o`tadigan irsiy belgilarni belgilaydi. Ba‘zi organizmlar orasida, asosan bir
hujayralilarda, ko`payish bilan bog`liq bo`lmagan holda genlarning gorizontal
o`tishi uchrab turadi.
Gen – irsiy axborot birligi bo`lib, genom yoki xromosomada ma‘lum o`rinni
egallagan va organizmda ma‘lum funksiyani nazorat qiladi.
Genning klassik belgilanishi: bitta gen – bitta belgi.
Shunday qilib, gen tushunchasi faqat DNK ni kodlanuvchi uchastkasi bilan
cheklanmaydi, balki o`z ichiga regulyator ketma-ketligini olgan keng miqyosdagi
konsepsiyani qamrab olgandir.
Genomning o`lchamini DNK uchastkalarining uzunligini odatda ming yoki
million juft nukleotidlarda hamda morganidlarda ko`rsatishadi. Keyingi usul
genlarni ulanishini tahlil qilishga asoslangan: genlar orasidagi masofa 1
santimorganid 0,01 morganid bo`lganda ular o`rtasidagi krossingover ehtimolligi
meyozda 1 % ga teng bo`ladi.
Tirik oragnizmlarning genomlari – viruslardan to hayvonlargacha – o`lchami
bo`yicha 6 darajaga farq qiladi: bir necha ming juft asosdan bir necha milliard juft
asosgacha.
Genlarning soni bo`yicha diapazon ancha qisqa: oddiy viruslarda 2-3 gendan
va ba‘zi bir hayvonlarda 40 ming gengacha bo`ladi.
Genomning o`lchami va genlarning miqdoriga qarab genomlar 2 ta sinfga
bo`linadi:
1) katta bo`lmagan kompakt genomlar, ular odatda 10 million juft asosdan
ko`p bo`lmaydi;
2) katta o`lchamdagi genomlar, ularning tarkibi 100 million juft asosdan ko`p
bo`ladi.
Genomikaning 5ta bo`limi mavjud:
1) Strukturaviy genomika;
2) Funksional genomika;
3) Solishtirma genomika;
4) Evolyutsion genomika;
5) Tibbiyot genomikasi.
Genomikaning uslublari:
Do'stlaringiz bilan baham: |