Mavzu: Moliyaviy tahlil va uning reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
20-112
3. Respublikamizda moliyaviy tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari va ularning yechimlari. Moliyaviy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan chop etilga adabiyotlar soni shu darajada ko„pki, ularni o„rganish asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya‟ni xo„jalik yurituvchi sub‟ektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligi baholash doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) e‟tiboridagi muhim masalalrdan biri bo„lgan. Moliyaviy xolat va undagi o„zgarishlarni taxlil etish orqali nafaqat bo„lib o„tgan jarayonlarning samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi kutilishlari ham bashorat qilinadi. Bu esa raqobatbardosh iqtisodiyot sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar moliyaviy xolati va undagi o„zgarishlarni baholash, tahlil etishda O„zbekiston va xorij amaliyotining o„xshash jixatlari juda ko„p. Chunki global iqtisodiyot barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarni ishlab chiqilgan va amal etilmoqda. Ya‟ni xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona “biznes tili” rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va undagi o„zgarishlarni tahlil etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir xilda yuradi. Moliyaviy ma‟lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliyatiga to„g„ri baho berish muhim vazifadir. Kuni kecha 2022-yil 06-may kuni internet tarmoqlarida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e‟lon qildi 2021-yilda Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar qayd etilishicha, bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2117 tani tashkil etadi. Ulardan 347 tasi bo„lib to„lash sharti bilan sotilgan: Tahlil natijalaridan ko`rinib turibdiki bozor iqtisodi sharoitida hususiy, jamoa, qo„shma, kichik, hissadorlik, davlat va boshqa shakldagi mulkka ega bo„lgan korxonalar moliyaviy ahvolini o„rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o„z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, hususiy va qarz mablag„larining to„g„ri nisbatga bo„lishini ta‟minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo„g„inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarning moliyaviy holati ko„p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy taqsimlanish mexanizmiga bog„liqdir. Barqarorlik bo„lgan joyda barcha xo„jalik muomalalari va hisob-kitoblar o„z vaqtida bajariladi. Shu bois bozor sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va o„rganishga e‟tibor kuchaymoqda. Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o„rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish; - mablag„ va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to„g„ri yo„nalishda ishlatilganligini aniqlash; - hisoblashishishlarining o„z muddatida bajarilganligini o„rganish; - korxonaning o„ziga qarashli mablag„lari bilan qarz mablag„lari o„rtasidagi nisbat va aylanma mablag„larni manba bilan ta‟minlanganligini tekshirish; - moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqlash va to„lov qobiliyatiga baho berish; - korxona mulkining qadrligi va tez pulga aylana olish darajasini o„rganish; - aylanma mablag„lardan foydalanishga baho berish va korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo„yicha takliflar bayon etish va h.k Ayniqsa mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, maxsus va maqsadli mablag„lar, zahira jamg„armasi, foyda va zararlar, turli xil hisob-kitoblar, qiymatli qog„oz va veksellar bo„yicha ma‟lumotlardan ko„proq foydalaniladi. Bular xo„jalik faoliyatining to„g„ri boshqarilishi, uning moliyaviy barqaror bo„lishi va to„lov qobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta‟sir ko„rsatadi. Moliyaviy taxlil etishdagi o„xshash jixatlarni buxgalteriya xisobining muxim tamoyili bo„lgan mazmunning shakldan ustunligi tamoyili bilan izoxlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy hisobotlari bilan O„zbekistondagi xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmadi. Amalda tuzatiladigan va taqdim etiladigan moliyaviy xisobotning asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” rasmiy tuzilishi va mazmun bo„yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qiladi. Juda ko„p mualliflar xo„jalik sub‟ektlari moliyaviy holatiga baxo berishning muhim manbasi bo„lgan buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidik darajasi bo„yicha qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun xam tushunarli bo„lishi lozimligini qayd etadilar. Korxonalar moliyaviy xolatni O„zbekiston amaliyotida kompleks o„rganish amaliyotiga juda kam xollardagina murojaat qilinadi. Bironta manbada O„zbekistonning iqtisodida muxim lokomotiv hisoblangan korxonalar (Tog„ kon metallurgiya kombinatlari, O„zbekiston temir yo„llari, O„zbekiston havo yo„llari, avtomobilsozlik korxonalari misolidagi) ma‟lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi. Ko„pincha analitik xisob-kitoblar taxminiy, o„ylab manbalari asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o„zgarishlarda ham kuzatiladi. Vaholanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va tarmoq bo„g„inlari bo„yicha farqli jixatlariga ham alohida ahamiyat qaratiladi.Moliyaviy xisobotlarni tuzish va taqdim etish bo„yicha eng muxim muammolardan bittasi bu ular bo„yicha ma‟murchilik xarajatlarining xaddan tashqari ortib ketishi bilan bog„liqdir. Moliyaviy tahlilda kamchiliklarni bartaraf etishda eng muhi tarmoqlaardan biri bu albatta axborot tarmoqlaridir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling