Mavzu: Moliyaviy yangiliklar Reja: Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo‘llanilishi. Moliyaviy innovatsiyalar va moliya tiziminining o‘zaro bog‘liqligi


Download 6.86 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi6.86 Kb.
#1050025
  1   2   3
Bog'liq
1. Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo‘llanilis-fayllar.org


1. Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo‘llanilishi Moliyaviy yangiliklar

Mavzu: Moliyaviy yangiliklar

Reja:

Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo‘llanilishi.

Moliyaviy innovatsiyalar va moliya tiziminining o‘zaro bog‘liqligi.

1. Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo‘llanilishi

Moliyaviy yangiliklar markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilmaydi, balki ayrim insonlar yoki korxonalarning harakatlari natijasida yuzaga keladi.
Moliya sohasida innovatsiyalarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar inson faoliyatining boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq qilmaydi.


Moliya tizimi uchun moliyaviy yangiliklar nima uchun kerak?

    • Bizga ma’lumki, moliya tizimining muhim vazifalaridan biri korxona va uy xo‘jaliklariga xatarlarni boshqarish va moliyaviy operatsiyalarni bajarishda qulaylik yaratish hisoblanadi. Ushbu vazifalarning bajarilishida hozirgi kunda moliyaviy yangiliklar(innovatsiyalar)ni o‘rni beqiyosdir. Moliyaviy innovatsiyalarni qo‘llanilishi korxonalarning moliyaviy rejalariga, ularning imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham yodda tutish kerakki, moliyaviy innovatsiyalarni paydo bo‘lishi, samarali ishlashi moliya tizimidagi nomukammalliklarga barham berishga yordam beradi.

Moliyaviy yangiliklarni moliya tizimida qo‘llanishi tarixiga oid misol ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi kunda keng qo‘llaniladigan xalqaro sayohat kredit kartochkasini foydalanishni birinchi bo‘lib “Diners Clubkompaniyasi taklif etgan va amaliyotda qo‘llagan. Ushbu firmaning muvaffaqiyati yana ikki kompaniyani, bular “American Express” va “Carte Blanche”ni kredit kartochkalaridan foydalanishga o‘xshash dasturlarini mijozlarga taklif qilishga undagan. Lekin birinchi bo‘lib amaliyotda kredit kartochkalarini qo‘llashiga qaramay “Diners Club” kompaniyasi katta muvaffaqiyatga erishmaydi.


Hozirgi kunga kelib kredit kartochkalaridan foydalanish xizmat bozorida ikkita yirik “VISA” va “Master Card” kompaniyalari yetakchilardan hisoblanadi. “Diners Club” va “Carte Blanche” kompaniyalarining ulushi esa kredit kartochkalaridan foydalanish xizmat bozorida sezilarli darajada qisqargan.



Download 6.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling