Mavzu: Moliyaviy tahlil va uning reja
-jadval Moliyaviy tahlil bosqichlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
20-112
1-jadval
Moliyaviy tahlil bosqichlari 6 1-bosqich Tahlilning ob‟ekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi 2-bosqich Tahlil ob‟ekti tavsiflaydigan ko„rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi 3-bosqich Tahlil uchun zarur bo„lgan axborotlar yig„iladi va tayyorlanadi (ishonchligi tekshiriladi, taqqoslanma ko„rinishga keltiriladi) 4-bosqich Xo„jalik faoliyatining natijalari reja,o„tgan yil ilg„or korxonalar ko„rsatkichlari bilan taqqoslanadi 5-bosqich Omilli tahlil o„tkaziladi va natijaviy ko„rsatkichlarga ta‟sir etuvchi birliklar xisob- kitob qilinadi 6-bosqich Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanmaydigan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi 6 Raximov M.Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holatning tahlili. Uslubiy qo‘llanma. 7-bosqich Turli omillar ta‟sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni xisobga olib, xo„jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki unda faqat o„zgarish, rivojlanishning o„zigina emas, balki uning sabab-oqibat bog„lanishlari ham o„rganiladi. Ko„rsatkichlar va ularning o„zgarishiga ta‟sir etuvchi biriklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki unda faqat o„zgarishga ta‟sir etuvchi biriklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki, ko„rsatkichning nafaqat sabab-oqibat bog„lanishlardagi natijalari balki ularning kelgusidagi kutishlarini prognozlash imkoni ham tug„iladi. Ya‟ni moliyaviy tahlilda nafaqat real holat, balki uning kutilayotgan natijalari haqida ham ogoh bo„linadi. Moliyaviy tahlili metodining yana bir o„ziga xos tomoni o„rganilayotgan ko„rsatkichlarni o„zaro ta‟sirini va bog„liqligini aniq hisoblab ko„rsatib berishdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o„rganiladigan muayyan iqtisodiy ko„rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o„zaro bog„liqligi doimo e‟tiborda tutiladi. Tahlil muvaffaqiyatli chiqadi, qachonki, uning usullari to„g„ri tanlansa, ulardan ilmiy, ijodiy foydalanilsa. Bu omil o„rganilayotgan ob‟ektga dialektik yondashuvni talab etadi. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo„jalik faoliyatini o„rganib chiqishda barcha bog„liq tomonlarini hisobga olinishini anglatadi. oliyaviy tahlilning o„ziga xos xususiyatlarida moliyaviy analitiklar quyidagi muhim jihatlariga ahamiyat berishlari lozim. -operatsion jarayonning tashkil etilishiga; -naqd mablag„larning harakatiga; -boshqaruv maqsadliligiga; -tarmoq risklarini boshqarishga; -faoliyat ko„lamini o„rganishga; -yuridik maqomini o„rganishga Moliyaviy tahlilda qo„llaniladigan usullar: an‟anaviy (taqqoslash, balans, o„rtacha miqdorlar, zanjirli almashtirish, indeks, farqli, nisbiy ko„rsatkichli kabi) va iqtisodiy matematik (integral, chiziqli va chiziqsiz dasturlash, nazariy o„yin, korelyasiya va regretsiya; determinant, logarifm kabi) usullar. Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir. Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakllari asosida xo„jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy holatini o„rganishni xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo„lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontragentlar, mulk egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi: - tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko„pligi; - tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli tumanligi; - hisobga olish va hisobotlarning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarining belgilanganligi; - tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o„tkalishi; - qo„yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi; - axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi. Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma‟lumotlari asosida korxona aktivlari, o„z mablag„lari manbai va majburiyatlarining o„zgarishi, to„lov layoqati va likvidlilik darajasi, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish aktivligi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligi, foyda va rentabellik darajasi, pul oqimi va xususiy kapitalning o„zgarishlari, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi. Ichki moliyaviy tahlil – korxonaning ichki bo„limlari, xodimlari tomonidan o„tkazilib o„rganiladigan masalalarning ko„lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq etadi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o„rganiladigan masalalarning ko„lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha manbalari va hisobdan tashqari manbalarni ham kiritish mumkin. O„rganiladigan masalalar ko„lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o„ziga xos xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin. Ichki moliyaviy tahlilning o„ziga xos jihatlari: - tahlil subektlarining tor guruhi; - tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo„naltirilganligi; - teran moliyaviy tahlilni o„tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi; - tahlilni o„tkazish bo„yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish imkoniyatlari; - aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o„tkazish imkoniyati mavjudligi; - boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi. Moliyaviy tahlil mazmuni bo‘yicha to„liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy tahlil turlariga ajratiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling