‘z vaqtida bajarmaslik yoki tо‘liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog‘i lozim. Aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xо‘jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat kо‘rsatish, xо‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish, olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan. Davlat moliya mexanizmiga tub о‘zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga о‘tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay о‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug‘urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: kooperativ (shirkat) sug‘urtasi rivojlanyapti, aksionerlik sug‘urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug‘urtaning yangi turlari paydo bо‘layapti. Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani (asosni) yaratish bilan birga sodir bо‘layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Download 293.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling