Mavzu: Moliyaviy tashkilotlar Reja: Moliyaviy tashkilotlar haqida tushuncha. Xalqaro moliya tashkilotlari(xmt)


Download 21.8 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi21.8 Kb.
#1028170
1   2
Bog'liq
Dinamik referat

Xalqaro moliya tashkilotlari.
Mamlakatlararo tashkilotlarning tashkil topishi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’sirida boshlandi. Xalqaro tashkilotlar ishtirokchi mamlakatlar moliyaviy resurslarining birlashishi natijasida vujudga keladi. Bunday tashkilotlarning tashkil topishidan asosiy maqsad-hamkorlikni rivojlantirish, birlikni ta’minlash, qiyin vaziyatlarni stabillashtirishdir. Xalqaro valyuta va moliya-kredit tashkilotlarining faoliyat doirasi xalqaro valyuta va fond bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish, xalqaro savdoni qoʻllab-quvvatlash, investitsion faoliyatni, mamlakat loyihalarini kreditlash, fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga qaratilgan.
SHunday tashkilotlardan biri Jahon banki guruhidir. Jahon banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki;
Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankining uchta filiali: Xalqaro rivojlanish assotsatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Koʻp tomonlama investitsion-kafolat agentligi. Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar har biri mustaqildir, ammo ularni yagona boshqaruv organi birlashtirib turadi.
Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki-qashshoq, oʻrtacha yashash darajasiga ega, ammo toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan mamlakatlarni rivojlantirish uchun kreditlar beradi. U strategik maqsadlarni amalga oshiruvchi, a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini integratsiya qiluvchi tashkilot sifatida tan olingan.
Uning asosiy maqsadi- xususiy sektorni kreditlash, ammo soʻnggi yillarda u rivojlanayotgan mamlakatlardagi davlat tashkilotlarni ham kreditlab kelmoqda. Kreditlar 1-20 yilga beriladi. 0 yil davomida bank tomonidan 128 mamlakat ajratilgan kreditlarning umumiy miqdori 320 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bankning asosiy kreditlari infratuzilmani rivojlantirishga, qishloq xoʻjaligi va baliqchilikni, sanoatni qoʻllab-quvvatlashga 1% kreditlari ajratilgan, xolos.
Xalqaro rivojlanish assotsatsiyasi AQSH koʻmagida 1960-yilda tashkil topgan. Ushbu assotsatsiya Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankini toʻdirib, imtiyozga ega boʻlgan kreditlarni berish bilan shugʻullanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarga 1% miqdorida 10 yil imtiyozga ega boʻlgan 3-40 yilga kreditlar beriladi. Bunday kreditlar aholi jon boshiga YIM miqdori 60 AQSH dollaridan oshmagan mamlakatlarga beriladi. Bu assotsatsiyaga a’zo boʻlish uchun, eng avvalo, Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankiga a’zo boʻlish lozim.
Xalqaro moliya korporatsiyasi 196-yilda tuzilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi xususiy sektorning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Unga 174 ta mamlakat a’zo boʻlib, ushbu tashkilotning kreditlar uzogʻI bilan 1 yilga berilib, eng qimmat kreditlar hisoblanadi.
Investitsiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama agentlik Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki filiali sifatida 1988-yilda tuzilgan. Ushbu agentlikning maqsadi rivojlnayotgan mamlakatlarga oʻzining notijorat tavakkalchiliklarni sugʻurtalash orqali investitsiyalash. Agentlik ushbu tavakkalchiliklarga 1 yil kafolat beradi. Agentlik a’zosi boʻlish uchun Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankiga a’zo boʻlish lozim.
Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy moliya va texnik koʻmak manbai hisoblanadi. Islom taraqqiyot bankiga 1973 yilda asos solingan boʻlsa ham, u rasman ish faoliyatini 197 yilda boshlagan. Uning asosiy maqsadi musulmon diniga itoat etuvchi xalq va davlatlarning ijtimoiy rivojlanishiga koʻmak berish va 2020 yilga qadar jahon standartlari darajasidagi bankga aylanish.
Hozirgi davrda bankning asosiy ishtirokchilari 6 mamlakat boʻlib, ITB ularda quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi:
-loyihaviy moliyalashtirish;
-a’zo mamlakatlarda qashshoqlik darajasini kamaytirish;
-a’zo mamlakatlarning savdo-iqtisodiy rivoji;
-kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
-a’zo mamlakatlarda resurslarni mobillashtirish;
-islom moliya institutlari kapitalida ishtirok etish;
Uning ta’sischi mamlakatlari quyidagilar: Saudiya Arabistoni, Quvayt, Liviya, Turkiya, Birlashgan arab amirliklari, Misr, Indoneziya, Pakiston. Islom taraqqiyot banki tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
-Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi;
-Investitsiyalarni va eksport kreditlarini sugʻurtalash boʻyicha Islom korporatsiyasi;
-Islom tadqiqot va oʻquv institute;
-Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi.
Bankning xususiy kapitali 1 milliard islom dinorini tashkil etadi.
Bankning rasmiy ofislari unga a’zo 12 ta davlatda mavjud, shuningdek Oʻzbekistonda ham. ITB guruhiga quyidagilar kiradi:
-Islom taraqqiyot banki(197);
-Islom tadqiqot va oʻquv instituti(1981);
-investitsiyalarni sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash va eksportni -kreditlash islom korporayiyasi;
-xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi;
-Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi.
ITB tomonidan kichik biznesga yoʻnaltirilgan 170 ta loyiha amalga oshirilgan va 3300 ta yangi ish joylari tashkil etilgan.
Xalqaro valyuta fondi 1944 yilda AQSH da tashkil etilgan. Hozirgi kunda unga 187 ta davlat a’zo.
Xalqaro valyuta fondining asosiy vazifalari quyidagilar:
-xalqaro valyuta tizimini nazorat qilish;
-tashkilot a’zolari oʻrtasida valyuta kursining stabilliligini nazorat qilish va tartibga solish; yangi talablar, 2011 yil 1 yanvardan boshlab, bosqichma bosqich joriy etiladi.
Download 21.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling