Mavzu: Mollyuskalarning tadqiqot usullari


bo`lib, turli xil makromolekulalarni identifikatsiya va nishonlash yordamida optik


Download 1.66 Mb.
bet8/9
Sana19.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1283891
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdullayeva Dilshoda genlarni tahlil qilish

bo`lib, turli xil makromolekulalarni identifikatsiya va nishonlash yordamida optik
va sedimentatsion uslublar qo`llanilmoqda.
Oxirgi o`n yillikda ma‘lumotlar nazariyasi asosida bioinformatika va
kompyuter genomikasi sohalari rivojlandi. Zamonaviy genetika uslublari turli xil
biologik tadqiqotlarda ishlatish mumkin. S.G.Inge-Vechtomov (1989-yil) to`g`ri fikr
‖Genetika zamonaviy biologiya asosidir. Xuddi shuningdek
kelajakda biolog bo`lmasdan turib genetik bo`lish mumkin emas va genetikani
bilmasdan zamonaviy biolog ham bo`lish mumkin emas‖ degan fikrni bildirgan.
Mantiqiy jihatdan asoslangan genetikaning rivojlanish davrlarini rus genetigi
N.P.Dubinin asoslab bergan. Genetika rivojlanish tarixidagi uchta farqlanadigan
davrlar ajratiladi:
- Klassik genetika epoxasi (1900-1930);
- Neoklassitsium epoxasi (1930-1953);
- Molekulyar genetika epoxasi 1953-yildan boshlanadi
Klassik genetika epoxasi. Bu davrdagi asosiy bo`lib o`tadigan voqealar,
kashfiyotlar quyidagilar:
- G.Mendel tajribalari va uning matematik tahlili; mantiqiy modelning
yaratilishi va genning disskretligining topilishi irsiy omilning abstrakt modelini
isbotlaydi.
- V.Iogansenn: organizmlar genotipi va fenotipi to`g`risidagi ta‘limoti.
- U.Betson: individlarning rivojlanishida genlarning o`zaro ta‘siri hodisasi.
- T. Morgan: Irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratilishi gen
xromosomalar material strukturasi sifatida xromosomalarni xaritalash uslubi.
- N.I.Vavilov: yangi genotiplarni yaratish va seleksiya uchun yer yuzidagi
genetik resurslarning mobilizatsiyasi ta‘limotini isbotlashdi.
Neoklassitsizm epoxasi - ikkinchi davr.
- Nadson Filippov Myoller tomonidan mutatsion jarayonlar radiatsiya
ta‘sirining kashf etilishi.
- Chetverikov tomonidan populyatsiyalar evolyutsiyasi va tuzilmasida
mutatsiyalarning chatishtirish va tanlash jarayonidagi ahamiyatining ochib berilishi.
-Dubinin, Romashov, 1931-1932Genetik avtomatlashtirilgan jarayonlar
nazariyasi
-Genlar dreyfi hodisasi (Rayt, 1931)
-tanlanishning genetik nazariyasi (Fisher, Xoldeyn, 1931-1935)
-Genlar parchalanishi (Drobimov) va uning chiziqli modeli (Dubinin
Serobrovskiy va boshqalar 1929-1934)
-Genlar ta‘sirining biokimyoviy asoslari –―bitta gen bitta ferment‖ aforizmi
(Bidl, Tatum, 1945)
-Tut ipak qurtida sitogenetik uslublaridan foydalanilgan holda jinslarni
boshqarish (Astaurov, 1937)
-Pnevmokokklarda transformatsiyalashuvchi DNK faolligining kashf etilishi
transformatsiya fenomenining ochib berilishi- bakteriyalarda irsiy belgilarning DNK
oqsilli ko`chirilish (Eyveri va boshqalar, 1944).
-T2 bakteriyalarda o`tkazilgan tajribalar DNK ning irsiyatda tutgan
ahamiyatining tasdiqlanishi (Xresh Cheyz, 1952).
Oxirgi ikkita kashfiyot genetikada tarixiy ahamiyatga ega bo`lib markazda
turgan qiziqishlarni boshqa tomonga burdi. Irsiyatda material oqsil emas, inson
xromosomalarida hamma yuqori tashkil etgan organizmlar bo`lgan bakteriyalarida
shuningdek ko`pgina virus va faglarda mavjud bo`lgan DNK molekulalari tan olina
boshlandi.
Klassik genetikasining yutuqlari qisqacha xotimasi.
Ushbu ko`rib chiqilayotgan davrda genlarning o`zaro ta‘siri va belgilar
to`g`risidagi tushuncha quyidagi sxemaga borib taqaladi.
Buning asosida genlar belgilar shakllanishini nazorat qiladi. Bunday
tushunchalar asoslanishining alternativ belgilarning gibridologik tahlili natijalari
sabab bo`lib morfologik belgilar- shakl, hajm, shuningdek tananing rangi
patogenlarga nisbatdan ta‘sirchanligi tahmin qilinadi. Bu belgi Mendel qonuni
bo`yicha irsiylanadi. Ular qaytmas bo`lib ontogenezda chidamli bo`ladi. Tashqi
muhit ta‘siri esa fenotipda modifikatsion o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Genetikaning eng muhim tushunchalarini bir qator klassik genetika mualliflari
tomonidan Lobashev 1967; Dubinin 1976; Alihanyan, Akifev, Chernin 1985, Ratner
1983 gen nazariyasi holatini va ularning asosiy xususiyatlarini ishlab chiqishgan:
1. Diskretlik va uning namoyon bo`lishi – boshqa genlarga mutatsiyalarga
bog`liq bo`lmagan holda namoyon bo`lishi krossingoverda bo`linmasligi va
aralashmasligi genomda avtonomligi va ajralganligi.
2. O`z-o`zidan ikki barobar ko`payish xususiyatlari.
3. Boshqa genlarga bog`liq bo`lmagan holatda mutatsiyalanish, o`zini holatini
butunligicha o`zgartira olish.
4. Boshqa genlarga nisbatan aniq lokalizatsiyasi.
5. Belgi rivojlaninshini nazorat qilish xususiyati, ushbu genlar mavjudligida
ko`rsatilgan.
Ushbu nazariya chegarasida xuddi boshqa nazariya kabi bir qancha dalillar
mavjud bo`lib, unga to`g`ri kelmas edi. Xuddi shu dalillar keyingi kashfiyotlarga
sabab bo`ldi.
Molekulyar genetika epoxasi va uning davri.
J.Uotson va F.Krik tomonidan DNK molekulasi tahlili va uning gen
nazariyasi asosida tahlil qilish genetikada revolyutsion holatni olib kirdi.
Molekulyar genetika sohasida qilingan asosiy kashfiyotlar:
- 1953-yil J. Uotson va F.Krik rentgenogramma asosida DNK ning qo`sh spiral
modelini yaratishdi. Rentgenogrammalar F.Franklin va M. Uilkins tomonidan
olindi. Ushbu kashfiyot 1962-yil M.Uilkins bilan birgalikda Nobel mukofotlariga
sazovor bo`lgan.
- 1956-yil A. Kornberg DNK – polimerdagi fermentlarni kashf qiladi. Uning
yordamida DNK da biologik faol molekulasini sintezlaydi. 1959-yilda S.Ochao
bilan birgalikda Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan.
- 1958-yil M.Mezelson va F.Stal DNK replikatsiyasining yarim konservativ
mexanizmini isbotlashgan.
- A.Levan va D.Tiyo inson xromosomalarining strukturasi va soni to`g`risida
aniq ma‘lumotlar olishadi.
- 1959-yil RNK polimeraza fermenti ochib beriladi. Nuklein kislotalar
polimerizatsiyasi qatnashadi. (Veys, Gurvich, Stivens
- 1961-yil F.Jakob va I.J.Mono operon modelini ishlab chiqishadi. A.Lvov
bilan birgalikda 1965-yil Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan.
- 1965-1967 R.Xolli alanin t-RNK sini birlamchi strukturasini ochib bergan.
A.A.Bayev achitqilarda valin t-RNK si birlamchi strukturasini aniqlagan.
- 1966-yil A.Makkyusik ―Insonlarda Mendel bo‗yicha irsiyatlanish‖ nomli
katologini nashr etdi. Unda insonda uchraydigan 1500 xil irsiy kasalliklarni
keltirgan.
- 1966-yil M.Nirenberg G.Korana va S.Ochao bilan birgalikda genetik kodni
ochib berish bo`yicha keng masshtabli ish olib boradi. Nazariyada mavjud bo‗lgan
64 ta trinukleotidlarni sintezlaydi va tajribada sinab ko`radi, kodli lug`atni
kompektlaydi. 1968-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`ladi, R.Xolli va G.Korana
bilan birgalikda.
- 1967-yilda M.Geller DNK fragmentlarini tikishda ishlatiladigan fermentlar
DNK-ligaza fermentini kashf qiladi..

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling